Arnasoy tumani — Jizzax viloyatidagi tuman, 1975-yil 26-noyabrda tashkil etilgan. Shimoliy va shimoli-gʻarbda Forish, janubida Zafarobod, janubi-sharqda Paxtakor, sharqda Doʻstlik, shimoli-sharqda Mirzachoʻl tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,49 ming km². Aholisi 40,0 mingdan ortiq kishi (1999). Arnasoy tumanida 6 Qishloq fuqarolari yigʻini (Doʻstlik, Zarafshon, Usmon Yusupov, Choʻlquvar, Yangiboʻston, Gʻalaba) bor. Markazi — Gʻoliblar qishlogʻi. Tabiati. Tuman relefi asosan te-kislik va pasttekisliklardan iborat. Yer yuzasi shimoliy va shimoli-gʻarbdan janubiy va janubi-sharqqa tomon asta-sekin koʻtarila boradi. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — G, — 5°, iyul-niki 30° gacha. Yiliga oʻrtacha 150 — 300 mm yogʻin tushadi. Arnasoy tumanining shimoliy qismida Aydar koʻli joylashgan. Tuprogʻi aso-san boʻz-qoʻngʻir tuproq, shimoli-sharqiy qismida qisman shoʻrxoklar bor. Tumanning choʻl joylarida chala butalar, sak-sovul, efemer va efemeroidlar oʻsadi. Kemiruvchilardan qoʻshoyoq, yumronqoziq, quyon; sudralib yuruvchilardan kaltake-sak, ilonlar; yirtqichlardan boʻri, tulki, boʻrsiq; hasharotlardan chayon, falanga; qushlardan toʻrgʻay, soʻfitoʻrgʻay, boyoʻgʻli yashaydi. Arnasoy tumani hududida Arnasoy davlat ornitologiya buyurtma hududi tashkil etilgan. Aholisi: asosan, oʻzbeklar; shuning-dek rus, qozoq, tojik, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km²ga oʻrtacha 16 kishi. Xoʻjaligi. Arnasoy tumani xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, polizchilik, chorvachilik, baliqchilikka ixtisoslashgan. Paxta tozalash zavodi, 5 paxta tayyorlash punkti bor. Arnasoy tumanida 7 jamoa xoʻjaligi, 11 tokchilik xoʻjaligi mavjud. 20 ming ga yerga paxta, 5 ming ga yerga gʻalla, qariyb 1000 ga yerga sabzavot ekiladi; tokzor va bogʻlar 1000 ga ni tashkil qiladi.1996/97 oʻquv yilida 11 umumiy taʼ-lim maktabida 4 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi. 15 bolalar bogʻchasida qariyb 2100 bola tarbiyalanmoqda. 4 klub, 2 madaniyat markazi, 10 kutubxo-na, 2 kasalxona, 2 ambulatoriya boʻlib, 50 vrach, 150 dan ziyod oʻrta maʼlumotli tib-biy xodim ishlaydi. „Arnasoy tongi“ tuman gazetasi 1977-yildan chiqadi.[1]