Buloqboshi
Buloqboshi | |
|---|---|
| shahar | |
| 40°37′20″N 72°32′10″E / 40.62222°N 72.53611°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| viloyat | Andijon viloyati |
| tuman | Buloqboshi tumani |
| Aholisi | 21 900 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
| |
Buloqboshi — Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyatidagi shaharcha. Buloqboshi tumani markazi. Andijon shahridan 22 km janubi-sharqda. Aholisi 18,9 ming kishini tashkil etadi (2000). Shahar buloq boshida vujudga kelgan, nomi shundan. Aholisi paxtachilik, bogʻdorchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Janubiy Fargʻona kanali, buloq va artezian quduqlaridan suv ichadi.
Buloqboshida 2 ta qurilish tashkiloti, paxta punkti, ipak yigiruv fabrikasi, 2 ta tikuvchilik fabrikasi, avtokorxona, 2 ta tayyorlov-savdo tashkiloti, elektr tarmogʻi idorasi, yoʻl qurilish boshqarmasi, 3 ta bank muassasasi, kommunal foydalanish boshqarmasi, 3 ta bozor, 5 ta umumiy taʼlim maktabi, 6 ta yaslibogʻcha, kinoteatr, kasalxona, 2 ta poliklinika, maishiy xizmat koʻrsatish punktlari bor.
Buloqboshidan shahar va qishloqlarga avtobus qatnaydi[1].
Eng soʻlim dam oladigan joylaridan Shirmonbuloq mavjud.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Buloqboshi“ OʻzME. B-harfi (Wayback Machine saytida 2019-12-11 sanasida arxivlangan)Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oʻzbekiston geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |