Fargʻona tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fargʻona tumani
Ферганский район
tuman
Tarkibida Fargʻona viloyati
Maʼmuriy markazi Vodil
Hokim Xamidullo Inomov [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Fargʻona tumani xaritada
Koordinatalari: 40°10′14.16″N 71°43′43.25″E / 40.1706000°N 71.7286806°E / 40.1706000; 71.7286806 G O

Fargʻona tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil qilingan. 1962-yil 24-dekabrda Quva tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1964-yil 22-fevralda qayta tuzilgan. Shim.dan Margʻilon va Fargʻona shaharlari, sharqdan Quva tumani va Quvasoy shahri, jan.sharq va jan.dan Qirgʻiziston Respublikasi, shim.gʻarbdan. Oltiariq tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,62 ming km². Aholisi 225 ming kishi (2023). Tumanda 2 ta shaharcha (Vodil va Chimyon), 76 mahalla fuqarolar yigʻini (Shoximardon mahallasi, Yordon mahallasi, Vodil mahallasi, Xo‘ja Ahmad Vale mahallasi, Sanoat mahallasi, Xosilot mahallasi, Tinchlik mahallasi, Beruniy mahallasi, Bo‘ston mahallasi, Marg‘ilon mahallasi, Dilkusho mahallasi, Yambaroq mahallasi, Novkent mahallasi, Yuksalish mahallasi, Toshqo‘rg‘on Aziz mahallasi, Shohimardonobod mahallasi, Kaptarxona mahallasi, Yoyilma mahallasi, Mehnatobod mahallasi, Barkaror hamjixatlik mahallasi, Mindonobod mahallasi, Yangi asr mahallasi, Damko‘l mahallasi, Bo‘stonobod mahallasi, Guliston mahallasi, Oqtom mahallasi, Yuqori Vodil mahallasi, Navro‘z mahallasi, Obod mahallasi, Qorayantoq mahallasi, Log‘on mahallasi, Vaziyo mahallasi, Xurshidi Tobon mahallasi, Gulpiyon mahallasi, Mashʼal mahallasi, Avval mahallasi, Birdamlik mahallasi, Mozortagi mahallasi, Qorasuv mahallasi, O‘rta qishloq mahallasi, Oqtepa mahallasi, Soy bo‘yi mahallasi, Qo‘riq mahallasi, Pastki Archa mahallasi,Yuqori Archa mahallasi, Chimyon mahallasi, Bahor mahallasi, Ulug‘bek mahallasi, Langar mahallasi, Qurilish mahallasi, Zilol mahallasi, Shifokor mahallasi, Do‘stlik mahallasi, Gulshan mahallasi, Dehqonobod mahallasi, Boy mahallasi, Yuqori Gulshan mahallasi, Mindon mahallasi, Markaz mahallasi, Guzar mahallasi, Xuroba mahallasi, Sharq hakikati mahallasi, Xonkiz mahallasi, Oq oltin mahallasi, O‘zbekiston mahallasi, Farg‘ona mahallasi, Qo‘rg‘ontepa mahallasi, Maydon mahallasi, Yangi yo‘l mahallasi, Satkak mahallasi, Oqbilol mahallasi, Yangiobod mahallasi, Konchilar mahallasi) bor. Tuman markazi — Vodil shaharchasi.[2]

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman hududi viloyatning jan. qismida, PomirOlay togʻlari etaklarida joylashgan. Relyefi jan.da qiradirlar (Xontaxt, Sariquchma, Kattakam, Kichikkam, Nomozgoʻy, Xirmonjoy) bilan band. Togʻlardan Oltiariqsoy, Fayzobodsoy, Chimyonsoy oqib tushadi. Shim., asosan, tekislikdan iborat. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, ohaktosh, marmar bor. Mineral buloq koʻp. Iklimi kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi −2,7°, eng past temperatura −27°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26,4°, eng yuqori temperatura 42°. Yillik yogʻin miqdori 174 mm. Vegetatsiya davri 240 kun.

Tuproqlari, asosan, oʻtloqi boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, yantoq, qovul, yalpiz, changal, lolaqizgʻaldoq, bangidevona, ajriq, ituzum, itqoʻnoq, burgan, boʻztikan, otquloq, ayiqtovon, qoʻzgʻa, qamish, doʻlana, shoʻra va boshqa usadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, tulki, sugʻur, quyon, jayran, qobon, jayra, yumronqoziq, kalamush, har xil ilonlar, echkemar, sichqon; qushlardan kaklik, bedana, bulbul, oʻrdak, gʻoz, kaptar, laylak, musicha, chumchuq, qaldirgʻoch, mayna, zagʻizgʻon, olaqargʻa, sor, qirgʻiy, qizilishton, toʻrgʻay, zargʻaldoq, qarqunoq, boyoʻgʻli va boshqa qushlar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qirgʻiz va boshqa millat vakillari xam yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 271,8 kishi. Shahar aholisi 3,4 ming kishi, qishloq aholisi 165,1 ming kishi (2004).

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda sanoat korxonalari, shu jumladan, taʼmirlashmexanika zavodi (Chimyon), MTP, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, 394 kichik, 2 qoʻshma korxona, pillani qayta ishlash zavodi va boshqa bor. Qishloq xoʻjaligi paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik (ayniqsa, malinasi mashhur), chorvachilik va pillachilikka ixtisoslashgan. Shirkat xoʻjaliklari, 293 fermer xoʻjaligi mavjud. Tuman xoʻjaliklarida paxta, kartoshka, sabzavot, don, ozuqa ekinlari ekiladi. Tumandagi shaxsiy va jamoa xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi.

62 umumiy taʼlim, musiqa maktablari, litsey, 4 kasb hunar kolleji, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, madaniyat uyi, 11 klub muassasasi, 2 muzey ishlab turibdi. Markaziy stadion, sport zallari, futbol maydonlari bor. Markaziy kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, qishloq vrachlik punktlari, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. „Chimyon“, „Zilol“, „Nurafshon“ va boshqa sanatoriylar ishlab turibdi. Fargʻona-Shohimardon, Vodil-Oltiariq avtomobil yoʻllari oʻtgan. 1932-yildan „Shonli mehnat“ tuman gazeta nashr etiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Фарғона тумани ҳокими ва ўринбосарлари ҳақида маълумот
  2. Abduraimov, Toir. „Fargʻona tumani“ OʻzME. F-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil