Qoʻngʻirot tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qoʻngʻirot tumani
Кунградский район
tuman
Tarkibida Qoraqalpogʻiston
Maʼmuriy markazi Qoʻngʻirot
Asos solingan sanasi 1930
Rasmiy tillar Oʻzbek
Qoʻngʻirot tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5

Qoʻngʻirot tumani - Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1927 yil 3 iyulda tashkil etilgan. 1963 yil Xoʻjayli tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1964 yil 22 fevraldan qayta tuzilgan. Shim -sharqdan Moʻynoq tumani, sharqdan Amudaryo orqali Boʻzatov, jan.-sharkdan Qanlikoʻl, Shumanay tumanlari, jan.dan Turkmanistonning Toshhovuz viloyati, gʻarb va shim.dan Qozogʻiston Respublikasining Aterov va Oqtoʻba viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 74,49 ming km2. Hududi jihatidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari ichida eng kattasi. Aholisi 113,2 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Qoʻngʻirot), 6 shaharcha (Jasliq, Oltinkoʻl, Oqshoʻlaq, Elobod, Qoraqalpogʻiston, Qubla-Ustyurt), 9 qishloq fu-qarolari yigʻini (Ajiniyoz, Navroʻz, Ornek, Ravshan, Suelli, Ustyurt, Xorazm, Qipchoq. Qoʻngʻirot). Markazi — Qoʻngʻirot shahri

Tabiati. Yer yuzasi. asosan, Ustyurt platosidan iborat. Oʻrtacha balandligi 150–200 m. eng baland joyi 290 m (tumanning gʻarbiy qismidagi Qorabo-vur qirida). Markaziy qismida Borsa-kelmas, sharqida Qoraumbet shoʻrxoklari, jan.da Asakaovdon botigʻi, Turkmaniston bilan chegaradosh xududida Qoplonqir tekisligining va Sariqamish koʻlining shim. qismi joylashgan. Iqlimi keskin kontinental, quruq. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanv,ning oʻrtacha temperaturasi —4,2° dan —6° gacha, iyulniki 26,2°, baʼzan 28°. Eng past temperatura yanvarda —24°, eng yuqori temperatura iyulda 41°. Yillik oʻrtacha yogʻin 100 mm. Ve-getatsiya davri 155—165 kun. Sugʻoriladigan zonalarda 183 kun. Tuman xoʻjaliklari Suelli magistral kana-li, Ravshan, Oltinkoʻl kanallaridan suv oladi, shuningdek, tuman hududiga Mashan koʻli va shim. qismida suelli koʻlining jan. chekkasi tutash. Tuproqlari Ustyurt platosida, asosan, choʻl sur-qoʻngʻir, sugʻoriladigan sharqiy qismida oʻtloqiboʻz va oʻtloqi tuproqlardan iborat. Shoʻrxok, taqir tuproqlar va taqirlar ham uchraydi. Tabiiy oʻsimliklari, asosan, choʻl oʻsimliklari: shuvoq (jumladan, gul-shuvoq), shoʻra, qirqboʻgʻin, qora saksovul va boshqa, Amudaryo boʻylarida toʻqaylar mavjud. Yovvoyi hayvonlardan saygʻoq, boʻri, tulki, qumsich-qon, ilon, kaltakesaklar; kemiruv-chilardan ondatra, kalamushlar; qushlardan qirgʻovul, qargʻa, oʻrdak, baliqchi, oʻrdakburun, suvlarida baliqlar bor.

Aholisi, asosan, qoraqalpoqlar, oʻzbeklar va qozoqlar, shuningdek, koreys, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 1,52 kishi (2005). Aholining 41% (44 ming kishi) qishloqlarda, 59% (69,2 ming kishi) shaharlarda yashaydi.

Xoʻjaligi. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash, un tortish, soda, temir -beton buyumlari zavodlari, "Ustyurtgaz" unitar shoʻʼba korxonasi, Ustyurt qidiruv-parmalash boshqarmasi, "Urganchtransgaz" shoʻʼba korxonasining 5 gaz quvurlari tarmogʻi boshqarmasi, Qoʻngʻirot texnologik suv bilan taʼminyaash boshqarmasi, lokomotiv va vagon taʼmirlash deposi, gidroinshootlar, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, "TuzLTD", "Qazqoʻngʻirotkarbid", "N01T" qoʻshma korxonalari, "Iygilikgaz" qoʻshma korxonasining filiali va boshqa ishlab turibdi.

Tuman qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — paxtachilik, gʻallachilik (shu jumladan, sholichilik), goʻsht-sut chorvachiligi. Shirkat va fermer xoʻjaliklari, 6 muqobil MTP, "Qoʻngʻirot" mashina-traktor parki faoliyat koʻrsatadi. Qoʻngʻirot tumanida 40 ming gʻa yer sugʻoriladi. Shundan 4 ming ga yerga paxta, 4 ming ga yerga sholi, 5,6 ming ga yerga bugʻdoy, 500 ga yerga boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari ekiladi. 170,9 ming gektarga yaqin yer maydoni — oʻrmonzor (asosan, saksovul, turangʻil va boshqalardan iborat). Qolgan yerlar pichanzor va yaylov. tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 27,6 mingga yaqin qoramol (shu jumladan, 12 mingga yaqin sigir), 58,9 mingga yaqin qoʻy va echki, 1,2 mingga yaqin yilqi boqiladi. Moʻynoq baliq zavodining Qoʻngʻirot filiali ishlab turibdi.

2004/05 oʻquv yilida tumandagi 56 umumiy taʼlim maktabi (26 mingdan ziyod oʻquvchi), 2 kasb-hunar kolleji (3,3 ming oʻquvchi), biznes maktabi filiali, "Progress" oʻquv markazi bor. 21 kutubxona, tuman tarixi muzeyi mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona majmui, teri kasalliklari, sil kasalliklari dispanserlari, 3 poliklinika, 24 feldsher-akusherlik punkti, 7 ovul vrachlik punkti, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, qishloq kasalxonasi va boshqa tibbiy muassasalarda 196 vrach, 1084 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tumandagi avto-mobil yoʻllarining umumiy uz. 996 km, shundan 375,5 km avtotrassasi, t.yillar uz. 340 km. Buyuk ipak yoʻlidagi xalqaro yoʻl qurilishining bir qismi tuman hududida olib borilmoq-da. 1944 yildan "Qoʻngʻirot haqiqati" tuman gaz. chop etiladi (adadi 2300).