Tomdi tumani
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Navoiy viloyati |
Maʼmuriy markazi | Tomdibuloq |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
![]() | |
Koordinatalari: 41°45′16″N 64°37′46″E / 41.75444°N 64.62944°E G O |
Tomdi tumani — Navoiy viloyatidagi tuman. 1927-yil 3 iyulda tashkil etilgan. Jandan Konimex, Nurota tumanlari, shimdan Qozogʻistonning Qiziloʻrda, sharqsan Janubiy Qozogʻiston viloyatlari, janubi-sharqdan Jizzax viloyati, gʻarbdan Uchquduq tumani bilan chegaradosh. Maydoni 42,4 ming km². Aholisi 26,4 ming kishi (2004). Tumanda 7 qishloq fuqarolar yigʻini (Keregetov, Koriz, Oqquduq, Oqtov, Soʻkitti, Tomdibuloq, Sheli) bor. Tuman markazi — Tomdibuloq qishlogʻi.[1]
Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tuman hududi Qizilqum choʻlida joylashgan. Qad. paleozoy (gersin) past togʻlari — Tomditov, Oqtov, Oltintov, Yetimtogʻ, Quyuqtov, Oʻgʻiz, Boʻkantov, Boʻkanmerey, Uliqizil, Jamanqizil dashtlari, togʻ etaklarida buloklar (Tomdi, Jingʻildi va boshqalar) bor. Togʻlardan oltin qazib olinadi. Botiq koʻp (Mingbuloq — dengiz sathidan 12 m past). Togʻlar atrofi tekislik, qator qum tepalari va koʻzanak qumlar bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi —4,1°, eng past temperatura —31°. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 30°, eng yuqori temperatura 40°. Yillik oʻrtacha yogʻin 108 mm. Daryo va koʻllar yoʻq. Tuproqlari qizil, qum tuproklar. Saksovul, kavrak, tuyaqorin, selin, rang, arpagʻon va boshqa oʻsadi. Oq quyruq (saygʻoq), jayran, arxar, tulki, qobon, quyon, yumronqoziq, burgut, qargʻa, kaltakesaklar, echkemar, boʻgʻma ilonlar, kaklik va boshqa bor.[1]
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholisi, oʻzbek, qozoq va qoraqalpoqlar, shuningdek, turkman, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 0,6 kishi.[1]
Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qishloq xoʻjaligining asosi — yaylov chorvachiligi. Asosan, qorakoʻl qoʻylari boqiladi. Tuya, ot ham koʻpaytirilmoqda. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 1402 qoramol (shundan 710 sigir), 363,9 ming qoʻy va echki, 3,5 ming ot, 2,5 ming tuya boqiladi (2003.) Tumanda 279 xoʻjalik yurituvchi subʼyektdan 7 shirkat, 47 fermer xoʻjaligi, 88 dehqon xoʻjaligi, 65 xususiy korxona va firma, 3 aksiyadorlik jamiyati, 4 masʼuliyati cheklangan jamiyat, 2 ishlab chiqarish. kooperativi va boshqa faoliyat koʻrsatadi (2003). Xoʻjaliklarning umumiy sonidan 245 tasi mikrofirma, 6 tasi kichik 7 tasi oʻrta va 21 tasi yirik korxonadir.
Tumanda 34 umumiy taʼlim maktabi, qishloq xoʻjaligi. kasb-hunar kolleji mavjud (2004). 25 kutubxona, 11 klub muassasasi, 1 teatr, 2 muzey bor. Kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, dorixonalar, qishloq vrachlik punktlari va boshqa tibbiy muassasalari faoliyat koʻrsatadi.
Tomdi tumanidagi yirik qishloqlar orasida avtobuslar qatnaydi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |