Toshloq tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshloq tumani
Ташлакский район
tuman
Tarkibida Fargʻona viloyati
Maʼmuriy markazi Toshloq
Asos solingan sanasi 1935-yil
Hokim Abduqaxxor Djurabayev [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi (2021) 208 667
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 240 km²
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 484 m
Toshloq tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 73
Pochta indeksi 151500
Koordinatalari: 40°31′37.2″N 71°49′55.2″E / 40.527000°N 71.832000°E / 40.527000; 71.832000 G O

Toshloq tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1935-yilda tashkil etilgan. 1959-yilda Oxunboboyev tumaniga birlashtirilgan. 1973-yil 12-aprelda qayta tiklangan. Gʻarbdan Margʻilon shahri, shimoli-gʻarbdan Qoʻshtepa, Yozyovon, sharqdan Quva tumanlari, jananubi-sharqdan Quvasoy shahri va shimoli-sharqdan Andijon viloyati Boʻz tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,24 ming km². Aholisi 208,7 ming kishi, shundan shahar aholisi - 48,2 ming kishi, qishliq aholisi - 160,4 ming kishi (2021-yil 1-oktyabr). Tumanda 1 ta shaharcha (Toshloq), 51 ta Mahalla fuqarolari yigʻini (Nayman, Chek, Istiqlol, Xonariq, Mehnatobod, Naymanboʻston, Quyi Yakkatut, Soy boʻyi, Ucholish, Guzarboshi, Xoʻjaariq, Zarkent, Yangi Yoʻl, Yuqoriqishloq, Chuqurqishloq, Jarqishloq, Turvat, Qumariq, Obisiyo, Farogʻat, Qumqishloq, Sadda, Teraktagi, Konizar, Katta koʻcha, Soʻfilar, Soʻkchilik, Axshak, Xotinqumi, Yakkovut, Axshakguzar, Qanjirgʻa, Togʻliq, Arabmozor, Koʻlariq, Xonaqa, Besarang, Aylanmajar, Toshloq, Shodlik, Furqat, Doʻstlik, Suvboshi, Qamchipurush, Qoʻrgʻoncha, Piyozchilik, Xamrak, Varzak, Qipchoqariq, Oʻzbekiston, Boʻston) bor.[2]. Tuman markazi – Toshloq shaharchasi[3].

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman hududining yer yuzasi, asosan, tekislikdan iborat boʻlib, jan.dan shimolga tomon pasayib boradi va shimolida Fargʻona choʻllariga tutashib ketadi. Gʻarbiy qismida kumliklar bor. Iqlimi kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0°–2°, eng past temperaturasi –27°, iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 28°, eng yuqori temperatura 44°. Vegetatsiya davri 210–215 kun.

Yillik yogʻin 200 mm. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahorda yogʻadi. Koʻpincha, gʻarbiy shamollar („Bekobod shamoli“) esib turadi. Baʼzan, togʻlardan sharqiy va janubi-sharqiy yoʻnalishda quruq va iliq shamol esadi. Asosiy daryosi – Isfayram. Janubidan shimoliga oqib oʻtadigan Yozyovonsoy ham sugʻorishda muhim ahamiyatga ega. Tuman hududining shimoliy qismidan sharqsan gʻarbga tomon Katta Fargʻona kanali oqib oʻtadi.

Tuproqlari, asosan, boʻz tuproq. Shimolrokda allyuvial oʻtloq va shoʻr tuproqlar ham bor. Yovvoyi oʻsimliklardan; ajriq, ituzum, shoʻra, qoʻytikanak, bangidevona, otquloq, zubturum, momoqaymoq, yulgʻun, yalpiz, yantoq, kurmak, pechak, semizoʻt, oqmiya, gulxayri, saksovul, tuya paypoq, naʼmatak, doʻlana va boshqa usadi. Yovvoyi hayvonlardan sudraluvchilar [(echkemar, charx ilon (efa), kaltakesaklar)], kemiruvchilar (qumsichqon, qoʻshoyoq, yumronqoziq, tulki, boʻri, quyon, tipratikan va boshqalar) qushlardan chumchuq, musicha, bedana, jiblajibon, qarqunoq, koʻrshapalak, soʻfitoʻrgʻay, qirgʻiy, qaldirgʻoch, koʻkqargʻa, bulbul, saʼva, qizilishton, oʻrdak, laylak, zargʻaldoq, sassiqpopishak va boshqa bor. Soy va kanallarda ondatra uchraydi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qirgʻiz, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 465,2 kishi. Shahar aholisi 14,2 ming kishi, qishloq aholisi 120,7 ming kishi.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻjaligi – Tumanda paxta tozalash zavodi, tikuvchilik fabrikasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxonalar bor.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi – paxtachilik. Pillachilik, chorvachilik, gʻallakorlik, poliz va sabzavotchilik ham rivojlangan. Tumanda 11 shirkat xoʻjaligi mavjud. Toshloq tumani ekin yerlariga paxta, don, sabzavot, poliz, beda, lavlagi ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi.

Tumanda 50 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, kutubxonalar, madaniyat uylari, klub muassasalari, muzeylar ishlab turibdi. Markaziy kasalxona va uning boʻlimlari, poliklinika, tugʻruqxona, tibbiy punktlar faoliyat koʻrsatadi. Tuman markazi va Fargʻona shahri hamda tumandagi yirik qishloqlar orasida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]