Koʻkdala tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koʻkdala tumani
tuman
Tarkibida Qashqadaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Yettitom
Asos solingan sanasi 2022-yil 17-mart
Hokim Xurram Joʻrayev (tumanning birinchi hokimi)[1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 182000
Dinlar tarkibi musulmonlar
Koʻkdala tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5
Koordinatalari: 39°12′0.00″N 66°10′0.01″E / 39.2000000°N 66.1666694°E / 39.2000000; 66.1666694 G O

Koʻkdala tumaniQashqadaryo viloyatidagi tuman. 2022-yil 17-martda Chiroqchi tumani hududini ikkiga boʻlish orqali tashkil etilgan. Markazi — Yettitom shaharchasi[2]. Maydoni 171 ming gektar.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 11-oktabrda 2021-yilgi prezidentlik saylovida oʻz nomzodini koʻrsatgan Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida Chiroqchi tumanida aholi soni koʻpligi, transport infratuzilmasi rivojlanmagani sababli aholining tuman markaziga kelib-ketishida koʻp vaqti va mablagʻi ketayotganini aytib, tuman hududini ikkiga boʻlish taklifini bildirdi[3]. 2022-yil 2-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisida Koʻkdala tumanini tashkil etish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi. Majlisda yangi tashkil etiladigan Koʻkdala tumaniga Chiroqchi tumanidan 177 ming aholi yashaydigan 171 ming ga yer maydoni ajratilishi haqida kelishib olindi[4]. 2022-yilning 17-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati yigʻilishida Koʻkdala tumanini tashkil etish toʻgʻrisidagi tegishli qaror qabul qilindi[5].

Koʻkdala tumanini tashkil etishda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev soʻzlagan nutqdan parcha:

Mahallalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chiroqchi tumani hududining Chiroqchi (koʻk rangda) va Koʻkdala (qizil rangda) tumanlariga boʻlinishi

Koʻkdala tumani tashkil etilganida Chiroqchi tumanining quyidagi 32 mahallasi ushbu tumanga qoʻshilgan:[7][8]

  1. Annaruz
  2. Ayritom
  3. Baxt
  4. Beglamish
  5. Eski anhor
  6. Guliston
  7. Koʻkdala
  8. Naymansaroy
  9. Oltin boshoq
  10. Oltin dala
  11. Paxtalisoy
  12. Qanotli
  13. Qumdaryo
  14. Soyboʻyi
  15. Suvliq
  16. Taloqtepa
  17. Torjilgʻa
  18. Toshli
  19. Toʻqmor
  20. Umakay
  21. Uymovut
  22. Xarduri
  23. Xushali
  24. Xoʻjaobod
  25. Zum
  26. Oʻtamayli
  27. Gʻallakor
  28. Shoʻrbozor
  29. Shoʻrquduq
  30. Chiyal
  31. Chorvador
  32. Chuvulloq

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]