Chilonzor tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chilonzor tumani
tuman
Tashkent city (Uzbekistan) Chilanzar district (2018).png
41°16′48.0″N 69°13′10.0″E / 41.280000°N 69.219444°E / 41.280000; 69.219444 G OKoordinatalari: 41°16′48.0″N 69°13′10.0″E / 41.280000°N 69.219444°E / 41.280000; 69.219444 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Toshkent
Hukumat
Asos solingan 1963-yil
Maydon 29.94 km2 (11.56 mi²)
Aholisi
 (2009)
217 300
Chilonzor tumani xaritada
Chilonzor tumani
Chilonzor tumani

Chilonzor Toshkent shahrining janubi-gʻarbiy tumanidir. 1963-yilda rasman tashkil etilgan. Maydoni — 2 530 gektar. Uchtepa, Shayxontoxur, Yakkasaroy, Sirgʻali tumanlari bilan chegaradosh. Toshkent chekkasidagi Chilonzorda 1956-yildan boshlab zamonaviy binolar qurila boshlandi. 1966-yilgi zilziladan soʻng tumanda keng miqyosda qurilish ishlari boshlab yuborildi. Hozirda Chilonzor infratuzilmasi eng yaxshi rivojlangan tumanlardan biridir.

Chilonzorning eng birinchi gʻishtin uylaridan biri (Arnasoy va Muqimiy koʻchalari kesishmasi). Sentabr, 2007-yil.

Chilonzor tumani — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1963-yilda tashkil qilingan. Toponimistlarning fikricha, tuman nomi chilon (jiyda) oʻsimligidan olingan. Toshkent zilzilasidan (1966) keyin tumanda qurilish ishlari avj oldi. Tuman Toshkentning janubiy gʻarbiy qismida joylashgan. Shimolda Oqtepa kanali, sharqda Boʻrijar kanali, janubi-gʻarbda Oʻrta Osiyo temir yoʻli boʻylab Toshkent avtomobil halqa yoʻli va Bobur koʻchasigacha davom etgan. Maydoni 2994 ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 1,334 ming ga. Aholisi 217,1 ming kishi (2004-yil ma'lumotlariga ko'ra). Koʻchalar soni 262 ta. 45 ta mahalla mavjud. Tumandagi baʼzi joylar Toshkent tarixi bilan bogʻliq. Chilonzor Oqtepasi arxeologik yodgorligi (IV-VIII asrlar, X-XI asrlar), Abulqosim Shayx madrasasi, Xayrobod Eshon meʼmoriy majmuasi kabi meʼmoriy yodgorliklar shu tuman hududida joylashgan.

Asosiy magistrallari — Xalqlar doʻstligi, Muqimiy, Choʻponota, Farhod, Gavhar, Chilonzor, Qatortol, Al-Xorazmiy koʻchalari. Hududida qoʻshma korxonalar ("Sovplastital" Oʻzbekiston-Italiya qoʻshma korxonasi, "Oʻzbegiminterneshnl" qoʻshma korxonasi va boshqalar), 24 sanoat korxonasi (shu jumladan, 3 poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi, koʻrlar jamiyatining ishlab chiqarish kombinati, "Rele va avtomatika", "Algoritm" korxonalari, elektr roʻzgʻor buyumlari zavodlari); 8 ilmiy tadqiqot instituti, 8 loyihalash instituti, konstruktorlik byurosi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 38 umumiy taʼlim maktabi, 20 akademik litsey va kollej, 65 maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasi; 9 kasalxona va 31 ta poliklinika bor. Aholiga 152 oziq-ovqat, 64 sanoat mollari doʻkonlari, 121 umumiy ovqatlanish korxonasi, 96 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, Chilonzor buyum bozori xizmat qiladi. Muqimiy nomidagi musiqa va drama teatri, Davlat musiqali komediya (operetta) teatri, 2 kinoteatr, Navoiy nomidagi Milliy bogʻ, Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, Xalqlar doʻstligi saroyi faoliyat koʻrsatadi. 4 stadion, 101 sport zali, 166 sport maydonchalari, 6 suv havzasi, otchopar majmuasi bor. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 3178 ming m2.