Chumchuqlar (Passer) — toʻqimachilaroilasiga mansub qushlarurugʻi. 17 turi bor. Rangi har xil: qora, oq, jigarrang va sariq tusi koʻproq. Narining tomogʻi qora. Oʻtroq, koʻchib yuruvchi va mavsumiy qushlar. Daraxt, bino va boshqa joylarga uya quradi. 3—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 11—12 kun bosadi. Oʻsimlikurugʻlari va mevalari bilan oziklanadi; odatda, joʻjalarini hasharotlar bilan boqadi. Afrika, Yevropa, Osiyoda TapKalgan. Oʻzbekistonda hind chumchugʻi, dala chumchuq, qora tomoq chumchuq, saksovul chumchugʻi uchraydi. Ch. — donli ekinlarning xavfli zararkunandalari. Ch.ga qarshi kurashda kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi.