Urgut tumani
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Samarqand viloyati |
Maʼmuriy markazi | Urgut |
Asos solingan sanasi | 1926-yil 29-sentabr |
Botir Jabborov | Hokim |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Aholi (2021-yil 1-oktabr) | 528,900 kishi |
Millatlar tarkibi | oʻzbeklar va tojiklar |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeksi | 141600 |
Internet domeni | .uz |
Avtomobil raqami kodi | 30 |
Xaritada | |
![]() | |
Koordinatalari: 39°24′0″N 67°15′0″E / 39.40000°N 67.25000°E G O |

Urgut tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Aholisi 2021-yil 1-oktabr holatiga ko'ra 528,900 kishi.[1] Samarqand viloyatining janubiy sharqiy qismida joylashgan. Shimoliy sharqda Zarafshon daryosi orqali Bulungʻur tumani, shimolda Toyloq, shimoliy gʻarbda va gʻarbda Samarqand tumanlari, sharqda Tojikiston Respublikasi, janubda Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 1120,3 km². Aholisi 564 ming kishi (2022). Tumanda bitta shahar (Urgut), 14 qishloq fuqarolari yigʻini (Baxrin, Beshbuloq, Jartepa, Ilonli, Ispanza, Mirzaqishloq, Beshkapa 1 va Beshkapa 2Sanchiqul,Uramas, Yangiariq, Qoratepa, Gʻoʻs, Buloqboshi) bor.
Markazi — Urgut shahri.
Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tuman hududi Zarafshon togʻ tizmalarining davomi boʻlgan Chaqilikalon va Qoratepa togʻlarining yon bagʻirlarida, oʻrtacha 1000 m balandlikda joylashgan. Sharqiy, jan. va gʻarbiy qismlari pastbaland tekislik boʻlib, bir kancha soyliklar bor. Togʻ yon bagʻirlari slanets va ohaktosh qoyalaridan iborat, dare vodiylari tor, chuqur, qirgʻoqlari tik. Adirlar gʻovak va boʻsh choʻkindi jinslardan tashkil topgan. Adirlardagi soylarning vodiylari keng. Ohaktosh jinslaridan tuzilgan joylarda torlar (Kiyev tri va boshqalar) bor. Chaqilikalon va Krratepa togʻlari orasidagi Taxtaqoracha dovoni (1675 m) orqali Katta Oʻzbekiston trakti oʻtadi. Urgut kuchli seysmik xududlardan biri boʻlib, 7 balli zonaga kiradi. Omonqoʻton yaqinida va Chaqilikalonda marmar, ohaktosh, marganets, mis, volfram va boshqa foydali qazilmalar bor. Ikdimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,5°, eng past tra —25°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 24,4°, eng yuqori tra 49°. Yillik yogin 459–500 mm. Yogʻinning kup qismi qishda (34%) va bahorda (48%) tushadi. Oqqoʻrgʻon, Gʻijduvonsoy, Gʻussoy, Urgutsoy, Kamongaronsoy, Qoratepasoy, shuningdek, Dargʻom, Yangiariq, Yangi Urgut, Yangi Qozonariq va boshqa kanallar hamda Qoratepa va Kamongaron suv omborlari bor. Tuproklari, asosan, boʻz tuproq. Qum, shagʻal, qoʻngʻir, kashtan tuproqlar ham uchraydi. Tabiiy oʻsimliklardan qayragʻoch, tol, qaragʻay, togʻ zarangi, pista, archa, achchiq bodom, bodom, doʻlana, naʼmatak, rovoch, togʻ piyozi, zira va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, qobon, quyon, tulki, jayra, tipratikan, har xil ilonlar, echkemar; qushlardan kaklik, mayna, chumchuq, qargʻa, jiblajibon, olashaqshaq, bedana, kaptar, musicha, qaldirgʻoch, bulbul, qizilishton, soʻfitoʻrgʻay, boyoʻgʻli, sassiqpopishak, tog zogʻchasi, bolgʻatumshuq, qorayaloq, qargʻalar va boshqa bor.
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, ukrain, tatar,turkman, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Axolining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 300 " kishi (2002).
Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xoʻjaligining yetakchi tarmoqlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish va mahalliy sanoat tarmoqlari tashkil etadi.
Tumandagi 800 dan ziyod korxonaning 52 tasi oʻrta, 261 tasi kichik, 506 tasi mikrofirmalar. Marmarni qayta ishlash, gʻisht, shlakbeton plitalar i.ch., tamaki fermentatsiyasi, meva, goʻsht, sutni qayta ishlash, non pishirish, qandolatchilik, har xil yaxna ichimliklar i.ch. korxonalari bor. Avtomobil, muzlatkich, televizor va radioapparaturalarni taʼmirlash korxonalari ishlab turibdi. Urgut tumanida hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Hunarmandchilik bilan 3500 dan ziyod kishi shugullanadi.
Urgut tumanida Belgiya bilan hamkorlikdagi „UrgGazkarpet“ qoʻshma korxonasi, Oʻzbekiston — Turkiya „UrgANTET YASHAM“, „Urgut qoplon“, „Urgut SaMNegin“ gilam i.ch.ga ixtisoslashgan qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatadi. Marmar toshni qayta ishlaydigan „Urgut LADO marmar“, qurilish buyumlari ishlab chiqaradigan „Samplastik“, tamakini qayta ishlaydigan „UzBAT“ qoʻshma korxonalari ishlab turibdi.
Tuman qishloq xoʻjaligi tamaki, gʻalla, sabzavot, kartoshka, meva, uzum hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan. Keyingi yillarda tuman uchun Pastdargʻom tumanida ajratilgan yerda paxta xam ekilmokda. Tumandagi asosiy texnika ekini — tamaki. Urgut tumani yer fondi 112 ming ga ni tashkil etadi. 9 ming ga yerga tamaki, 14,8 ming ga yerga don ekinlari, 1,2 ming ga yerga kartoshka, 145 ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 2907 ga yerga yemxashak ekinlari ekiladi. 1,4 ming ga yer bog va tokzor bilan band, 46,8 ming ga yer yaylov.
Tuman chorvachiligida qoramolchilik, parrandachilik, pillachilik yetakchi oʻrinda. Yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarning asosiy qismi fermer va shirkat xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri keladi. Urgut tumani da 381 fermer, 23 shirkat xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki, parranda, yilqi boqiladi.
Maorifi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2019/2020 oʻquv yilida 153 ta umumiy taʼlim maktabi (150 ming oʻquvchi), 2 maxsus sogʻlomlashtirish internati (4,9 ming oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi. 70 kutubxona, madaniyat uylari, 21 sport maydoni ishlab turibdi. 8 kasalxona (830 oʻrin), 36 qishloq davolash boʻlimi, 27 feldsherakusherlik punkti va boshqa tibbiy muassasalarda 488 vrach ishlamoqda. 14 dam olish maskani va yozgi oromgoxlarda viloyat va qoʻshni Navoiy viloyatidan kelgan bolalar dam oladilar.
Matbuoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
1992-yildan „Chinor“ tuman televideniyesi eshittirishlar olib boradi. 1956-yildan „Urgut sadosi“ tuman gaz. nashr qilinadi (adadi 3000).
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Urgut tumani, Urgut tumani aholisi „Urgut tumani aholsi“. Kun.uz.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |