Mirishkor tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Mirishkor tumani
tuman
Tarkibida Qashqadaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Yangi Mirishkor
Asos solingan sanasi 6-yanvar 2003
Tuman hokimi Sherali Sanayev
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 119,150 kishi
Dinlar tarkibi musulmonlar
Mirishkor tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5
Avtomobil raqami kodi 70
Rasmiy sayti http://mirishkort.uz
Koordinatalari: 38°54′7″N 65°0′3″E / 38.90194°N 65.00083°E / 38.90194; 65.00083 G O

Mirishkor tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 2003-yil 6-yanvarida Usmon Yusupov va Bahoriston tumanlarining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan. Mirishkor tumani Qashqadaryo viloyatining janubi-gʻarbida joylashgan. Tuman shimoldan Muborak, sharqdan Kasbi, Qarshi, Nishon tumanlari, gʻarbdan Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlari, janubdan Turkmanistonning Lebap viloyati bilan chegaradosh. Mirishkor tumanida 12 fuqarolar yigʻini (Avazchoʻl, Vori, Guliston. Gulshanbogʻ, Jeynov, Mirishkor, Navbahor, Obod, Pomuq, Chamanzor, Chandir, Yangiobod) bor. Maydoni 3,1 ming km2. Mirishkor tumani hududi jihatidan Qashqadaryo viloyatida 3 oʻrinda turadi. Aholisi 119,150 kishi (2020-yil 1-yanvar). Eng yirik aholi punti -Jeynov shaharchasi (26,4 ming kishi) Tuman markazi - Yangi Mirishkor qishlogʻi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, arab, turkman, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 kmʼ ga oʻrtacha 28,1 kishi (2005).[1]

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman hududi Qarshi choʻli zonasida joylashgan. Relyefi, asosan, tekisliklardan iborat boʻlib, sharqdan janubi-gʻarb tomon biroz pasayib boradi (Qorabuloq botigʻida 280 m gacha pasayadi). Mirishkor tumani huludidagi qirlardan chorva uchun yaylov sifatida foydalanilali.

Tumanning garbiy va janubiy hududi yarim mustahkamlapgan qumli maydonlar bilan band. Koʻchma qum barxanlari, eol-akkumulyativ, yaʼni shamol yotqiziqli qumtepa-joʻyakli relyef shakllari, gil yotqiziqli yassi yuzali tekisliklar bor. Toʻrtlamchi davrning choʻkindi yotqi-ziqlari tagida neogen va paleogen davrining giltosh, qumtosh, ohaktosh, gips-angidritli dengiz yotqiziqlari, boʻr va yura davrlarining issiq va sernam sharoitli dengiz yotqiziqlari uchraydi. Mirishkor tumanida bir qancha berk botiqlar: Qorabuloq, Dengizkoʻl, Xoʻjam Sayot, Qirqchashma va boshqa bor. Ularda shifobaxsh balchiqlar, tuz qatlamlari hosil boʻlgan. Tuman hududida Alang, Pomuq, Kultog', Koʻkdumaloq, Oʻrtabuloq, Zevarda, Dengizkoʻl kabi neft, gaz va kondensatga boy konlar mavjud.

Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati 2°, iyulniki 28°— 29,5°. Yozi issiq, quruq, davomli. Eng past harorat —28°, eng yuqori harorat 47°. Yozda garmsel shamoli taʼsirida oʻt-oʻlanlar qurib qoladi. Vegetatsiya davri 242 kun. Yillik yogʻin 130–200 mm. Tuproqlari gil, shoʻrxok, oʻtloq, oddiy boʻz tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan °juzgʻun, iloq, silen, shayton-kovush, karrak, qizil qandim, yetmak, saksovul, shuvoq, shoʻra, tuyaqorin, yantoq, qoʻngʻirbosh, ]lolaqizgʻaldoq, qamish, yalpiz, isiriq, chitir, chuch-moma, zira va boshqa oʻsadi. Yovvoyi xayvonlardan tulki, chiyaboʻri, jayron, sichqon, kalamush, tipratikan, yumronqoziq, sudraluvchilardan echkemar, kaltakesak, har xil ilonlar; qushlardan tustovuq, kaptar, chumchuq, burgut, turna, laylak, qaldirgʻoch, musicha, sassiqpopishak va boshqa bor. Tuman yerlari Amudaryodan suv oladigan Mirishkor kanalidan sugʻoriladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Latif Erdonov, Ovod Joʻraqulov, Mahliyo Sohibova, Qoʻshmurod Yomgʻirov. "Mirishkor tumani" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil