Oqdaryo tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oqdaryo tumani
Акдарьинский район
Mamlakat Oʻzbekiston
Maqomi tuman
Tarkibida Samarqand viloyati
Maʼmuriy markazi Loyish
Rasmiy tillar Oʻzbek
Soat mintaqasi UTC+5

Oqdaryo tumani — Samarkand viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrdatashkil etilgan. Ishtixon, Pastdargʻom, Samarkand, Jomboy, Payariq tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,37 ming km². Aholisi 101,7 ming kishi (2000). O.t,da 2 shaharcha (Dahbed, Loyish), 6 kish-lok fukarolari yigʻini (Zarafshon, Primkent, Yangikent, Yangikoʻrgʻon, Qorateri, Qurilish) bor (2000). Markazi — Loyish shaharchasi.

Tabiati. Tuman hududi Zarafshon daryosining irmoklari — Krradaryo va Okdaryo vodiysida joylashgan. Yerning ustki kismini daryolar olib kelgan allyuvial yotkiziqlar qoplagan. Relye-fi, asosan, yassi tekislik boʻlib, sharkdan gʻarbga nishab. Yer yuzasining balandligi 450 m. Zarafshon daryosining faoliyati natijasida koʻx.na qayirlar (terrasalar) hosil boʻlgan. Iklimi kontinental. Shim., shim.-shark va sharq tomondagi togʻlar Arktikadan keluvchi sovuk shamollarni toʻsib turadi. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —G, iyulniki 27— 28°. Yiliga oʻrtacha 200–300 mm yogʻin yogadi. Vegetatsiya davri 217 kun. Tuproklari qadimdan sugʻoriladigan 1—2% chirindili boʻz tuprok. Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, bugʻdoyik, shoʻrajrik, kampirsoch, yulgʻun va boshqa usadi. Boʻri, tulki, kuyon, chiyaboʻri, jayra, toʻkayzorlarda kirgʻovul, loyxoʻrak, oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, chugʻurchiq, zargʻaldoq; sudraluvchilardan gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar; kemiruvchilardan koʻrsichkon, kichik Koʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan, yumronkoziq, kalamush va boshqa bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari xyam yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² da 275 kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda gʻisht zavodi, maishiy xizmat koʻrsatish k-ti, meva koʻchatlari yetkazib beruvchi xoʻjalik, boʻrdoqichilik bazasi, kurilish boshqarmasi, konserva zavodlari, MTP mavjud. Qishloq xoʻjaligining barcha tarmoklari rivojlangan. Paxtachilik — yetakchi tarmoq. Tumanda 18 shirkat, 456 fermer xoʻjaligi mavjud. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarning 8501 gektariga paxta, 736 ga yerga kartoshka, 871 ga yerga sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. 11,6 ming ga dan ziyod yer mevazor, 45,7 ming ga dan ziyod yer tokzor va tutzorlar bilan band. Tuman xoʻjaliklarida 17,4 ming koramol, 12,1 ming qoʻy va echki, 1000 dan ziyod ot, 56 ming parranda boqiladi.

49 ta umumiy taʼlim maktablarida 30350 oʻquvchi taʼlim oladi. Musika, maxsus internat maktablari, ped., mexanika, iqtisodiyot kollejlari, kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatadi. Markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, madaniyat markazi va mada-niyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion mavjud.

Markaziy kasalxona (286 oʻrin) va unga qarashli tibbiy muassasalarda 170 vrach va 970 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududini Katta Zarafshon magistral yoʻli kesib oʻtgan.

"Okdaryo ovozi" tuman gaz. chiqadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil