Xoʻjaobod tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Xoʻjaobod tumani
Ходжаабадский район
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Xoʻjaobod
Rasmiy tillar Oʻzbek
Xoʻjaobod tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5

Xoʻjaobod tumani — Andijon viloyatidati tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil topgan. 1973-yilda tuman tarkibidan Jalaquduq tumani, 1992-yilda Buloqboshi tumani ajralib chiqqan. Xoʻjaobod tumani shimoliy-sharqdan Jalaquduq, shimoliy-gʻarbdan Andijon, gʻarbdan Buloqboshi tumanlari, sharq, janub va janubiy-gʻarbdan Qirgʻiziston bilan chegaroadosh. Maydoni 0,23 ming km². Aholisi 82,1 ming kishidan ziyod (2004). Tumanda 4 kishloq fuqarolari yigʻini (Birlashgan, Manak, Oltin Vodiy, Xoʻjaobod), 1 shahar (Xoʻjaobod) bor. Markazi — Xoʻjaobod shahri.[1]

Tabiati[tahrir]

Tuman hududi Fargʻona vodiysining janubi-shariy qismida joylashgan. Jan.da PomirOlay tizmalarining Chilustun va Qirtoshtogʻ togʻlari bor (eng baland joyi 1457 m). Shimoli-gʻarbiy kismi adirlardan iborat. Qolgan kismi pasttekislik. Foydali qazilmalardan neft va gaz, ohaktosh, shagʻal, xarsangtoshlar bor. Iklimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 13,G. Iyulning oʻrtacha trasi 26,7°, eng yuqori temperatura 45°. Yanvarning oʻrtacha trasi —3,5°, eng past temperatura — 26°. Yiliga 300–330 mm yogʻin tushadi. Ekinzorlar Shahrixonsoy, Oqburasoy, Aravonsoy, Savoy va Janubiy Fargʻona kanallaridan sugʻoriladi. 5 suv chiqarish inshooti bor. Tuproqlari, asosan, madaniy voha tuprogʻi boʻlib, qadimdan dehqonchilik bilan shugʻullaniladi. Adir etaklarida och yoki tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan rang , qoʻngʻirbosh, shaytonkavush, oqquray, oqshuvoq, mingbosh, qizil biyurgʻun, qamish va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tulki, yovvoyi mushuk, boʻrsiq, boʻri, jayra, qoʻshoyoq, koʻrsichqon, kalamush; qushlardan kaklik, bedana, kakku, chugʻurchiq, zagʻizgʻon, mayna, zargʻaldoq, soʻfitoʻrgʻay, jiblajibon, kaptar, chittak, oʻrdak, zogʻcha, koʻkqargʻa, sassiqpopishak, qizilishton, qarqunoq, burgut, itolgʻi, boʻktargi va boshqa; sudraluvchilardan kaltakesak, ilon koʻp. Suv havzaiarida har xil baliqlar (laqda, doʻngpeshona, karp, qora baliq, sazan va boshqalar) bor.[1]

Aholisi[tahrir]

Tuman aholisi 86,6 ming kishidan ziyod. Tuman aholisining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil qiladi, shuningdek tojiklar, ruslar, tatarlar, qirgʻizlar, uygʻurlar, turklar, ozarbayjonlar, koreyslar va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 357 kishi. Shahar aholisi 17 ming kishi, qishloq aholisi 65,1 ming kishi (2004).[1]

Iqtisodiyoti[tahrir]

Tumanda "Xoʻjaobodkonserva", " Xoʻjaobodmevaquritish ", " Xoʻjaoboddon ", " Xoʻjaobodpaxtatozalash ", "Xoʻjaobod tikuvtrikotaj", "Xoʻjaobodpolimeridish" aksiyadorlik jamiyatlari; Oʻzbekiston — Bolgariya "Navigul", Oʻzbekiston — Xitoy "Xoʻjaobod DizinDu" qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. MTP, qurilish tashkilotlari mavjud. Tuman xududida neft va gaz olinadi. Zavrak GES bor. Toshkent — Oʻsh avtomobil yoʻlining 36 km tuman hududidan oʻtgan.[1]

Tuman qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan, chorvachilik ham rivojlangan. Tumanda 8 paxtachilik va donchilik, 2 bogʻdorchilik xoʻjaligi, boʻrdoqichilik fermasi, koʻchat yetkazishga ixtisoslashgan "Ipakchilik" shirkat xoʻjaligi, asalarichilik xoʻjaligi va parrandachilik fabrikasi bor. 192 fermer xoʻjaligi (shu jumladan, oʻrmonchilik, baliqchilik fermer xoʻjaliklari) faoliyat koʻrsatadi. 3,1 ming ga yerga paxta, 2,6 ming ga yerga bugdoy, 115 ga yerga kartoshka, 395 ga yerga yemxashak, 73 ga yerga don uchun makkajoʻxori, 149 ga yerga sabzavot, 3 ga yerga poliz ekinlari va boshqa ekiladi (2004). Soy, kanal va ariklardan tashkari tumanning 840 ga yer maydoni bulok, suvlari orqali taʼminlanadi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 1,2 ming qoramol, 1,8 ming qoʻy, 16,9 mingdan ziyod parranda, 66 yilqi boqiladi.[1]

Xoʻjaobod tumanida 32 umumiy taʼlim maktabi (22 ming oʻquvchi), litsey, gimnaziya, 4 kasb-hunar kolleji, mehribonlik uyi, 2 maxsus internat mavjud (2004). Markaziy kutubxona va uning 20 tarmogʻi (259 mingdan ziyod kitob), markaziy bolalar kutubxonasi, markaziy va 7 qishloq madaniyat uylari, "Armugʻon" ashula va raqs dastasi faoliyat koʻrsatadi. 5 kasalxona (550 oʻrin), qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 15 qishloq vrachlik punkta, 11 felvdsherakusherlik punkti, tez tibbiy yordam markazi va boshqa tibbiy muassasalarda 165 vrach (har 10 ming aholiga 19,7 kishi), 680 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1998 yildan "Xoʻjaobod" (avvalgi nomi "Shonli mehnat") tuman gazeta nashr qilinadi (adadi 3600 nusxa).[1]

Yovvoyi oʻsimliklari[tahrir]

Yovvoyi oʻsimliklardan rang, qoʻngʻirbosh, shaytonkavush, oqkuray, oqshuvoq, mingbosh, qizil biyurgʻun, qamish va boshqalar oʻsadi.

Yovvoyi hayvonlari[tahrir]

Yovvoyi xayvonlardan quyon, tulki, yovoyi mushuk, boʻrsiq, boʻri, jayra, qoʻshoyoq, koʻrsichqon, kalamush; qushlardan kaklik, bedana, kakku, chugʻurchiq, zagʻizgʻon, mayna, zargʻaldoq, soʻfitoʻrgʻay, jiblajibon, kaptar, chittak, oʻrdak, zogʻcha, koʻkqargʻa, sassiqpopishak, qizilishton, qarqunoq, burgut, itolgʻi, buktargi va boshqalar; sudraluvchilardan kaltakesak, ilon koʻp. Suv xavzalarida har xil baliqlar (laqqa, doʻngpeshona, karp, qora baliq, sazan va boshqalar) bor.

Iqlimi[tahrir]

Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha harorati 13,1 daraja. Iyulda oʻrtacha 26,7, eng yuqori harorat 45 daraja. Yanvarning oʻrtacha xarorati esa minus 3,5, eng past xarorat minus 26 daraja. Yiliga 300–330 mm yogʻin tushadi.[1]

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 "Xoʻjaobod tumani" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil