Boʻston (shaharcha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Boʻz
shahar
40°41′0″N 71°55′0″E / 40.68333°N 71.91667°E / 40.68333; 71.91667Koordinatalari: 40°41′0″N 71°55′0″E / 40.68333°N 71.91667°E / 40.68333; 71.91667
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Andijon viloyati
tuman Boʻston (tuman)
Aholisi
 (1989)
9 294[1]
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil kodi 60
Boʻz xaritada
Boʻz
Boʻz

BoʻstonAndijon viloyatidagi shaharcha (1983 yildan). Boʻston tumani (sobiq Boʻz tumani)ning markazi. Aholisi 70,3 ming kishi (2019). B. qadimgi qishloqlardan boʻlib, 1950-yilgacha Nasriddinbek deb atalgan. B.da 2 sanoat korxonasi ("Sabo tex" MCHJ toʻqimachilik zavodi (yengil sanoat) va "Rash milk" brendi ostida "Evro Ekfin" MCHJ sutni qayta ishlash zavodi (oziq-ovqat sanoati), elektr va pochta aloqasi korxonalari, 3 mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonna, 2 kurilish taʼmirlash va yoʻl taʼmirlash boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Ped. va tibbiyot bilim yurtlari, hunar litseyi, madaniyat saroyi, bolalar kutubxonasi, stadion, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, 365 oʻrinli kasalxona, poliklinika bor.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. Перепись-1989
  2. "Boʻston (shaharcha)" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil