Uzun tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uzun tumani
Узунский район
tuman
Tarkibida Surxondaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Uzun
Rasmiy tillar O'zbek, tojik
Aholi 183 348 kishi. 2023-yil 1 yanvar
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 2.33 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Uzun tumani xaritada
Koordinatalari: 38°19′9.1″N 67°56′27.2″E / 38.319194°N 67.940889°E / 38.319194; 67.940889 G O

Uzun tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman, 1942-yil 12-yanvarda tashkil etilgan. 1959-yil 15-oktabrda Sariosiyo tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1991-yil 29-martda qayta tuzildi. Uzun tumani shimoli-gʻarbdan Sariosiyo tumani, sharq, janubiy, shimolidan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Qumqoʻrgʻon, gʻarbdan Denov, Shoʻrchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,33 ming km². Aholisi 183,3 ming kishi (2023-yil 1-yanvar). Tumanda 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Bobotogʻ, Joncheka, Oqostona, Telpakchinor, Uzun, Fayzova, Xondiza) bor. Markazi — Uzun shahri.

Uzun tumani 2018-yildan Yangiroʻzgʻor mahallasi Uzumchilikka asos solinib har bir aholi uylarida kamida 10 tupdan uzum koʻchatlari ekilib hozirgi 2021-yilga kelib anchagina mahallaga koʻrk va tadbirkorlikka yoʻl ochib bermoqda. Bu esa tumanning yanada rivojlanishida oʻz hissasini qoʻshmoqda. OʻZJOKU2021 Aholisi: asosan, oʻzbeklar (60%), tojiklar (35%), shuningdek, rus, tatar, qozoq, turkman, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 56 kishi toʻgʻri keladi.[1]

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman viloyatning shimoliy qismida joylashgan. Relyefi, asosan, Oqostona maqbarasi. togʻ va adirliklardan iborat. Adirliklarning asosiy qismi Bobotogʻ va Hisor tizma togʻlari etaklarida joylashgan. Tuman hududidan Toʻpolondaryo, Obizarang, Qoratogʻ, Qorasuv, Surxon daryolari oqib oʻtadi. Aholi va xoʻjaliklar ekin maydoni shu daryolardan suv oladi. Bobotogʻ massivi esa Kofarnihon daryosidan sugʻoriladi. Tuman markazidan 70 km cha uzoqlikdagi Hisor togʻlari etagida oʻndan ortiq qishloq joylashgan.

Foydali qazilmalardan Xondizada (Hisor togʻlari etagi) polimetall va Xoʻjaasminda marmar konlari bor.

Tuman iklimi moʻtadil, dehqonchilik uchun qulay. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi G—2°, iyulniki 35°. Eng yuqori temperatura 46°. Yillik yogʻin 650-700 mm. Vegetatsiya davri 290—320 kun. Yovvoyi oʻsimliklardan archa, shuvoq, shoʻra, yantoq, togʻ rayhoni, anzur piyozi, ravoch; mevali daraxtlar (yongʻoq, anor, oʻrik, xurmo, tut, anjir, limon), shuningdek, tol, terak, qayragʻoch, chinor usadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, qobon, qoplon, ayiq, kiyik, jayra; qushlardan kaklik, gʻoz, oʻrdak, mayna, qargʻa, burgut, bedana, kaptar, bulbul, qaldirgʻoch, musicha bor.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash, temirbeton buyumlari, maxsus ixtisoslashtirilgan tajriba zavodlari hamda 7 ta savdo, Z ta jamoat ovqatlanish, 4 ta aholiga maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, dehqon bozori, 272 ta firma va kichik korxonalar, shuningdek, „UzunKomron“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatib kelmokda.

Tumandagi 9 ta shirkat xoʻjaligidan 8 tasi paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashgan. Xondiza shirkat xoʻjaligi bogʻdorchilik va asalarichilik bilan shugʻullanadi. Tumanda 4 ta fermer xoʻjaligi uyushmasi faoliyat koʻrsatadi. Uyushmalarda 620 dan ortiq fermer xoʻjaligi boʻlib, ular qam paxtachilik va gʻallachilik hamda chorvachilik bilan shugʻullanadi. Shuningdek, 77,2 ming ga yer maydoniga ega boʻlgan oʻrmon xoʻjaligi hamda 6 ta suv havzasiga ega boʻlgan xususiy baliqchilik yoʻnalishi boʻyicha 4 fermer xoʻjaligi mavjud.

Tuman xoʻjaliklarida 5992 ga yerga paxta, 4231 ga yerga gʻalla ekiladi. 1665 ga yer bogʻ (2004). 2003/2004 oʻquv yilida 64 umumiy taʼlim maktabi (34,5 ming oʻquvchi), 2 isteʼdodli bolalar maktabinternati (375 oʻquvchi), ixtisoslashtirilgan maktabinternati (225 oʻquvchi), qishloq xoʻjaligi va maishiy xizmat koʻrsatish kasbhunar kollejlari (1,2 ming oʻquvchi) faoliyat koʻrsatdi. 80 jamoat va bolalar kutubxonasi, 8 klub, madaniyat uyi, „Xotira va qadrlash“ madaniyat va istirohat bogʻi, muzey ishlab turibdi. „Turon“ stadioni, tennis korti bor.

Uzun tumanida 4 kasalxona (410 oʻrin), 21 ambulatoriya, 19 feldsherakusherlik punkti, 11 qishloq vrachlik punkti, 15 xususiy dorixona va boshqa tibbiy muassas&parida 231 vrach va 1141 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.

Tuman markazidan Uzun — Toshkent, Uzun—Termiz, Uzun — Denov va boshqa yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi. 1952-yildan tuman „Bobotogʻ tongi“ gaz. chop etiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Uzun tumani" OʻzME. U-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil