Yangiqoʻrgʻon tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Yangiqoʻrgʻon tumani
Янгикурганский район
tuman
Tarkibida Namangan viloyati
Maʼmuriy markazi Yangiqoʻrgʻon
Rasmiy tillar Oʻzbek
Yangiqoʻrgʻon tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5

Yangiqoʻrgʻon tumani — Namangan viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabr da tashkil etilgan. Gʻarbdan Kosonsoy, janubidan Namangan va Uychi tumanlari, shimoliy gʻarb, shimoliy va sharqda Qirgʻiziston Respublikasi, Chortoq tumani bilan chegaradosh. Maydon 0,54 ming km². Aholisi 166,7 ming kishidan ziyod (2005). Tumanda 1 shaharcha (Yangiqoʻrgʻon), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Bekobod, Birlashgan, Zarbdor, Zarkent, Istiqlol, Navkent, Navroʻzobod, Nanay, Paromon, Sharq Yulduzi, Qorapolvon) bor. Markazi — Yangiqoʻrgʻon shaharchasi.

Tabiati. Tuman hududi Chatqol tizmasining janubiy etaklarida joylashgan. Yer yuzasi tekislik va adirlardan iborat. Balandligi janubiy dan shimoliga 300 m dan, oʻrta qismida 1500 m gacha, shimolida 1500 – 2000 m. Foydali qazilmalardan neft, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan qurilish materiallaridan shagʻal, ohaktosh, gil tuproqlar bor. Iqlimi kontinental: yozi issiq va quruq, qishi sovuq. Oʻrtacha temperatura yanvar da — 1° dan —4" gacha, iyulda 25° — 26". Eng past temperatura qishda —29°, eng yuqori temperatura yozda 40°. Yillik yogʻin 300 – 400 mm. Vegetatsiya davri 175 kun. Togʻlardan kattakichik soylar oqib tushadi. Ularning baʼzilari yozda qurib qoladi. Eng yirik soylari: Chortoqsoy, Namangansoy (yuqori qismda Pochchaotasoy), Quruqsoy (Changach). Soylardan bahorda baʼzan kuchli sel keladi va xoʻjaliklarga katta zarar yetkazadi. Ayrim joylarda selxonalar qurilgan. Soylar suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Tuprogʻi, asosan, tipik boʻz tuproq, eng shimoliy chekkasida qisman toʻq tusli boʻz tuproq. Shimoliy sharqiy qismida qumlichaqir yerlar bor. Yangiqoʻrgʻon tumani ga yaroqli yerlar oʻzlashtirilgan. Tabiiy oʻsimliklar, asosan, adirlarda saqlangan. Efemer oʻtlar va butalar oʻsadi. Adir oʻsimliklarini oʻrganish va ularni boyitish boʻyicha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutining tajriba uchastkasi faoliyat koʻrsatadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, toshbaqa, turli xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan kaklik, ular va boshqalar yashaydi. Suvlarida har xil baliqlar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, qirgʻiz, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 309 kishi. Shahar aholisi 16,1 ming kishi, qishloq aholisi 150,6 ming kishiga yaqin.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligi ga ixtisoslashgan. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash, gʻisht, vino zavodlari, tiquvtrikotaj fabrikasi, atlas toʻqish sexlari, qurilish tashkilotlari, MTP, avtokorxona, non kombinati, dehqon bozori, savdo, madanits va maishiy xizmat qoʻrsatish shoxobchalari bor. 300 ga yaqin yirik, oʻrta biznes, kichik korxonalar, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. 3 qoʻshma korxona mavjud.

Q. xning yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Sabzavotchilik, gʻallakorlik va chorvachilik, meva yetishtirish ham rivojlangan. 628 fermer, 12 shirkat xoʻjaligi ishlab turibdi. Ekin maydonlariga paxta, bugʻdoy, makkajoʻxori, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari ekiladi. Mevazor va tokzorlar bor. 60 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa va sport maktablari, 2 litseyinternat, kasb-hunar kollejlari mavjud. Tuman markaziy kutubxonasi, 17 klub muassasalari, madaniyat uylari, sport majmuasi ishlab turibdi. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona, 2 feldsherakusherlik punkti, 19 qishloq vrachlik punkti va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman hududidan respublika ahamiyatidagi Chortoq — Nanay avtomobil trakti oʻtgan.

Sobiq Sovet Ittifoqi davrida tuman nafaqat agrar sohalarda balkim sanoat sohasida ham qator ijobiy natijalarga aylanganligi tufayli viloyatning industrial-agrar markazlaridan biri hisoblanadi.

Taʼlim[tahrir]

Tumanda 57 ta oʻrta taʼlim maktablari mavjud. Tarixan tuman iqtidorli yoshlar bilan nafat viloyatda balkim respublikada ham mashxur boʻlgan. Tumanning tashkil topgan vaqti — 1926 yil 29 — sentabr. Geografik oʻrni — Yangiqoʻrgʻon tumani Namangan viloyatining shimoliy qismiga joylashgan boʻlib, shimoliy — gʻarb, shimol, shimoliy — sharq, tomonlardan Qirgʻiziston Respublikasi bilan, janubiy — sharq va janubiy — gʻarbdan Namangan tumani bilan, gʻarb tomondan Kosonsoy tumani bilan chegaradoshdir.Yangiqoʻrgʻon tumanining markazi viloyat markazidan 22 km uzoqlikda joylashgan.Maydoni — 540 kvadrat kilometr. Markazi — Yangiqoʻrgʻon shaharchasi.Aholisi — 177828 kishi.Tuman xududida bitta shaharcha, 11 ta qishloq fuqarolar yigʻinlari hamda 62 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari, 49 ta aholi yashash punktlari mavjud. Shaharchada 16984 kishi va qishloq joylarida 160844 kishi yashab kelmoqda. Aholining 39,7 foizini bolalar va oʻsmirlar tashkil qiladi. Aholining 49,6 foizini erkaklar va 50,4 foizini ayollar tashkil etadi. Mehnat resurslari umumiy aholining 51,2 foizini yoki 91142 kishini tashkil qiladi. Aholining oʻrtacha oʻsish surʼati 1,7 foizni tashkil qiladi. Tumanda 14 millat vakillari istiqomat qiladi. Axolining 97,2 foizini oʻzbeklar, 2,5 foizini qirgʻizlar va qolgan 0,3 foiz aholini 14 millat vakillari tashkil etadi.Tumanda 1 ta sanoat korxonasi, 2 ta qurilish tashkilotlari, 1 ta transport korxonasi, 1 ta qoʻshma korxona hamda 123 ta yirik tashkilotlar faoliyat koʻrsatadi.Tumanda 5063 gektar jami bogʻ, shundan xosilligi 3947 gektar, 3151 gektar jami uzumzor, shundan xosilli 2702 gektar. Jami ekin maydoni 13303 gektarni tashkil etadi. Mavjud aholining 74412 nafarini voyaga yetmaganlar, 11554 nafarini 60 yosh va undan kattalar tashkil etadi. Oliy maʼlumotli kadrlar 6010 nafar, oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan kadrlar 8691 nafar.Tumanda 36522 ta xonadon boʻlib, oʻrtacha bir kishiga 9,3 kv.m. yashash joyi toʻgʻri keladi. 2008 yilda tumanda gaz tortish rejasi 9,0 km boʻlib haqiqatda bu koʻrsatgich 9,2 km ga, shundan ichki imkoniyat bilan 9,2 kmga bajarishga erishildi. Hozirga kelib mavjud 49 ta aholi yashash punkitidan 38 tasi toʻla gazlashtirib boʻlindi.Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun yillik suv tortish rejasi 29,6 km boʻlib bu koʻrsatgich ham 29,7 km ga, ichki imkoniyat bilan 12,8 davlat buyurtmasi xisobidan 16,9 km ga bajarishga erishildi. Tumanda 2008 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish solishtirma baholarda 12349 mln soʻmlik ishlab chiqarildi. Bu koʻrsatkichda tumandagi Marvel Djusko qoʻshma korxonasining ulushi 74,1 foizni tashkil etadi. Aholiga pullik xizmat koʻrsatish 122,5 foizga oʻsishga erishildi, yoki 11585 mln soʻmlik koʻp xizmat koʻrsatildi. Aholi jon boshiga pullik xizmat koʻrsatish oʻtgan yilning shu davriga nisabatan 44740,3 soʻmga koʻp hizmat koʻrsatishga erishildi. Aholiga maishiy hizmat koʻrsatish 127,9 foizga oʻsishga erishildi, yoki 4,2 mln soʻmlik koʻp hizmat koʻrsatildi. Aholi jon boshiga maishiy hizmat koʻrsatish oʻtgan yilning shu davriga nisabatan 3086 soʻmga koʻp boʻlishiga erishildi. Oʻtgan 2008 yil mobaynida boʻlimga ish soʻrab murojaat etuvchilar 3972 nafarni tashkil etib ulardan 3430 nafari mehnat boʻlimi orqali ishga joylashtirildi. 60 nafari milliy xunarmandchilik kasblariga oʻqitishga 328 nafari esa vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etildi. Imtiyozli kredit sfatida toʻlab berildi. Bundan tashqari 133 nafar kam taʼminlangan oilalarga 133 mln soʻm mablagʻ chorvachilik yoʻnalishi boʻyicha „BANDLIK“ jamgʻarmasi resurslari xisobidan imtiyozli kreditlar berildi.Tumanda 7 ta (engil sanoat, agroiqtisodiyot, qishloq xoʻjalik, Aloqa va kompyuter, pedagogika, oziq ovqat va iqtisodiyot yoʻnalishidagi) kollejlar faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 2008 −2009 oʻquv yili uchun qabul 4725 ta rejasi boʻlib xaqiqatda 5065 taga yoki 107 foizga bajarildi. Xalq taʼlimi tizimida 61 ta maktab boʻlib, shundan 1 tasi boshlangʻich 35 tasi tayanch 25 tasi esa oʻrta maktablar boʻlib ularda jami 36300 nafar oʻquvchilar taʼlim olib kelmoqda. Oʻquvchilarning 34935 tasi oʻzbek 882 nafari rus,483 nafari esa qirgʻiz tilida uqitilib kelinmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Yangiqoʻrgʻon tumani" OʻzME. Ya-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil