Bektemir tumani
Bektemir tumani | |
---|---|
tuman | |
![]() | |
41°14′16″N 69°20′44″E / 41.23778°N 69.34556°E G OKoordinatalari: 41°14′16″N 69°20′44″E / 41.23778°N 69.34556°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Mintaqa | Toshkent |
Hukumat | |
Asos solingan | 1990-yil |
Avvalgi nomlari | Bektemir |
Maydon | 20.50 km2 (7.92 mi²) |
Aholisi (2018) |
27 500 |
|
Bektemir tumani (1990-yil gacha Narimonov) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1960–81 yillar Bektemir shaharchasi: 1973–90 yillarda shahar, 1981–90 yillarda davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Narimon Kerbalay Najaf ugli Narimonov (1870–1925) nomi bilan yuritilgan. 1990-yildan Toshkent shahri tarkibidagi tuman, hokimi Saidjamol Sultonov[1]. Chirchiq daryosining chap sohilida. Bu daryo Bektemir tumanini boshqa tumanlardan ajratib turadi. Maydoni 1,83 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan hududi 0,012 ming ga. Aholisi 29,9 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 45 ta. Asosiy yirik koʻchalari: Husayn Boyqaro, Ohangaron shohkoʻchasi, Bektemir. 12 ta mahalla mavjud. Tuman hududida "Oʻzsmatana", "Agrokeramika", "Mirmaks" qoʻshma korxonalari, 17 ta sanoat korxonasi, shu jumladan, Toshkent motor, "Irgidromash" va boshqa, 9 transport muassasasi, "SredazVNIIgidromash" ilmiy tadqiqot instituti, 5 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, bolalar sport maktabi, 13 ta bolalar bogʻchasi, 16 ta tibbiyot davolash muassasasi, 4 ta poliklinika bor. Tumanda 522 ta yirik hamda kichik oʻrta biznes subʼyektlari faoliyat koʻrsatadi, shundan 44 tasi xorijiy investitsiyalar ishtirokida tuzilgan korxonalardir. Tuman aholisiga 11 ta oziq-ovqat, 4 ta sanoat mollari, 7 ta aralash mollar doʻkonlari, univermag, 30 ta ovqatlanish korxonasi, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat qiladi. 5 ta jamoat kutubxonasi, klub, madaniyat uyi, kinoteatr, 10 dan ziyod bolalar sport maydonchalari, tennis korti, 2 ta futbol maydoni bor.[2]
Tumanda Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan "Golfklub" tashkil etilgan.[2]
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |