Namangan tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Namangan tumani
Наманганский район
tuman
Tarkibida Namangan viloyati
Maʼmuriy markazi Toshbuloq
Yirik shahari Toshbuloq
Asos solingan sanasi 1926-yil 29-sentabr
' Moʻminov Sadriddin[1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Rasmiy sayti www.toshbuloq.uz
Xaritada
Namangan tumani xaritada
Koordinatalari: 40°58′0″N 71°34′0″E / 40.96667°N 71.56667°E / 40.96667; 71.56667 G O



Namangan tumani-Namangan viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil topgan boʻlib, uning umumiy maydoni 249,0 kv.km ga teng. Tuman chegarasining umumiy uzunligi 98,1 km. Chegaradosh xududlar Sharqda Andijon viloyati 8,9 km, Uychi tumani 25,02 km, Norin tumani 3,3 km, Janubda Mingbuloq tumani 11,1 km, Gʻarbda Toʻraqoʻrgʻon tumani 25,28 km, shimolda Kosonsoy tumani 10,16 km, Yangiqoʻrgʻon tumani 14,34 km. Namangan tumani sugʻoriladigan dexqonchilik regionidir. Uning hududidan Gʻirvonsoy, Namangansoy va Kosonsoy soylari oʻtadi. Shimoliy Fargʻona kanali, Katta Namangan kanali va Yangi ariqdan qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorishda foydalaniladi. Tuman territoriyasini Sharqiy tomonidan Norin daryo, janubiy tomonidan Sirdaryo oqib oʻtadi. Iqlimi quruq, subtropik, yozi issiq, yogʻin sochin kam(300-350), bugʻlanish katta, qish qisqa va sovuq. Vegitatsiya davri 236 kun. Qulay iqlim sharoiti dehqonchilikni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Tuman aholi soni boʻyicha viloyatda Namangan shahri va Chust tumanidan keyin uchinchi oʻrinda turadi. Tuman markazi - Toshbuloq shaharchasi. Toshbuloq shaharchasidan viloyat markazi boʻlgan Namangan shahrigacha 10 km. Tuman xududida 10 shaharcha, 12 ta qishloq fuqarolar yigʻini, 41 ta qishloq aholi punktlari va 69 ta maxalla fuqarolar yigʻinlari bor. Tuman aholisining 33,7 foizini (71,4 ming kishi) 16 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar tashkil etadi. Mehnat resurslari umumiy aholining 57,1 foizini yoki 120,7 ming kishini tashkil etadi. Aholining 6,8 foizi tuman markazi Toshbulok shaharchasida yashaydi. Tuman aholisining 48,7 foizini erkaklar, 51,3 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Tumanda 15 millat vakillari yashaydi. Aholining umumiy miqdorida oʻzbeklarning salmogʻi 98.6 foiz, tojiklar 1,3 foizni tashkil etadi. Tuman boʻyicha oiladagi odamlar soni oʻrtacha 4 kishini tashkil etadi. Tuman aholisining oʻrtacha zichligi 1 kv. km ga 849 kishiga toʻg’ri keladi. Tumanda 5 ta qoʻshma korxona mavjud bulib, ulardan 2 tasi "MIRISHKOR" masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi kushma korxonasi va "MRT TEXTILE" masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi yirik korxonalar, 3 tasi "TOSHBULOK TEKS" Oʻzbekiston - Rossiya masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi kushma korxonasi, "GOLDEN SILK" Vyetnam shuʼba korxonasi va"MERRYMED FARM" masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi kushma korxonasi kichik biznes subʼekti sanaladi. Namangan tumani qishloq hoʻjaligi ekinlaridan asosan paxta yetishtirishga ixtisoslashgan boʻlib, jami paxta maydonlari umumiy ekin yerining 50 foizidan ortigini tashkil etadi. Yetishtirilgan paxta xosilini Namangan - 3 sonli paxta tozalash korxonasida va Mirishkor MCHJ qoʻshma korxonasida qayta ishlanadi.

[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „arxiv nusxasi“. 31-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-sentabr 2020-yil.
  2. Namangan viloyat hokimligi sayti.