Pop tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Pop tumani
Папский район
tuman
Tarkibida Namangan viloyati
Maʼmuriy markazi Pop (shahar)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Pop tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5

Pop tumani — Namangan viloyatidagi tuman. 1926 yil 28 sentabrda tashkil etilgan. 1930 yildan Chust-Pop tumani nomi bilan atalgan. 1931 yilda, Chust tumani ajralib chiqqanidan keyin, Pop tumani deb atalib kelinmoqda. 1947—60 yillarda Namangan viloyati tarkibida, 1960—67 yillarda Fargona viloyatida, 1967 yil dekabrdan yana Namangan viloyati tarkibida.

Pop tumani Namangan viloyati maydonining 43,8%, aholisining 9% ini va yaylovlarining asosiy qismini tashkil etadi. Tuman shimolidan Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, sharqdan Namangan viloyatining Chust, Mingbuloq, janubidan Far-gʻona viloyatining Buvayda va Dangʻara tumanlari, garbdan Tojikiston Respublikasining Asht tumani, Toshkent viloyatining Ohangaron va Boʻstonliq tumanlari bilan chega-radosh. Chegarasining uz. 344 km. boʻlib, shimolidan jan.ga Chatqol, Qu-rama tizmalaridan Markaziy Fargʻona tekisliklarigacha boʻlgan kengliklarni egallaydi. Maydoni 2,94 ming km². Aholisi 170 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Pop), 5 shaharcha (Navba-hor, Oltinkon, Uygʻursoy, Chorkesar, Xalqobod), 10 qishlok, fuqarolari yi-gʻini (Madaniyat, Mamatjon Toshmatov nomli, Nayman, Paxtaobod, Pungan, Uygʻur, Pop, Umrzoqov, Chodak, Yangi-hayot) bor. Markazi — Pop shahri

Tabiati. Tuman hududi Fargona vodiysining shimolida, Namangan viloyatining shimoli-gʻarbiy qismida, Qurama togʻ tizmalarining janubiy yon bagʻri va Sirdaryo vohasida, geologik faol zonada joylashgan. Relyefi tekislik, adirlar va togʻlardan iborat boʻlib, janubidan shim.ga koʻtarila boradi. Janubida (Qoraqalpoq choʻlida) va Achchiqkoʻl massivida balandligi 350–400 m, shimolida, Chatqrl togʻlarida esa 4000–4500 m ga yetadi. Sirdaryoning har ikki tomonidagi tekislik dehqonchilik qilinadigan asosiy yerlardir.

Iqlimi kontinental. Yozi issiq, uzoq, qishi nisbatan yumshoq va qisqa. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,8°, yanvarniki —2°, —9°. Yillik yogʻin 120–330 mm. Tumanda tez-tez shamol boʻlib turadi (tezligi sekundiga 1–4 m, baʼzan 24–26 m ga yetadi). Tuman hududidan Sirdaryo, Shimoliy Fargʻona va Oxunboboyev nomidagi kanallar, tog oldi adirlaridan Cho-daksoy, Gʻovasoy, Jabborsoy, Olmossoy, Uygʻursoy, Tuzliksoy, Ugrijarsoy, Selgasoy, togʻlar orasidan Keng-koʻlsoy, Sansalaksoy, Rezaksoy va boshqa soylar oqib oʻtadi. Shuningdek, Qaznoq va Tavot koʻllari bor.

Tuman hududida tuproq va oʻsimliklar janubidan shimoliy tomon oʻzgarib boradi. Sirdaryoning chap sohilidagi Karakal poq choʻlida koʻchma qumlar va qum barxanlari orasida shoʻrxoklar uchraydi. Oʻzlashtirilgan yerlarning tuprogʻi och tusli boʻz tuproklardir. Bu yerlarda yovvoyi oʻsimliklardan saksovul, izen, yantoq, qamish, yulgʻun va boshqa oʻsadi. Sir-daryo va boshqa daryolarning odoq va qayirlarida oʻtloqi-botqoq va toʻq tusli boʻz tuproklar uchraydi. Shoʻrxok va shoʻrtoblar ham bor. Bu yerlarda tol, turangʻil, yulgʻun, shoʻra, yalpiz, qoʻgʻa va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Adir zonasida shagʻal va chagʻir toshlar, jigarrang tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklari, asosan, efemer va efemeroidlardir. Togʻ zonasida yer yuzasi qoyalar va togʻ oʻtloq tuproqlari bilan qoplangan. Bu yerlarda yantoq, archa, togʻterak, yovvoyi olma, doʻlana kabi turli daraxt va butalar, shirach, betaga, shuvoq, isiriq va boshqa oʻsadi. Togʻ yaylovlaridan keng foydalaniladi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, ukrain, qirgʻiz, uygʻur va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 58 kishi. Shahar aholisi 40,7 ming kishi, qishloq aholisi 129,3 ming kishi (2003).

Xoʻjaligi. Sanoat tuman iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Tumanda qurilish materiallari, yengil, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoatlari asosiy tarmoqlardan hisoblanadi. Pop tumanida 11 sanoat korxonasi, shu jumladan, 3 ta qoʻshma korxona, avtokorxona va boshqa faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq xoʻjaligida paxtachilik yetakchi oʻrinda. Gʻallachilik, sholikorlik, mevachilik, tokchilik, polizchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, asalarichilik, pillachilik ham muhim oʻrin tutadi. Tumanda 13 shirkat, 480 dan ziyod fermer, 13380 dexxon, 1 oʻrmon, 1 jamoa xoʻjaliklari, 3 qishloq xoʻjaligi korxonasi mavjud boʻlib, ularda 21,9 mingdan ortiq kishi meh-nat qilmoqdalar.

Pop tumanida jami sugʻoriladigan yer maydoni 39,3 ming ga, shu jumladan, 31 ming gektarga yaqini ekin maydoni boʻlib, 16,3 ming ga yerga paxta, 11,8 ming ga yerga don, 245 ga yerga kartoshka, 471,5 ga yerga sabzavot, 154 ga yerga poliz, 1922 ga yerga yemxashak ekinlari ekiladi (2002).

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 28,4 mingga yaki ni krramol (shu jumladan, 12 ming sigir), 59,4 mingga yaqin qoʻy va echki, 9,5 mingdan ziyod par-randa, 336 ot boqiladi (2002). Tumandagi kollektor-drenaj tarmoklarining uz. 778,2 km. Pop tumanida 2002/03 oʻquv yilida 38 umumiy taʼlim maktabida 39,5 ming oʻquvchi, 2 akademik litseyda 800 oʻquvchi, 5 kasb-hunar kollejida 2 mingga yaqin talaba taʼlim oldi. Tumanda 40 jamoat kutubxonasi (kitob fondi 504,7 ming asar), 17 klub, 3 stadion, 3 suzish havzasi, 35 sport zali ishlab turibdi. 111 jismoniy tarbiy jamoalari bor, 44,2 ming kishi sport bilan muntazam shu-gʻullanadi. 11 kasalxona (810 oʻrin), 23 ambulatoriya va poliklinika, 27 dorixona, 2 feldsher-akusherlik punkti, 16 qishloq vrachlik punktlarida 324 vrach (har 10 ming kishiga 20,9 vrach), 1652 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.

Pop tumanida 1931 yil 20 noyabrdan "Pop tongi" gazetasi chiqariladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil