Shofirkon tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shofirkon tumani
Шафирканский район
Mamlakat Oʻzbekiston
Maqomi shahar
Tarkibida Buxoro viloyati
Maʼmuriy markazi Shofirkon
Asos solingan sanasi 1930
Rasmiy tillar Oʻzbek
Shofirkon tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5

Shofirkon tumani - Buxoro viloyatidagi tuman. Viloyatning shim.da joylashgan. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy dan Vobkent, jan.gʻarbdan Romitan, gʻarbdan Peshku, sharqdan Gʻijduvon tumanlari, shim.dan Navoiy viloyatining Konimex tumani bilan chegaradosh. Maydoni 3,72 ming km². Aholisi 136 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Shofirkon), 12 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻiafzal, Vardonze, Denov, Doʻrmon, Iskogare, Joʻynov, Joʻyrabot, Sulton Joʻra, Tezguzar, Chandir, Sharofbobo Hamroyev, Qarmoqon) mavjud. Markazi — Shofirkon shahri.

Tabiati. Tuman hududi, asosan, tekislik va qum barxanlaridan iborat. Shim. qismi Quljuqtov etaklari (Gujumdi togʻi) va Qizilqum (Jilvon va Toldi massivlari)ga tutashgan. Janubiy qismi Zarafshon vodiysidagi sugʻoriladigan yerlar. Iqlimi keskin kontinental. Iillik oʻrtacha tra 14,2°, eng past tra —29°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 29,4°, eng yuqori tra 46°. Yiliga 220 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 150 kun. Tumandagi ekin maydonlari AmuBuxoro mashina kanali, Katta Jilvon, Kichik Jilvon, Sultonobod va Koʻhnarud ariqlaridan sugʻoriladi. Shim.da shoʻrtob, shoʻrxok, qumloq, toshli choʻl, turli boʻz, och qoʻngʻir; Zarafshon vodiysiga tutash qismida oʻtloqibotqoq, ochboʻz, oddiy boʻz tuproqlar tarqalgan. Shofirkon tumanining shim.dagi choʻllarda yovvoyi oʻsimliklardan ajriq, otquloq, yalpiz, shoʻra, baliqkoʻz, qoʻngʻirbosh, yaltirbosh, qumlarda oq saksovul, qandim, cherkez, iloq, quyonsuyak, selin, isiriq; jan. tekislik qismida qamish, roʻvak, bugʻdoyiq, shoʻraajriq, kampirsoch, itgunafsha, yulgʻun va boshqalar oʻsadi.Yovvoyi hayvonlardan jayran, tovushqon, chiyaboʻri, tulki, yumronqoziq, qumsichqon, qirgʻovul, bedana, kaptar, burgut, qirgʻiy va boshqalar bor. Shofirkon tumanida Vardonze davlat tabiat yodgorligi tashkil qilingan.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, tatar, rus, ukrain va boshqalar millat vakillari ham yashaydi.

Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 36 kishi. Shaharliklar 17 ming kishi, qishlbq aholisi 119 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Tumanda paxta tozalash, gʻisht, vino zdlari, Buxoro pillakashlik f-kasining filiali, gilam toʻqish f-kasi, Oʻzbekiston—Turkiya "Vardonze" qoʻshma korxonasi, 22 kichik, 400 ga yaqin xususiy, 13 shirkat korxonalari, 8 aksiyadorlik jamiyati mavjud (2004). Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogi — paxtachilik. Shofirkon tumanida 13 shirkat, 1200 dan ziyod fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 28,2 ming ga, shu jumladan, 12110 ga yerga paxta, 6100 ga yerga gʻalla, 94 ga yerga sabzavot va poliz, 63 ga yerga kartoshka, 469 ga yerga beda ekiladi, 1,3 ming ga yer tokzor va mevazor. Urmon xoʻjaligi mavjud. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 43,5 ming qoramol, 76,2 ming qoʻy va echki, 233 yilqi, 32,9 ming parranda, yaylovlarda qorakoʻl qoʻylar boqiladi.

2003/04 oʻquv yilida Shofirkon tumanidagi 54 umumiy taʼlim maktabi, 2 internat maktabida jami 32,6 ming oʻquvchi oʻqidi. 3 kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 9 klub, 13 madapiyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, 62 kutubxona, markaziy stadion va boshqalar sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi (420 oʻrin) va boshqalar turli kasalxonalar, 4 poliklinika, 22 dorixona, 37 qishloq vrachlik punkti va boshqalar tibbiy muassasalarda 235 vrach, 1 mingdan ortiq oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tumanda sil kasalliklari sanatoriysi, bolalar "Mingchinor" oromgohi bor. Shofirkon shahridan Buxoro, Gʻijduvon, Navoiy, Samarqand, Toshkent va boshqalar shaharlarga avtobuslar qatnaydi. Shofirkon tumani da tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan Vardonze qoʻrgʻoni (3—8 a. lar), Xoja Orif Mohitobon (Revgariy) maqbarasi va Jome masjidi (13asr), Hazornur qadamjosi va Toshmasjid saqlangan. Burqi Sarmast, Childuxtaron, Qoʻchqorota, Gʻoyibota, Bibi Kabudpush, Sayidota ziyoratgohlari mavjud. 1932 yildan tuman "Shofirkon ovozi" gaz. nashr qilinadi (adadi 2027).

Adabiyot[tahrir]

  • S. Muxtor , K. Bobomurod, Shofirkon tarixi, T., 1998; Abdulla Rahmon, Shofirkon yudduzlari, T., 2004.

Qahramon Rajabov, Manzura Davlatova.