Mirzaobod tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirzaobod tumani
Мирзаабадский район
tuman
Tarkibida Sirdaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Navroʻz (qishloq)
' Abdullaev Hamidulla Qurbon O'g'li
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Mirzaobod tumani xaritada
Koordinatalari: 40°30′46.8″N 68°39′3.6″E / 40.513000°N 68.651000°E / 40.513000; 68.651000 G O

Mirzaobod tumani — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1988-yil 2-sentabrda tashkil etilgan. Dastlab Komsomol, 1992-yil 22-oktabrdan Mirzaobod deb nomlangan. Viloyatning Sirdaryo, Guliston, Sayxunobod, Boyovut, Mehnat-obod, Sharof Rashidov va Oqoltin tumanlari hamda bir qismi Qozogʻiston bilan chegaradosh. Maydoni 0,44 ming km². Aholisi 41,5 ming kishi (2000). Mirzaobod tumanida 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Birlashgan, Mehnatobod, Mirzachoʻl, Navbahor, Nurafshon, Oqoltin, Toshkent) bor. Markazi Navroʻz qishlogʻi.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirzaobod tumani Mirzachoʻl tekisligida joylashgan. Yer yuzasi tekislik (oʻrtacha balandligi 250 m), lyossimon qumoq va kumlokdar bilan qoplangan. Iqlimi kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°, yanvarniki —2° dan —4° gacha. Yiliga 200-300 mm yogʻin tushadi. Grunt suvlari shoʻr va shoʻrtob. Tuproklari, asosan, boʻz tuproq. Tabiiy oʻsimliklardan miya, yantoq, qamish, yulgʻun, qiyoq kabilar ariqzovurlar chetida oʻsadi. Chiyaboʻri, toʻqay mushugi, boʻrsiq, qoʻshoyoq, koʻrsichqon, kaltakesak va ilonlar uchraydi. Parrandalardan oʻrdak, loyxoʻrak, qirgʻovul, soʻfitoʻrgʻay, chumchuq va boshqa bor.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik, qozoq, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga 94 kishi toʻgʻri keladi.

Xoʻjaligining asosi — dehqrnchilik, yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Gʻalla, sabzavot, poliz, meva, uzum, kartoshka ham yetishtiriladi. Tumanning asosiy ekin maydoni 44426 ga, shundan sugʻoriladigan yerlar 24043 ga. Mirzaobod tumanida 10 shirkat, 43 dehqon-fermer xoʻjaligi, 5 xususiy ferma, 2 chorvachilik aksiyadorlik jamiyati bor. Tumanda 3 sanoat, 2 qurilish korxonasi, 37 xususiy korxona, dehqon bozori, Xalq banki binosi, stadion, tennis korti mavjud. 30 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar, 2 iqtidorli bolalar litseylari faoliyat koʻrsatadi. 3 kasalxona, 5 qishloq vrachlik punkti, markaziy poliklinika xalqqa xizmat qiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil