Kontent qismiga oʻtish

Shuvoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shuvoqmurakkabguldoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Koʻp yillik, kamdankam bir yillik. 400 (baʼzi maʼlumotlarga qaraganda 250) turi maʼlum. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va Zakavkazyening choʻl va yarim choʻl, dashtlarida koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda, asosan, bir yillik Shuvoq yoki burgan, koʻp yillik oddiy Shuvoq yoki ola ermon, achchiq Shuvoq yoki ermon, sivers shuvogʻi yoki sassiq alaf, sugʻd shuvogʻi, oq Shuvoq va boshqalar turlari uchraydi.

Bir yillik Shuvoq (burgan) poyasi tik, yuqori qismi sershox, boʻyi 30—100 sm, ildizi yoʻgʻon, yogʻochsimon. Barglari ketmaket joylashgan, bandli, patsimon qirqilgan. Poya va barglari tukli, kumush rangda. Gullari mayda, sariq yoki qizgʻishpushti, roʻvaksimon toʻpguli savatchaga toʻplangan. Mevasi mayda pista. Iyul—avgustda gullab, mevalaydi. Bir tupi 100 mingdan ortiq urugʻ beradi. Urugʻi va ildizpoyasidan koʻpayadi.

Oddiy Shuvoq (ola ermon) poyasi tik, sershox, yuqori qismi tukli, boʻyi 50—200 sm, barglari patsimon qirqilgan, yuqori barglari bandsiz, pastdagilari bandli. Gullari roʻvaksimon, toʻpguli savatchaga toʻplangan. Mevasi pista. Sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida begona oʻt sifatida uchraidi, shuningdek, ariq va yoʻl chekkalarida, bogʻ, tokzorlarda oʻsadi.

Kurash choralari: mexanik usulda yoʻqotiladi.