Kontent qismiga oʻtish

Yangiobod tumani

Koordinatalari: 39°57′57.6″N 68°45′32.4″E / 39.966000°N 68.759000°E / 39.966000; 68.759000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yangiobod tumani
Янгиабадский район
tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Yangiobod shaharchasi
Asos solingan sanasi 1999-yil 30-aprel
Tuman hokimi Qarshiboyev Ibrohim Boltayevich
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 30184
Zichligi 41.9 kishi kishi./km²
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeksi 1313XX
Avtomobil raqami kodi 25
Rasmiy sayti http://gov.uz/oz/yangiobod
Xaritada
Yangiobod tumani xaritada
39°57′57.6″N 68°45′32.4″E / 39.966000°N 68.759000°E / 39.966000; 68.759000

Yangiobod tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1999-yil 30-aprelda tashkil qilingan. Gʻarbdan Zomin tumani, janubiy, sharq, shimolidan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydon 0,72 ming km². Aholisi 30,184 ming kishi (2026). Tumanda 8 ta mahalla,qishloq va shaharcha fuqarolari yigʻini (Yangiobod ShFY,Balandchaqir MFY, Do‘stlik MFY, Sarmich MFY, Sovot QFY, Xavotog‘ QFY, Xo‘jamushkent QFY, Shodlik MFY) mavjud. Markazi — Yangiobod shaharchasi.

Tumanning shimoliy qismi pasttekislik, janubiy qismi qir-adir va togʻlardan iborat. Yer yuzasi janubiga tomon koʻtarilib boradi. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi sovuqroq. Yanvarning oʻrtacha 360 mm yogʻin tushadi. Tekislik va qirlarda boʻzqoʻngʻir tuproqlar, janubi-sharqida chaqirtosh, qumtosh bilan qoplangan tepaliklar uchraydi.

Tuman hududi, asosan, oʻrqirdan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, yantoq, shuvoq, kovrak, ismaloq, yalpiz, qoqi, lolaqizgʻaldoq, lola va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, jayra, tipratikan, quyon; qushlardan burgut, bulbul va boshqalar yashaydi. Yangiobod tumanining janubiy qismidagi qishloqlarda buloq suvlari chiqib turadi. Xoʻjamushkent va Sarmich suv omborlari bor. Ekinzorlar Mirzachoʻl kanalidan (nasoslar yordamida) sugʻoriladi. , Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km²ga 41,9 kishi.

Xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan (gʻallachilik va chorvachilik yetakchi oʻrinda). Kichik, oʻrta va yirik biznes korxonalari, MTP, mikrofirmalar, qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Shu jumladan, Hududda 54 ta davlat muassasasi va 1056 ta xususiy tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadi. Mahalla iqtisodiyoti asosan chorvachilik va dehqonchilik, jumladan kartoshka va pomidor yetishtirishga ixtisoslashgan. Xizmat ko‘rsatish sohasida nonvoychilik, sartaroshxona, go‘zallik salonlari, ta’lim kurslari, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va kompyuter xizmatlari rivojlangan. Umumiy taʼlim maktablari, kasb-hunar maktabi, 5 klub, 7 kutubxona bor. Kasalxona (120 oʻrin), 8 qishloq vrachlik punkti, 6 ta dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangiobod tumani hududida Xoʻjamushkent bobo, Rustam bobo, Sayidon Aziz, Changaul ziyoratgohlari bor. 2000-yildan „Yangiobod hayoti“ tuman gaz. nashr etiladi.

Yangiobod tumani mahallalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangibod ShFY

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangibod shaharchasi fuqarolar yig'ini — tumanidagi yirik mahallalardan biri. Mahalla hududining umumiy maydoni 363 gektarni tashkil etadi. Shundan 146 gektari aholi tomorqa yerlari hisoblanadi. Mahallada 5 090 nafar aholi istiqomat qiladi.

Balandchaqir MFY

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balandchaqir mahallasi fuqarolar yig'ini— umumiy maydoni 2 036 gektar bo‘lib, shundan 89 gektari tomorqa yerlari hisoblanadi. Mahallada 3 163 nafar aholi yashaydi. Hududda 5 ta davlat muassasasi va 149 ta tadbirkorlik subyekti mavjud. Mahalla iqtisodiyoti naslli chorvachilik hamda bulg‘or qalampiri, kartoshka va pomidor yetishtirishga yo‘naltirilgan. Xizmat ko‘rsatish sohasi yaxshi rivojlangan.

Do‘stlik MFY

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini — umumiy maydoni 8 180 gektar bo‘lgan hududni egallaydi. Tomorqa yerlari 120 gektarni tashkil etadi. Aholisi — 2 863 nafar. Mahallada 6 ta davlat muassasasi va 138 ta xususiy xo‘jalik faoliyat yuritadi. Hudud limonchilik, shuningdek kartoshka va pomidor yetishtirishga ixtisoslashgan. Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari keng rivojlangan.

Sarmich mahalla fuqarolar yig‘ini — Yangiobod tumanidagi eng yirik hududlardan biri bo‘lib, umumiy maydoni 13 233 gektarni tashkil etadi. Tomorqa yerlari 228 gektar. Mahallada 6 815 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 10 ta davlat muassasasi va 192 ta tadbirkorlik subyekti mavjud. Mahalla iqtisodiyoti asalarichilik va dehqonchilikka asoslangan. Xizmat ko‘rsatish sohasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Sovot qishloq fuqarolar yig‘ini — umumiy maydoni 7 555 gektar, tomorqa yerlari 201 gektar. Aholisi — 4 980 nafar. Mahallada 5 ta davlat muassasasi va 72 ta xususiy korxona faoliyat yuritadi. Hudud bog‘dorchilik va sabzavotchilikka ixtisoslashgan. Xizmat ko‘rsatish obyektlari faol rivojlanmoqda.

Xavotog‘ QFY

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xavotog‘ qishloq fuqarolar yig‘ini — umumiy maydoni 12 745 gektar, tomorqa yerlari 158 gektar. Aholisi — 3 673 nafar. Hududda 6 ta davlat muassasasi va 66 ta tadbirkorlik subyekti mavjud. Mahalla iqtisodiyoti kurkachilik (parrandachilik) va sabzavotchilikka yo‘naltirilgan. Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari faol rivojlanmoqda.

Xo‘jamushkent QFY

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xo‘jamushkent qishloq fuqarolar yig‘ini — umumiy maydoni 4 995 gektar, tomorqa yerlari 116 gektar. Aholisi — 2 709 nafar. Hududda 6 ta davlat muassasasi va 59 ta xususiy xo‘jalik mavjud. Mahalla asosan kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan. Shuningdek, hududda turizm yo‘nalishi rivojlanmoqda.

Shodlik mahalla fuqarolar yig‘ini — umumiy maydoni 4 843 gektar, tomorqa yerlari 96 gektar. Aholisi — 2 688 nafar. Mahallada 3 ta davlat muassasasi va 72 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadi. Hudud giloschilik, shuningdek kartoshka va pomidor yetishtirishga ixtisoslashgan. Xizmat ko‘rsatish sohasi keng rivojlangan.