Karmana tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karmana tumani
Карманинский район
Mamlakat Oʻzbekiston
Maqomi tuman
Tarkibida Navoiy viloyati
Maʼmuriy markazi Karmana
Rasmiy tillar Oʻzbek
{{{Oʻzbekcha nomi}}} xaritada
Soat mintaqasi UTC+5

Karmana tumani - Navoiy viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Zarafshon daryosining quyi qismi sohilida joylashgan.

1962 yildan Navoiy tumani deb yuritilgan. 1980 yilda Navoiy tumanidan Navbahor tumani ajralib chiqqan. 1988 yilda qayta qoʻshilgan. 1992 yildan yana alohida tuman boʻlgan. 1999 yil Karmana shahri hududi Navoiy shahri tarkibiga (Karmana tumani sifati-da) kiritildi. 2003 yil dek.da Navoiy tumapi nomi Karmana tumani deb oʻzgartirildi va Karmana shahri tuman markazi sifatida belgilandi.

Tuman shim.dan Navbahor, Koni-mex, gʻarbdan Qizilteia tumanlari, sharq va jan.dan Samarqapd niloyati bilan chegaradosh. Karmana tumani hududi Navoiy shahri atrofini hamma tomondan oʻrab olgan. Tumanda 1 shahar (Karmana), 1 shaharcha (Malikrabot), 6 qishloq fuqarolari yigʻini (Doʻrmon, Jaloyir, Nar-pay, Uyrat, Yangiariq. Hazora) bor. Mayl. 0.95 ming km². Ahodisi 94473 kishi (2005). Markazi — Karmapa shahri (2003 yil dek.dan).

Tabiati. Karmana tumani hududi Zarafshon daryosi vohasining oʻrta qismida, viloyatning jan.-sharqida joylashgan. Tuman yer yuzasi, asosan, pasttekislikdan iborat. Zarafshop daryosi vodiysiga yaqin yerlarda qad. quruqdaryo oʻzanlari va adirlar orasidagi qatlamlar da chuchuk suv zaxiralari bor. Tuman seysmik zonada joylashgap. Yer yuzasi Zarafshon daryosi va gʻarbga tomon qiya. Iqlimi keskin kontinsntal. Yozi QURUQ- issiq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha temperatura 15°. Yanv.da oʻrtacha temperatura 0,4°, iyulda 28,9°. Yillik yogʻin 100–200 mm. Vegetatsiya davri 212 kun. Tumandagi sugʻoriladigan yerlar, asosan, Zaraf-shon daryosi va qisman Amu — Buxoro mashina kanalining Navoiy kanali shoxobchasidan sugʻoriladi. Kasaba, xonim, Narpay kanallari suvidan ham foydalaniladi. Karmana gidrouzeli qurilgan (1973). Tuproqlari, asosan, madaniylashgan, oʻtloqi, sur-qoʻngʻir. shoʻrtob, tuproqlar oʻzlashtirilgan zonada avtomorf va yarim gidromorf tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan jiyda, tol, oq va qora sakso-vul, yantoq, yulgʻun, shuvoq, isiriq, juzgʻun, cherkez, quyonsuyak, segin, iloq, qamish, shoʻra, yetmak, jingil va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiya-boʻri, yumronqoziq, qoʻshoyoq, oʻrgimchaklar, toshbaqa, tipratikan, kaltakesak, turli xil ilonlar; qushlardan xoʻjasavdogar, oʻrdak, loyxoʻ-rak, mayna, qargʻa, hakka, musicha, chumchuq va boshqa bor. Yaylovlarida qorakoʻl qoʻylari boqiladi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 100 kishi. Shahar aholisi 28216 kishi, qishloq aholisi 66257 kishi.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Chorvachilik (shu jumladan, qorakoʻlchilik), pil-lachilik, sabzavotchilik, polizchilik bilan ham shugulaniladi. "Ipak qurti urugi", "Navoiypilla" korxonalari, paxta tozalash z-di, "Sardobapar-randa" f-kasi, "Agrouniversal" korxonasi bor. "Navoiy — Ural" Uzbekiston — Rossiya, "Grantekstil" Amerika — Oʻzbekiston — Afgoniston qoʻshma korxonalari ishlab gu-ribdi. 1,6 mipgdan ziyod oʻrga va kichik biznss subʼyektlari faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 22 ming ga, ekinzorlar 17657 ga, shu jumlalan, 7770 ga yerga paxta, 7585 ga yerga don, 563 ga yerga sabchavot, I 19 ga yerga poliz ekinlari, 180 ga yerga kartosh-ka, 1440 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi (2004). Tokzor, tutzor, boglar, yaylovlar, oʻrmon xoʻjaligi mavjud. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 31283 qoramol (shundan, 15207 sigir), 54346 qoʻy va echki, 338065 parranda, 292 yilqi boqiladi. Shir-kat, fermer xoʻjaliklari, agrofirma, fermer xoʻjaliklari uyushmalari faoliyat koʻrsatadi.

Asosiy transport vositasi — avtomobil transporti. Navoiy — Uchquduq temir yoʻl tuman hududini kesib oʻtadi. Karmana tumanida Navoiy shahri aeroporti joylashgan. Tumanda 28 umumiy taʼlim maktabi (21953 oʻquvchi), internat maktabi, saiʼat maktabi, 3 kasb-hunar kolleji (3410 oʻquvchi), 1 markaziy, 28 jamoat, 1 bolalar kutubxonalari, madaniyat saroyi, 8 klub muassasasi, "Yoshlik" madaniyat va istirohat bogʻi bor. Sport majmuasi, stadion, tennis korti va boshqa sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, 19 ambulatoriya — poli-klinika, 20 dorixona va boshqa tibbiy muassasalarda 133 vrach, 603 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Meʼmoriy yodgorliklardan Mir Said Bahrom maqbarasi (11-asr), Qosim Shayx xonaqosi (16-asr), raboti Malik karvonsaroy va sardobasi (11-asr) saqlangan. "Karmana ovozi" tuman gaz. chiqariladi (adadi 1000).

Ixtiyor Allayorov.