Forish tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Forish tumani
Фаришский район
tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Bogʻdon
Asos solingan sanasi 1935-yil
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi (2016) 78 400
Dinlar tarkibi musulmonlar
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 2169 m. m
Soat mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 0372(452)
Pochta indeksi 131xxx
Rasmiy sayti forish.uz

Forish tumani - Jizzax viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 fevralda tashkil etilgan. 1962 yilda Nurota va Jizzax tumanlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1964 yilda qayta tashkil etilgan. Forish tumani dastlab Samarqand, 1964 yil Sirdaryo, 1974 yil Jizzax viloyatlari tarkibiga kiritilgan. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qozogʻiston, sharqdan Jizzax, Zafarobod, Arnasoy, Doʻstlik, Mirzachoʻl tumanlari, janubidan Gʻallaorol tumani, gʻarbdan Samarkand, Navoiy viloyatlarining Qoʻshrabot, Nurota tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 9,53 ming km². Axoliyey 74,8 ming kishi (2004).

Mahalliy maʼlumotlar boʻyicha tuman nomiga oʻtgan Forish qishlogʻining nomi Amir Temur Samarkand atrofida qurdirmoqchi boʻlgan "Parij" shahri nomidan olingan. Keyinroq mahalliy xalq shevasida bu atama Farij, Farish, Forish deb oʻzgarib borgan degan, taxmin mavjud.

Tumanda 2 shaharcha (Uchquloch, Yangiqishloq), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Arnasoy, Garasha, Gulzor, Darvoza, Omongeldi, Osmonsoy, Uxum, Forish, Egizbuloq, ^zilkum, Qoraabdal) bor. Markazi — Yangiqishloq shaharchasi.

Tabiati. Tuman hududi viloyatning shimoli.gʻarbiy qismida joylashgan. Relyefi payettekislik, qir, adir va Nurota, Pistali togʻlaridan iborat. Nurota tizmasi shimoli-sharqdan (230–250 m) janubi-gʻarbga (1400–2000 m) koʻtarila boradi. Eng baland joyi 2169 m (Zargar togʻidagi Hayotboshi choʻqqisi). Janubi-gʻarbda Nurota togʻlari va Qoʻytosh, Baliqlitov, Pistalitogʻ, Yetimtogʻ tizmalari joylashgan. Tumanda Arnasoy, Tuzkon, Baliqli, Pistali koʻllari va Aydar botigʻi bor.

Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, quruq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha temperatura 14,5°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —1,5°, eng past temperatura —32°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 29,5°, eng yuqori temperatura 46°. Yiliga oʻrtacha 340– 360 mm (shimoli-sharqida 240–260 mm, janubi-gʻarbida 459–480 mm) yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 216—218 kun. Adirlar kumtosh, qum, mergel, lyosslardan tashkil topgan, ayrim joylar chagʻir toshlar bilan qoplangan. Soylik, jar, yezda qurib qoladigan soy koʻp. Bahorgi yogʻingarchilik paytida soylarda suv toʻlib oqadi.

Adirlarning tuprogʻi gipsli boʻz, oʻtloqi boʻz, qumoq, qumloqlar, shoʻrxok va shoʻrlangan tuproqlar tarqalgan. Nurota togʻlaridan oqib keladigan Ustixonsoy, Osmonsoy, Bolamansoy, Uxumsoy, Hayotsoy, Oqtoshsoy, Kattasoy, Chorvoqsoy va boshqalarlardan togʻ etaklaridagi lyossli qiya tekisliklarni sugʻorishda foydalaniladi.

Tumanda yer osti suvlari ancha yuza joylashgan (shimoli-sharqida 1–2 m, janubi-gʻarbida 10–25 m). Erta bahorda efemer va efemeroidlar oʻsadi. Dagʻal oʻtlar hamda itqovun, yulgʻun, yantoq, shoʻra, shuvoq kabi oʻsimliklar qorakoʻl qoʻylar uchun muxim ozuqadir. Togʻli qismida yovvoyi jiyda, olma, archa, handonpista, yongʻoq, bodom, naʼmatak, zira, zirk va boshqa usadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, qobon, chiyaboʻri, arxar, jayran, quyon; qushlardan burgut, tuvaloq, bedana, qirgʻovul, kaklik, oʻrdak, kaptar; kemiruvchilardan kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni; tipratikan, toshbaqa, zaharli ilonlar, kaltakesaklar, suv havzalarida turli xil baliq koʻp. Tuman hududida Nurota davlat qoʻriqxonasi va Biosfera rezervati qoʻriqxonalari tashkil etilgan.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 7,9 kishi (2004). Shahar aholisi 12,8 ming kishidan ziyod, qishloq aholisi 62 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda, asosan, qishloq xoʻjaligining chorvachilik, dehqonchilik, bogʻdorchilik, tokchilik tarmoqlari rivojlangan. Forish tumani hududidan qoʻrgʻoshin, pyx, ohaktosh, bazalt, marmarlashgan qora ohaktosh ochiq usulda qazib olinadi. Tumandagi "Karbonat", Uchquloch koni, "Devon", "Forteks" va boshqa korxonalar samarali faoliyat koʻrsatmokda. Tumanning umumiy yer fondi 474,3 ming ga.

Tumanda chorvachilikka ixtisoslashgan 4 ta, sabzavot va bogdorchilikka ixtisoslashgan bitta, gʻallachilikchorvachilikka ixtisoslashgan 7 ta shirkat xoʻjaligi mavjud.

400 dan ziyod fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatmokda. Ekin maydonining 12,5 ming gektariga gʻalla (asosan, lalmikor), 90 gektariga sabzavot, 707 gektariga poliz ekinlari ekiladi. 609 ga boglar, 1058 ga tokzorlar bilan band. Forish tumani shaxsiy va jamoa xoʻjaliklarida 22,2 mingdan ziyod qoramol, 31 ming kuy va echki, 34,5 ming parranda, 3,6 ming yilqi boqiladi. Tuman oʻrmon xoʻjaligi hisobida 80 ming ga yer mavjud. Shundan 2000 gada saksovulzor, 130 gada yongokzor barpo etilgan. Oʻrmon xoʻjaligida sariqchoy, kiyikoʻt, togʻrayhon, naʼmatak, ravoch kabi dorivor oʻsimliklarni yigʻib dorixonalarga topshiriladi. Xoʻjalik yiliga 10 ming tup yongʻoq, tok koʻchatlarini tayyorlab axrliga yetkazib beradi.

Forish tumanida avtomobil yoʻllari uz. 343 km, shundan 288 km respublika ahamiyatiga ega. Temir yoʻl uzunligi 71 km. 2003/2004 oʻquv yilida tumanda 70 umumiy taʼlim maktabi (18,3 ming oʻquvchi), 7 maktabgacha, 3 maktabdan tashqari muassasalar ishladi. 2 qishloq xoʻjaligi va maishiy xizmat kasbhunar kolleji (892 talaba) bor (2004). Madaniyat saroyi, 5 madaniyat uyi, 5 klub, "Chorvador" xalq dastasi (1972 yilda tashkil etilgan) faoliyat koʻrsatmoqda.

Markaziy kutubxona va bolalar markaziy kutubxonasi, 28 qishloq kutubxonasi (kitob fondi 281,4 ming asar) aholiga xizmat koʻrsatadi. Stadion, sport zallari, maydonchalari va boshqa sport inshootlari mavjud.

10 kasalxona (qariyb 600 oʻrin), 30 feldsherakusherlik punkti, 19 qishloq vrachlik punkti, 7 qishloq vrachlik ambulatoriyasida 110 vrach va 426 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Har 10 ming aholiga 15 vrach toʻgʻri keladi.

Baliqchi koʻlidan olinadigan shifobaxsh balchiq bilan davolaydigan sanatoriy bor. Shifobaxsh balchiq bilan respublikadagi boshqa statsionar va sanatoriylar ham taʼminlanadi.

Xonbandi toʻgʻoni yodgorligi (10-asr, 1582), Qoratosh (1—2-asrlar), Abdullaxon Chorbogʻi (16-asr) arxeologiya yodgorliklari mavjud. Yangiqishloq— Jizzax, Yangiqishloq—Forish, Yangiqishloq—Chimqoʻrgʻon va boshqa yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi.

1936 yildan "Forish tongi" gaz.si nashr qilinadi (adadi 2000).