Jalaquduq (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jalolquduq tumanidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Jalaquduq tumani
Джалалкудукский район
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Oxunboboyev
Hokim Turdiyev Sodiqjon [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Jalaquduq tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5

Jalaquduq — Andijon viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Xoʻjaobod tumani bilan birlashtirilgan. 1973-yil 12-aprelda qayta tuzildi).

Tuman viloyatning Qoʻrgʻontepa, Xoʻjaobod, Andijon tumanlari hamda Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni — 0,37ming kv. km. Aholisi — 146,5 ming kishi.

Jalaquduq tumanida 1ta shahar (Oxunboboyev), 1ta shaharcha (Janubiy Olamushuk), 8ta qishloq fuqarolar yigʻini (Abdullabiy, Beshtol, Yorqishloq, Jalaquduq, Kolxozqishloq, Oyim, Teshiktosh, Qatortol) bor. Markazi — Oxunboboyev shahri.

Etimologiyasi[tahrir]

Jalaquduq va unga yondosh qishloqlar oʻramida yogʻingarchilik koʻproq boʻlganligidan, u erlar ilgari qamishzor, toʻqayzor boʻlgan. Tuman nomi „jele“ yoki „jelak“ soʻzidan kelib chiqqan degan rivoyatlar bor: oʻtmishda mahalliy aholi zovur, buloq va quduqlarga jela tashlab baliq ovlagan ekan. Jela qoʻyiladigan quduqlar asta-sekin „jelaquduq“ deb ataladigan boʻlganmish. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib „jalaquduq“ yoki „jalolquduq“ shaklida qishloq, soʻngra tumanga nom boʻlib qolgan deyiladi.

Tarixi[tahrir]

Jalaquduq tumani hududida 11ta arxeologik tepalik, 5ta meʼmoriy yodgorlik saqlanib qolgan. Dalvarzintеpa, Qoratepa, Eshonota va Qilichmozor tepaliklari eng qadimiy arxeologik yodgorliklar, Toshmasjid esa milliy meʼmorlik namunasidir.

Fargʻonaliklar VIII asr boshida Fargʻona vodiysiga bostirib kelgan Qutayba ibn Muslim boshliligidagi arab qoʻshinlariga qattiq qarshilik koʻrsatganlar. Qutayba yangi saylangan xalifa Sulaymonga boʻysunishdan bosh tortganligi uchun xos askarlari tomonidan 715-yilda hozirgi Jalaquduq tumani hududida oʻldirilgan. Tarixchi Narshaxiyning yozishicha, Qutaybaning qabri Qilichmozor qishlogʻida. Bu qishloq yonidagi qabriston „Raboti sarxang“ (hozirgi „Mozorbuva“) deb ataladi.

Geografiyasi[tahrir]

Jalaquduq tumani viloyatning shimoli-sharqida joylashgan. Relyefi pasttekkislik, qir va adirlardan iborat. Iqlimi — keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati — 27, yanvarniki — minus 3 daraja. Vegetatsiya davri — 160-180 kun. Yiliga oʻrtacha 250 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Andijonsoy (3,5 km), Shahrixonsoy, Savay kanallari, Qoradaryo oqib oʻtadi. Tuman yerlari och tusli oʻtloqi boʻz tuproqdan iborat. Adirlarda efеmеr oʻsimliklar, ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq, shoʻra oʻsadi.

Aholisi[tahrir]

Aholisi — asosan, oʻzbеklar. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 kv. km ga 397 kishi.

Manbalar[tahrir]