Mirzachoʻl tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirzachoʻl tumani
tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Gagarin
Tuman hokimi Axmedov Sherzod Malikovich
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi (2020) 430000
Maydoni 23 ming km² km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 72312
Pochta indeksi 130300
Rasmiy sayti [[1]]
Xaritada
Mirzachoʻl tumani xaritada
Koordinatalari: 40°39′36.0″N 68°9′46.8″E / 40.660000°N 68.163000°E / 40.660000; 68.163000 G O

Mirzachoʻl tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1967-yil 9-yanvarda tashkil etilgan. Shimoliydan Qozogʻiston, shimoli-sharqdan Sirdaryo viloyati, janubiy dan Jizzax viloyatining Doʻstlik, gʻarbdan Forish, Arnasoy tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 23 ming km². Aholisi 430000 ming kishi (2020). Mirzachoʻl tumanida 2 shahar (Gagarin), 7 ta shaharcha fuqarolari yigʻini (Bogʻbon, Ipakyoʻli, Paxtazor, Toshkent, Yangidala, Oʻzbekiston, Gulzor) va 4 ta QFY fuqarolar yigʻini (Doʻstlik, Erjar, Mustaqillik, Gʻalaba) hamda 2 ta shahar (Mirzadala,Gagarin) mavjud. Markazi Gagarin shahri

Mirzachõl aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirzachoʻl tumani relyefi pastgekislikdan iborat. Iklimi keskin kontinental, quruq, qishda sovuq, yozi issiq. Oʻrtacha temperatura yanvarda —1,5°, iyulda 30°; minimal temperatura —30° (yanvarda), maksimal temperatura 42° (iyulda). Vegetatsiya davri 224 kun. Yiliga oʻrtacha 240 mm yogʻin yogʻadi. Tuprogʻi och boʻz va shoʻrxok tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan qoʻngʻir-bosh, shuvoq, yantoq, shoʻra, rang, iloq, qiyoq, qamish, ituzum, qushqoʻnmas, shamak, yulgʻun, yovvoyi jiyda, terak, tol va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tuvaloq, tulki, chiyaboʻri; kemiruvchilardan kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni; sudraluvchilardan toshbaqa, ilon, kaltakesak, qushlardan choʻl bur-guti, yovvoyi oʻrdak bor.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa, qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Tumanda kichik, xususiy korxonalar mavjud. Mirzachoʻl tumanining jami ekin maydoni 28,2 ming ga, shundan 13,8 ming ga paxta, 11 ming ga boshoqli don, 1,2 ming ga dukkakli ekinlar, 321 ga maydonga poliz ekinlari ekiladi. Dehqonfermer, jamoa, boʻrdoqichilik hamda 9 shirkat xoʻjaligi bor. Tuman hududidan magistral temir yoʻl oʻtgan. Sirdaryo — Jizzax, Qozogʻistonning Yettisoy tumani — Paxtakor, Guliston — Gagarin avtomobil yoʻllari mavjud. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi.

Mirzachoʻl tumanida avtokorxona, paxta tozalash zavodi, ijara korxonasi, aksiyadorlik jamiyatlar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 20 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi (4200 dan ortiq oʻquvchi), kasb maktablari, 11 klub, 11 kutubxona, 4 madaniyat va istirohat bogʻi, 7 stadion, yodgorlik monumentlari mavjud. 4 kasalxona, 3 nodavlat tibbiy muassasa, 5 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 2 feldsher-akusherlik punkti, 10 dorixona faoliyat koʻrsatmoqda.

1968-yildan „Mirzachoʻl ovozi“ (avvalgi „Doʻstlik“) gazetasi chiqariladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil