Nurobod tumani (Oʻzbekiston)
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Samarqand viloyati |
Maʼmuriy markazi | Nurobod |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
![]() | |
Koordinatalari: 39°36′33.81″N 66°17′15.82″E / 39.6093917°N 66.2877278°E G O |
Nurobod tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Samarqand viloyatida joylashgan tuman. Norobod tumanining markazi Nurobod shahri. Jabuni-gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan, shimoldan Kattaqoʻrgʻon tumani, sharqdan Pastdargʻom tumani bilan chegaradosh.
Nurobod tumani — Samarqand viloyatitt tuman. 1975-yil 26 noyabrda tashkil etilgan. Shim.dan Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Paxtachi tumanlari, gʻarbdan Navoiy viloyati, sharkdan Samarqand, Pastdargʻom tumanlari, jan. dan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 4,79 ming km². Aholisi 98,7 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Nurobod), 7 qishloq fuqarolar yigʻini (Jarquduq, Jam, Nurbuloq, Sazagʻon, Tim, Tutli, Ulus) bor. Markazi — Nurobod shahri
Tabiati. Relyefi, asosan, yassitogʻlik, tekislik, adir va qirlardan iborat boʻlib, sharkdan gʻarbga nishab. Qarnob choʻlining bir qismi tuman hududida joylashgan. Iqlimi konti-nental. Yillik oʻrtacha temperatura 14°, eng yuqori temperatura 43°. Vegetatsiya davri 180 kun. Yillik yogan 275 mm. Yogʻinning asosiy qismi qishda va bahorda tushadi. Sharqidan Eski Anxrr va Moskva kanallari, tuman markazidan Galabek-Sobirsoy oqib oʻtadi. Qoratepa togʻlaridan Oqsoy, Anjirli, Omondara soylari oqib tushadi. Asosan, boʻz va qum tuprokli yerlar. Yantoq, shuvoq, karrak, oqquray, qoʻziquloq, chitir va boshqa oʻsadi. Boʻri, tulki, quyon, jayran; qushlardan chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaldoq, tustovuq, oʻrdak, qargʻa; sudralib yuruvchilardan kaltakesak, toshbaqa, ilon, echkemar; kemiruvchilardan yumronqoziq, qoʻshoyoq, koʻrsichqon, kalamush va boshqa uchraydi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tojik, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 20 kishi. Shahar aholisi 8,7 ming kishi, qish-loq aholisi 90,0 ming kishi.
Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaliklari asosan, chorvachilik va dehqonchilikka ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xoʻjaliklari gʻallachilik, sabzavotchilik, polizchilik, mevachilik, tokchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tumanda 2 qoʻshma korxona, 58 kichik korxona, 5 aksiyadorlik jamiyati mavjud (2003).
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi gʻallachilik. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 5627 ga, shu jumladan, 2 ming ga yerga gʻalla, 130 ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 30 ga yerga kungaboqar, 155 ga yerga beda ekiladi, 3370 ga yer bogʻdan iborat. Nurobod tumanida 8 shirkat xoʻjaligi, 520 fermer xoʻjaligi mavjud. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 20,7 ming koramol, 280,2 ming qoʻy va echki, 16,7 ming parranda, 1461 ot bor (2003).
2002/2003 oʻquv yilida 75 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 26 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Kasb-hunar kolleji, kasbhunar maktabi, musiqa va sport maktablari faoliyat koʻrsatadi. Kutubxona, 52 klub, 16 madaniyat uyi, stadion va sport maydonlari ishlab turibdi.
10 kasalxona, tugʻruqxona va boshqa tibbiy muassasalarda 120 vrach, 624 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi (2003). Tuman xududida mineral bulokli „Nagorniy“ sanatoriysi bor. Xalqaro va Samarqand— Qarshi yoʻnalishidagi poyezdlar tuman hududidan oʻtadi.[1]
|
Tim qishlogʻi 10 asrlik tarixga ega boʻlib u yerda Arablar istilo qilgan paytda barpo etilgan „Arab-Ota“ maqbarasi mavjud boʻlib u X asrda barpo etilgan. Bundan tashqari qishloqda „1000 yillik“ archa mavjud boʻlib u qishloqning 10 asrlik tarixi oʻzida mujassam etadi. Tim qishlogʻining yarmi togʻ bilan oʻralgan boʻlib, ayniqsa bahor oyida juda ham chiroyli manzara kasb etadi. Qishloqning oʻrtasidan „Tim soyi“ kesib oʻtgan. Bu soyga suvni Piyozli, Miskon va Yaltir togʻlari taminlab beradi.