Otquloq
Otquloq (Rumex) — torondoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda 16 turi mavjud. Shulardan ekma. Otquloq, shovul, jingalak Otquloq (R. crispus L.), qizgʻish Otquloq (R. conglomerates Murr.), Suriya Otqulogʻi (R. syriacus Meisn.), Drobov Otqulogʻi (R. drobovii Korov.) uchraydi. Ildizi oʻq ildiz, yoʻgʻon, poyasi koʻp qirrali, boʻgʻimli, yuqori qismi kamshox. Ildiz oldi barglari uzun bandli, barg plastinkasining tubi oʻqsimon (nayzasimon), uchburchak-tuxumsimon yoki keng nashtarsimon, poyasidagisi choʻziq-nashtarsimon, poya boʻgʻimlarida ketma-ket oʻrnashgan. Gullari bir jinsli, mayda, toʻpguli roʻvaksimon. May oyidan sentabrgacha gullab urugʻlaydi. Mevasi 3 qirrali yongʻoqcha. O. nam yerlarda, oʻtloqlarda, togʻ yonbagʻirlarida oʻsadi. Tibbiyotda dorivor O., mayda bargli O. yoki shovul va oddiy Otquloqdan foydalaniladi. O. S, V va boshqa vitaminlarga boy boʻlgani sababli ovqatga ishlatiladi. Otquloq va chinor barg sathi katta oʻsimliklar hisoblanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |