Bulungʻur tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bulungʻur tumani
Булунгурский район
Mamlakat Oʻzbekiston
Maqomi tuman
Tarkibida Samarqand viloyati
Maʼmuriy markazi Bulungʻur (shahar)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Soat mintaqasi UTC+5

BULUNGʻUR TUMANI — Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabr da tashkil etilgan. Bulungʻur tumani shim.da Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumani, sharqda Baxmal tumani, gʻarbda Samarqand viloyatining Jomboy tumani, jan.garbda Toyloq tumani, jan.da Urgut tumani va jan.sharqda Tojikiston bilan chegaradosh. Maydoni 0,76 ming km². Aholisi 116,8 ming kishi (2000). Bulungʻur tumani da 1 shahar (Bulungʻur) va 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshqoʻton, Kulchabiy, Navoiy, Sohibkor, Fozil Yoʻldosh, Oʻrtabuloq, Kildon) bor. Markazi — Bulungʻur shahri

Tabiati. Bulungʻur tumani Turkiston tizmasining jan.gʻarbidagi togʻ oraligʻi botigʻida joylashgan. Yer yuzasi tekislik. Tuman sharkuna Gʻoʻbdin togʻlari bor. Yer usti tuzilishi togʻ oldi tekisliklari, adirlar, past togʻlardan iborat boʻlib, mutlaq balandligi 800– 1000 m. Iqlimi kontinental, quruq iklim. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —0,3°, iyulniki 25,5". Yiliga 377–467 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 210—230 kun. Adirlarda Axtambuloq, Karabkibuloq, Mirzabuloq kabi buloqlar bor. Tuman hududidan Bulungʻur, Yangibesh, Qoraariq, Qorasuv, Polvonariq, Tuyatortar, Oqtepa, Oqariq kabi ariq va kanallar oʻtadi. Qumloq va boʻz tuproqlar tarqalgan. Shuvoq, efemer, efemeroidlar oʻsadi. Toʻqayzorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, tulki, quyon, boʻrsiq, parrandalardan tustovuq, kaklik, bedana yashaydi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek rus, tojik, ukrain, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga 157 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 23,2 ming kishi, qishloq aholisi 93,6 ming kishi.

Bulungʻur tumani da oʻrta asrlarda xonlarning Bedana qoʻrugʻi deb ataluvchi dam oladigan joyi boʻlgan.

Bulungʻur tumani hududida 1451 yilda Samarqand hukmdori Mirzo Abdullo 6nAbu Said qoʻshinlari oʻrtasida katta jang boʻlgan. Jangda Mirzo Abdullo qoʻshini yengilgach, Abu Said Samarqand taxtini egallagan.

Xoʻjaligi. Bulungʻur tumani da 11 q. x. mahsulotlarini qayta ishlash sanoat korxonasi, shu jumladan 8 tasi uzumni qayta ishlashga, 2 tasi konserva mahsulotlari ishlab chiqarishga, 1 tasi meva va sabzavotlarni quritishga ixtisoslashgan. Samarqand bolalar oyoq kiyimlari ishlab chiqarish korxonasining filiali, Bulungʻur terini qayta ishlash korxonasi, Samarqand "Gelion" zavodi filiali bor.

Q. x.ning asosiy tarmoqlari tokchilik, pillachilik, chorvachilik, gʻallakorlik, sabzavotchilik, kartoshkachilikdan iborat. Q.x.da sugʻoriladigan yerlar 19 ming ga, ekinzorlar 31 ming ga, shu jumladan 5877 ga yerga tok, 2000 ga yerga sabzavot, 750 ga yerga kartoshka, 14525 ga yerga gʻalla, 2144 ga yerga mevali daraxtlar ekilgan. Bulungʻur tumani da 20 shirkat xoʻjaligi, 33 dehqon va fermer xoʻjaligi va boshqa xujaliklar bor (2000). Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 41,6 ming krramol, 30,6 ming qoʻy va echki, 42,0 ming parranda boqiladi (2000). Toshkent — Buxoro temir yoʻl ning 19 km Bulungʻur tumani dan oʻtgan va toʻliq elektrlashtirilgan. Bulungʻur tumani dan Olmaota — Toshkent — Termiz avtomobil nuli oʻtgan boʻlib, uz. 22 km.

1999/2000 oʻquv yilida 66 umumiy taʼlim maktabida 31,6 ming oʻquvchi, 2 kasbhunar litseyida 1058 oʻquvchi taʼlim oldi. 45 ommaviy va bolalar kutubxonasi, xalq teatri, "Yoshlik" ashula va raqs ansambli, "Chavki" folklor etnografik xalq ansambli, 70 havaskorlik toʻgaragi va bolalar musiqa maktabi faoliyat kursatadi. 15 madaniyat uyi, 460 oʻrinli 2 kasalxona va dispanser, epidsmiyaga qarshi stansiya, xoʻjalik hisobidagi profilaktik zararsizlantiruvchi stansiya, 4 poliklinika, 36 feldsherakusherlik, 7 qishloq vrachlik punktlari boʻlib, ularda 236 vrach, 539 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1933 yildan "Bulungʻur hayoti" tuman gaz. chiqadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil