Buxoro tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro tumani
Бухарский район
Mamlakat Oʻzbekiston
Maqomi tuman
Tarkibida Buxoro viloyati
Maʼmuriy markazi Galaosiyo
Asos solingan sanasi 1930
Rasmiy tillar Oʻzbek
Buxoro tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5

Buxoro tumani — Buxoro viloyatidagi tuman . 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Buxoro tumani shim.da viloyatning Vobkent va Romitan tumanlari, g‘arbda Jondor tumani, sharkda Kogon tumani, jan.sharkda Qorovulbozor tumani va Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,32 ming km². Aholisi YU9 ming kishi (2001). Buxoro tumani da 1 shahar (Galaosiyo), 12 qishloq fuqarolari yig‘ini (Bog‘ikalon, Istiqlol, Ko‘chkamar, Losha, Rabotqalmoq, Sohibkor, So‘fikorgar, Shirgaron, Yurinbolo, Yangihayot, Qavolamahmud, Qunjiqalʼa) bor. Markazi — Galaosiyo shahriTabiati. Buxoro tumani yer yuzasi pasttekislikdan arbayjon, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga 82,5 kishi to‘g‘ri keladi.Xo‘jaligi. Tuman xo‘jaligining asosiy tarmoqlari — paxtachilik, chorvachilik, ipakchilik, sabzavotchilik va hunarmandchilik. Tumanda "Toshkent Kotton" choyshab va ichki kiyimlar ishlab chiqarish qo‘shma korxonasi, 269 fermer xo‘jaligi, uzumni qayta ishlash, "Shifo" mahalliy mineral suv korxonalari bor. Jarqoq konidan gaz olinadi va neft qazib chiqariladi. Umumiy ekin maydoni 26976 ga, shu jumladan 12700 ga yerga paxta, 6743 ga yerga donli ekinlar ekiladi. Boglar 1080 ga, tokzorlar 1327 ga, tutzorlar 542 ga, o‘rmonzorlar 110 ga, sabzavot va poliz ekinlari 1045 ga ni tashkil qiladi. Tumanda 44,4 ming koramol, 47,1 ming qorako‘l qo‘yi bor (2001). Qo‘ylar O‘rtacho‘l yaylovida boqiladi. Tuman hududidagi avtomobil yo‘llarining umumiy uz. 1411 km. Buxoro tumani uzunligi 29 km. 2000/2001 o‘quv yilida 52 umumiy taʼlim maktabi, 2 iqtidorli bolalar litseyida 2279 murabbiy ishladi. 43 ommaviy va bolalar kutubxonasi, 4 klub, madaniyat uyi, 300 o‘rinli kasalxona, meʼdaichak va jigar xastaliklarini davolash sanatoriysi, qishloq ambulatoriyasi bo‘lib, ularda 172 vrach, 1013 o‘rta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. "Galaosiyo ovozi" tuman gaz. chiqadi tumanda tashkilotlar qatorida tuman DSENM sezilarli faoliyat yuritib kelmoqda oʻta xavfli kasalliklarni yoʻqotishda bu markaz hissasi beqiyos yangi 2015 yilda tuman DSENM yangi binosi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bu tumandagi quvonchli voqealardan boʻladi (adadi 4500).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil