Baxmal tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Baxmal tumani
tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Usmat
Asos solingan sanasi 1970
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 112,500
Dinlar tarkibi musulmonlar
Baxmal tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5
Baxmal bahorda

Baxmal tumani, Oʻzbekistonning Jizzax viloyatidagi tuman. 1943-yil 8-mayda tashkil etilgan (1957-yil 12-oktabrda Gʻallaorol tu-mani bilan birlashtirilgan edi, 1971-yil 31-avgustda qayta tuzildi). Baxmal tumani Gʻallaorol, Jizzax, Zomin tumanlari, Samarqand viloyati va Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 1,86 ming km². Aholisi 112,500 ming kishi.[manba kerak] Baxmal tumanida 1 shaharcha (Usmat) va 10 qishloq fuqarolari yigʻini (Barlos, Baxmal, Bogʻishamol, Gulbuloq, Mugʻol, Oyqor, Oqgosh, Sangzor, Tongotar, Uzunbulok) bor. Markazi — Usmat shaharchasi.

Tabiati[tahrir]

Tuman hududi, asosan, tof oldi tekisliklari va togʻlardan iborat. Baxmal tumanining jan. qismida Turkiston tizmasi va uning shimoli-gʻarbiy tar-mogʻi — Molguzar togʻlari joylashgan (eng baland joyi 2621 m). Molguzar togʻlari bilan Turkiston tizmasi oraligʻida Sangzor vodiysi bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5° dan —9* gacha, iyulniki 25°, togʻli qismida 15°. Yiliga oʻrtacha 300 – 750 mm yogʻin tushadi. Tuman hududida Saʼd Vaqqos ota bulogʻi bor. Tuproqlari asosan toʻq tusli boʻz tuproqlar va togʻ jigarrang tuproqlar, togʻ va baland tof dasht tulroqlari, sharqida tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Efemer va efemeroid, kserofit oʻsimliklari oʻsadi. Butazor, archazor, yongʻoqzorlar uchraydi. Bodom, yovvoyi olma, olcha, dulana bor. Baxmal tumanining togʻ oldi zonalarida yirtqichlardai, boʻrsiq, tulki, boʻri, sudralib yuruvchilardan koʻlbor ilon, kaltakssaklar, qushlardan kaklik, gʻur-rak va boshqa uchraydi. B. tla Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Aholisi asosan, oʻzbeklar (92,4%); shuningdek rus, qozoq, tojik, qirgʻiz va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 10 kishidan 25 kishigacha toʻgʻri keladi.

Xoʻjaligi[tahrir]

Baxmal tumanida marmar koni, arak-vino va asfalt zavodlari, bosmaxona, paloye va gilam toʻqish sexlari, qurilish tashkilotlari bor. Tumanda boʻrdokichilik fermalari, mexanizatsiyalashgan oʻrmon xoʻjaligi mavjud. Asosan gʻallachilik va chorvachilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 6,6 ming ga, shu jumladan 0,4 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga beda, 200 ga yerga makkajoʻxori ekiladi. Bogʻ, tokzor, tutzor, oʻrmonlar bor. Baxmal tumanida 2 jamoa xoʻjaligi, 1 davlat xoʻjaligi, kooperativ xujaliklar, 330 ga yakin fermer xoʻjaligi va boshqa 12 xoʻjalik bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 65,7 ming qoramol, 122,2 ming Koʻy va echki, 62,1 ming parranda bor (1999). Avtomobil yoʻllari uz. 460 km. 1999/2000 oʻquv yilida 63 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 2376.1 oʻquvchi, 1 li-seyda 500 oʻquvchi taʼlim oldi. 45 maktabgacha tarbiya muassasalarida 3000 ga yakin bola tarbiyalanadi. 15 klub, madaniyat uyi, "Baxmal" ashula va rake havaskorlik ansambli, "Qaynarbuloq" qoʻgʻirchokteatri, "Baxmal xandasi" miniatyura havaskorlik teatri, 415 oʻrinli kasalxona, 41 tibbiy punkt, 15 ambulatoriya boʻlib, ularda 158 vrach, 736 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. "Baxmal hayoti" tuman gazetasi chikadi (adadi 1500).[1]


Baxmal - Jizzax viloyati tumanlaridan biri. Baxmal tuman markazi O‘smat shaharchasi.

Tuman 1970-yil, 16-oktabrda tashkil topgan.


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil