Bagʻdod tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bagʻdod tumani
Багдадский район
Mamlakat Oʻzbekiston
Maqomi tuman
Tarkibida Fargʻona viloyati
Maʼmuriy markazi Bagʻdod (shaharcha)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Soat mintaqasi UTC+5

BAGʻDOD TUMANI — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 i. 24 dek.da Uchkoʻprik tu-maniga qoʻshib yuborildi. 1964 y. 31 dek.da qayta tuzildi). Viloyatning Oltiariq, Rishton, Uchkoʻprik va Buvayda tu-manlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,33 ming km². Aholisi 140,8 ming kishi (2000). Bagʻdod tumani da I shaharcha (Bagʻdod) va 10 qishloq fuqarolari yigini (Amirobod, Doʻrmoncha. Zafarobod, Paxtaobod, Samarqand, Ult arma, Matqulobod, Tin-chlik, Chubalanchn, Qaroqchitol) bor. Markazi — Bagʻdod shaharchasi.

Tabiati. Bagʻdod tumani hududi tekislikdan iborat. Jan.-gʻarbida toshloqli dasht yerlar bor. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —3°, iyulniki 26°. Yiliga 180 – 220 mm yogʻin tushadi. Tumandan Usmon Yusupov nomli Katta Fargʻona kanali oʻtadi. Tuprogʻi asosan qoʻngʻir-boʻz tuproq, ayrim joylarda shoʻr tuproq uchraydi. Shoʻra, shuvoq, yantoq, qamish, miya, oqbosh, yulgʻun va boshqa oʻsadi. Boʻri, tulki, quyon, yumronqoziq va boshqa uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; ruslar, tatarlar va boshqa ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 425 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 13 ming kishi, qishloq axoliyey 128,3 ming kishi (2000).

Xoʻjaligi. Bagʻdod tumanida yetakchi tarmoq— paxtachilik. Paxta tozalash zavodi, don mahsulotlari va qurilish materiallari, mahalliy sanoat k-tlari, mebel va poyabzal f-kalari. avtobaza bor. Xoʻjaliklarda chorvachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik bilan ham shugʻullaniladi. Tumanda 1 qoʻshma korxona, 134 kichik korxona va 1 kooperativ korxopa mavjud. Bulardan eng muhimi "Fayz-Yavor" mebel ishlab chiqarish Oʻzbek-Slovakiya qo‘shma korxonasidir.

Bagʻdod tumani da sugʻoriladigan yerlar 18,1 ming ga, ekinzorlar 17,9 ming ga, shu jumladan 9 ming ga yerga paxta, 0,2 ming ga yerga sabzavot, I ming ga yerga beda, 0,18 ming ga yerga makkajoʻxori, 0,09 ming ga yerga sholi ekiladi. Bagʻdod tumani da 11 jamoa xujaligi, 2 davlat xoʻjaligi, xoʻjaliklararo korxona, parrandachilik f-kasi, 82 fermer xujaligi va boshqa xoʻjaliklar bor (2000).

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 36,2 ming qoramol, 27 ming qoʻy va echki, 79,7 ming parramda bor (2000). Tuman hududidan Margʻilon — Qoʻqon temir yoʻl utgan.

1999Gʻ2000 oʻquv yilida 55 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 30,6 ming oʻquvchi, 1 gimnaziyada 100 oʻquvchi, 1 li-seyda 130 oʻquvchi taʼlim oldi. Tumanning Oʻltarma qishlogida Oʻzbekiston Oʻsimliklarni himoya qilish i.t. in-stitutining Qoʻqon tayanch punkti joy-lashgan. 48 ommaviy kutubxona, 17 klub, 12 madaniyat uyi, 2 muzey, 745 oʻrinli 5 kasalxonp, 62 tibbiyot punkti boʻlib, ularda 192 vrach, 1092 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishladi (2000). 1931 y.dan "Bagʻdod hayoti" tuman gaz. chiqadi (adadi 4000).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil