Andijon tumani
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Andijon viloyati |
Maʼmuriy markazi | Kuyganyor |
' | Abdujabbor Egamberdiyev [1] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
![]() | |
Koordinatalari: 40°52′0.1″N 72°19′0.1″E / 40.866694°N 72.316694°E G O |
Andijon tumani — Andijon viloyatidagi tuman, viloyatning markazida joylashgan. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Viloyatning Jalaquduq, Xoʻjaobod, Asaka, Oltinkoʻl, Baliqchi, Izboskan va Paxtaobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni — 0,4 ming kv. km. Aholisi — 198,4 ming kishi. Maʼmuriy markazi — Kuyganyor shaharchasi. Andijon tumani — Andijon viloyati markaziy qismida joylashgan tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Jalaquduq, Xoʻjaobod, Asaka, Oltinkoʻl, Baliqchi, Izboskan va Paxtaobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,38 ming km². Aholisi 177,3 ming kishi (2000). Andijon (tuman)da 1 shaharcha (Kuyganyor) va 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻtaqora, Yorboshi, Kunji, Nayman, Orol, Oqyor, Xaqan, Hartum, Harabek) bor (2000). Markazi — Kuyganyor shaharchasi. Tabiati. Andijon (tuman) relefi pasttekislik, qir va adirlardan iborat. Shimoli-sharqida Andijon — Otchopar, Teshiktosh adirlari va Harabek, Boʻtaqora, Yorboshi kirlari mavjud. Iqdimi kes-kin kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,3°, yanvarniki — 3°. Vegetatsiya davri 160-180 kun. Yi-508liga oʻrtacha 225 mm yogʻin tushadi. Tumanning shimoliy va shimoli-sharqidan Qoradaryo, Andijonsoy oqib oʻtadi. Sovuqbuloq bulogʻi, Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali, Quyi Ulugʻnor kanali, Kuyganyor nasos stansiyasi, Koʻtarma nasos stansiyasi, Chinobod, Asaka tashlamalari bor. Tuman adir qismining tuprogʻi arziq, qolgan yerlarda boʻz tuproq. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanadi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq-shoʻra oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar kam uchraydi, sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar bor. Aholisining aksari qismi oʻzbeklar; rus, tojik, uygʻur, qirgʻiz va boshqa millat vakillari ham bor. 1 km² ga oʻrtacha 465 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 10,2 ming kishi, qishloq aholisi 163,1 ming kishi (2000). Xoʻjaligi. Tumanxoʻjaligiasosan qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xoʻjaliklari paxtachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, gʻallachilik, polizchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tumanda 10 qoʻshma korxona, 114 kichik korxona, 14 aksiyadorlik jamiyati, 74 xususiy, 10 shirkat korxonalari mavjud (2000). Andijon (tuman)ning yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Andijon (tuman)da sugʻoriladigan yerlar 12,0 ming ga, shu jumladan 5,8 ming ga yerga paxta, 0,5 ming ga yerga sabzavot, 1,2 ming ga yerga beda, 0,2 ming ga yerga sholi ekiladi, 0,2 ming ga yer bogʻdan iborat. Andijon (tuman)da 15 shir-kat xoʻjaligi, 9 xoʻjaliklararo korxona, 1 oʻquv tajriba, 1 urugʻchilik xoʻjaligi, 116 fermer xoʻjaligi, agrofirma bor. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 37,2 ming qoramol, 37,7 ming qoʻy va echki, 48,1 ming parranda boqiladi (2000).Andijon (tuman)da Andijon qishloq hujaligi institutoʻ, Oʻzbekiston Respublikasi Andijon (tuman) va suv xoʻjaligi vazirligi Andijon (tuman) ilmiy ishlab chiqarish markazining sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar yetishtirish ilmiy tadqiqot instituti (1999) joylashgan. Bulardan tashqari tumanda Andijon viloyat nasos stansiyasi, viloyat sabzavot va nav urugʻlari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati va qishloq xoʻjaligini kimyo-lashtirish markazi (lab.) bor. 1999-yil 2-sentabrda Oqyor sanoat kasb-hunar kolleji bi-nosi qurilib ishga tushirildi. Kollejda 280 oʻquvchi oʻqiydi (2000). 2000-yilda akademik litsey tashkil etildi. 1999/2000 oʻquv yilida 53 umumiy taʼ-lim maktabi boʻlib, 39,6 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Gimnaziya, 3 litsey mavjud. 1465 oʻrinli kasalxona va dispanser boʻlib, ularda 94 vrach, 458 oʻrta maʼlu-motli tibbiy xodim ishlaydi. „Andijon tongi“ tuman gaz. 1962-yildan chiqadi (adadi 2370).[2]
Maʼmuriy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Andijon tumanida 1 ta shaharcha va 54 ta qishloqni birlashtirgan 9 ta qishloq fuqarolar yigʻini mavjud.
Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Andijon tumani relyefi pasttekksilik, qir va adirlardan iborat. Shimoli-sharqida Andijon-Otchopar, Teshiktosh adirlari va Xarabek, Boʻtaqora, Yorboshi qirlari mavjud. Iqlimi — keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati — 27,3, yanvarniki — minus 3 daraja. Vegetatsiya davri 160-180 kun. Yiliga oʻrtacha 225 mm. yogʻin tushadi.
Tumanning shimoliy va shimoli-sharqidan Qoradaryo, Andijonsoy oqib oʻtadi. Sovuqbuloq bulogʻi, Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali, Quyi Ulugʻnor kanali, Kuyganyor nasos stansiyasi, Koʻtarma nasos stantsiyasi, Chinobod, Asaka tashlamalari bor. Tuman adir qismining tuprogʻi arziq, qolgan yerlarda boʻz tuproq. Bahorda adirlar efеmеr oʻsimliklar bilan qoplanadi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq-shoʻra oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar kam uchraydi. Sudraluvchilar, kеmiruvchilar, qushlar bor.
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tuman aholisining milliy tarkibi — oʻzbeklar; rus, tojik, uygʻur, qirgʻiz va boshqa millat vakillari ham bor. 1 kv.km.ga 533 kishi toʻgʻri keladi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ АНДИЖОН ТУМАНИ
- ↑ "Andijon tumani" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Andijon viloyat hokimyatining sayti Wayback Machine saytida arxivlandi (28-dekabr 2011-yil).(rus.)
|
|
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |