Yozyovon tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Yozyovon tumani
Язъяванский район
tuman
Tarkibida Fargʻona viloyati
Maʼmuriy markazi Yozyovon
Rasmiy tillar Oʻzbek
Soat mintaqasi UTC+5

Yozyovon tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1952 yil 16 aprelda tashkil etilgan (1959 yil 14 dekabrda Toshloq tumani bilan birlashtirilib Oxunboboyev nomi berilgan, 1962 yil 24 dekabrda Oxunboboyev tumaniga Margʻilon tumani ham qoʻshilgan. 1980 yil 27 dekabrda Yozyovon tumani qayta tuzildi). Yozyovon tumani viloyatning Toshloq, Oxunboboyev, Oltiariq, Buvayda tumanlari, Namangan viloyatining Pop tumani, Andijon viloyatining Ulugʻnor, Boʻz tumanlari bilan chegaradosh. Maydon 0,41 ming km2. Aholisi 71,6 ming kishi (2000). Yozyovon tumanida 1 shaharcha (Yozyovon), 10 qishloq fuqarolari yigʻini (Guliston, Yozyovon, Ishtirxon, Xonobod, Choʻliguliston, Yangiboʻston, Yangiobod, Qatortol, Qorasoqol, Qoratepa) bor. Markazi — Yozyovon shaharchasi. Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, qoraqalpoq va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 174 kishi toʻgʻri keladi (2000).

Tabiati[tahrir]

Yozyovon tumani Fargʻona vodiysining markazida, Yozyovon choʻlida joylashgan. Relyefi asosan tekislik boʻlib, shim.ga tomon qiya. Yer yuzasi gil, qumoq, qumloq va qumdan iborat. Shim.gʻarbiy qismida barxanlar — doʻng qum, marza qum shakllari uchraydi. Qumli choʻlning bir qismini saqlab qolish maqsadida 1991 yilda "Yozyovon choʻli" tabiat yodgorligi (mayd. 1842 ga) tashkil etilgan. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi sovuq. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 27°, yanvar niki — 2,2°. Vegetatsiya davri 218 kun. Yiliga 120–130 mm yogʻin tushadi. Fargʻona (Xoʻjand) darvozasi orqali vodiy ichkarisiga esuvchi kuchli "Qoʻqon shamoli" ekinlarga katta zarar keltiradi. Qishda teztez tuman tushadi. Yozyovon tumanidan Katta Andijon kanali va Yozyovon soyi oqib oʻtadi. Suv inshootlari, artezian va drenaj quduqlari yordamida yer osti suvlaridan foydalaniladi. Tuproqlari asosan sugoriladigan oʻtloq, qisman qumli va qumli oʻtloq tuprokdar hamda shoʻrxoklardan iborat. Vohalarda madaniy ekinlar, mevali va manzarali daraxtlar, butalar, begona oʻtlar, qumliklarda qora saksovul va oq saksovul, qandim, cherkez, yulgʻun oʻsadi. Xilmaxil qushlar, turli kaltakesaqlar, tulki, boʻri, chiyaboʻri yashaydi. "Qizil kitob"ga kiritilgan qizil astragal, fargʻona chipor kaltakesagi, shtraux qurbaqaboshi, echkemar uchraydi.

Iqtisodiyoti[tahrir]

Yozyovon tumani asosan qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan boʻlib, yetakchi tarmogʻi paxtachilikdir. Sugʻoriladigan yerlar 18,5 ming ga, shu jumladan 7,8 ming ga paxta, 6,9 ming ga donli ekinlar, 2 ming gadan ziyod yer yemxashak ekinlari, 424 ga sabzavotpoliz ekinlari, 924 ga meva va tokzorlar bilan band. Yozyovon tumani fermer va shaxeiy xoʻjaliklarida 15,6 ming qoramol, 18,6 ming qoʻy va echki, 270 dan ziyod yilqi, 10,5 ming parranda, 600 ga yaqin asalari uyasi bor. Pillachilik rivojlangan. Yozyovon tumanida 2 gisht zavodi, 5 qurilishtaʼmirlash ustaxonasi, avtokorxona, 910 kichik va xususiy korxonalar bor. Yozyovon tumanidan Fargʻona—Namangan, Qoʻqon—Andijon avtomobil yoʻllari oʻtgan. Yozyovon tumanidagi 33 umumiy taʼlim maktabi, 1 kollej, 2 litsey, sport maktabida 18,3 ming oʻquvchi taʼlim olmokda, 35 jamoat kutubxonasi, muzey, 10 dorixona, 801 oʻrinli 8 kasalxona, 4 poliklinika, 23 tibbiy shoxobcha mavjud. Aholiga 230 savdo shoxobchasi xizmat koʻrsatmokda. 1952 y.dan "Markaziy Fargʻona" tuman gazeta chiqadi (adadi 9000).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil