Doʻstlik tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Doʻstlik tumani
Дустликский район
tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Doʻstlik (shahar)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 84 100
Dinlar tarkibi musulmonlar
Soat mintaqasi UTC+5

Doʻstlik tumani - Jizzax viloyatidagi tuman. 1970 yil 16 oktabrda tashkil etilgan. oʻstlik tumani viloyatning Zafarobod, Mirzachoʻl, Paxtakor, Forish tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,45 ming km2. Aholisi 48,9 ming kishi (2000). oʻstlik tumanida 1 shahar (Doʻstlik) va 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻzor, Bunyodkor, Istiqlol, Mevazor, Navroʻz, Saritepa, Yangiobod, Qahramon) bor. Markazi — Doʻstlik shahri.[1]

Tabiati[tahrir]

Doʻstlik tumani yer yuzasi asosan tekislik, qisman qir va adirlardan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 28—30°, yanvarniki —2° dan —4° gacha. Vegetatsiya davri 220—230 kun. oʻstlik tumanini Janubiy Mirzachoʻl kanalining chap tarmoqlari kesib oʻtgan. Tuprogʻi unumdor boʻz tuproq. Baʼzi yerlarni shoʻr bosgan. Tuproqning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari koʻrilmoqda. Yovvoyi oʻsimliklardan kovrak, oqkuray, yantoq, tuyaqorin, qamish va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, ilon, toshbaqa, kaltakesak va hokazo yashaydi.

Aholisi[tahrir]

Aholisi — asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 108 kishi. Shaharliklar 16 ming kishi, qishloq axolisi 32,9 ming kishi.

Iqtisodiyoti[tahrir]

Doʻstlik tumanida oʻndan ortiq shirkat xoʻjaligi boʻlib, asosan paxta, gʻalla, mevasabzavot, goʻsht, sut yetishtiriladi. Sugʻoriladigan yer mayd. 32,6 ming ga, shundan 17 ming ga yerga paxta, 12 ming ga yerga gʻalla ekiladi. Tumanda 350 dan ziyod dehqon fermer xoʻjaligi, 80 dan ortiq firma va kichik korxona, 2 qoʻshma korxona, oʻsimlik moyi ishlab chiqaruvchi "El", "Erk", "Hyp" firmalari, MTP, 120 dan ortiq maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, 45 savdo doʻkoni faoliyat koʻrsatmoqda.

Tumanda tibbiyot bilim yurti, biznes maktabi, litsey, 17 umumiy taʼlim maktabi mavjud. Tennis korti, 16 sport majmuasi, 17 kutubxona, 150 oʻrinli markaziy kasalxona (tumanlararo jarrohlik markazi faoliyat koʻrsatmoqda), 9 qishloq vrachlik am-bulatoriyasi aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Tuman markazida Xotira maydoni barpo etilgan. "Doʻstlik" temir yoʻl stansiyasi bor. Doʻstlik—Toshkent, Doʻstlik — Samarqand, Doʻstlik—Jizzax, Dustlik — Guliston, Doʻstlik — Arnasoy yoʻnalishlarida avtobus va taksi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. "Doʻstlik bayrogʻi" tuman gaz. 1000 nusxada muntazam chop etiladi.

Manbalar[tahrir]

  1. "Doʻstlik tumani" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil