Yakkasaroy tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yakkasaroy tumani
tuman
Tashkent city (Uzbekistan) Yakkasaray district (2018).png
41°16′34″N 69°14′49″E / 41.27611°N 69.24694°E / 41.27611; 69.24694 G OKoordinatalari: 41°16′34″N 69°14′49″E / 41.27611°N 69.24694°E / 41.27611; 69.24694 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Toshkent
Hukumat
Asos solingan 1936-yil
Maydon 14.60 km2 (5.64 mi²)
Aholisi
 (2009)
115 000
Yakkasaroy tumani xaritada
Yakkasaroy tumani
Yakkasaroy tumani

Yakkasaroy tumani yoki YakkasaroyToshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1936-yil Frunze tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992-yil maydan Yakkasaroy tumani deb ataldi. Tuman T.ning janubiy va qisman markaziy qismida joylashgan. Shimolida Oʻzbekiston koʻchasidan janubida Urta Osiyo temir yoʻl liniyasigacha choʻzilgan. Maydon 1,39 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan hududi 0,144 ming ga. Aholisi 112,3 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 156. Asosiy magistrallari: Bobur, Usmon Nosir, Nukus, Uzbekistan, Shota Rustaveli, Afrosiyob koʻchalari. 17 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 24 sanoat korxonasi va 32 qurilish tashkiloti joylashgan. 3 avtotransport korxonasi, yuk ortishtushirish temir yoʻl styasi, avtovokzal ishlab turibdi. Yirik sanoat korxonalaridan "Toshtoʻqimachi" kombinati, "Toshkent yogʻochni qayta ishlash zdi", Temirbeton mahsulotlari zavodi, "Agama" korxonasi, poyabzal, Sanoatindustriya birlashmalari va b. faoliyat koʻrsatadi. 26 ilmiy tadqiqot instituta, loyihalash tashkilotlari va konstruktorlik byurosi, 4 oliy oʻkuv yurti (Nizomiy nomidagi Pedagogika universiteti, Toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Mannon Uygʻur nomidagi Sanʼat instituti, Toshkent Xoreografiya oliy maktabi), 6 ta kasbhunar kolleji va litseylar, 19 umumiy taʼlim, 2 sport, 2 musiqa maktablari, 8 kutubxona mavjud. Tuman aholisi salomatligi muhofazasini 14 davolash muassasasi va 5 ta oilaviy shifoxona taʼminlaydi. "Toʻqimachi" stadioni, 4 suzish havzasi, 29 sport zali, 89 korxona va muassasalarga qarashli sport maydonchalari, 2 megʻmonxona, 1 kinoteatr, 9 kutubxona, Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogi, Respublika Baynalminal madaniyat markazi, qoʻgʻirchoq teatri, Amaliy sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining koʻrgazmalar zali mavjud. Aholiga 97 oziq-ovqat, 60 sanoat mollari doʻkoni, 188 umumiy ovqatlanish korxonasi, 129 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, "Askiya" dehqon bozori xizmat koʻrsatadi.

Tumandagi koʻp qavatli binolar asosan, "Boshliq", "Qushbegi" turar joy massivlari va yirik magistrallar boʻylab joylashgan.