Beruniy tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Beruniy tumani
Берунийский район
tuman
Tarkibida Qoraqalpogʻiston
Maʼmuriy markazi Beruniy (shahar)
Hokim Atabek Saparbayev [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek. Qoraqolpoq
Aholi 296 000 kishi
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi

8(361)524......

8 (361)529......
Pochta indeksi 743600, 230220
Avtomobil raqami kodi 95
Xaritada
Beruniy tumani xaritada
Koordinatalari: 41°41′9″N 60°44′48″E / 41.68583°N 60.74667°E / 41.68583; 60.74667 G O

Beruniy tumaniQoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1927-yil 3-iyulda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Toʻrtkoʻl tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan). Beruniy tumani Oʻzbekiston Respublikasining shim.gʻarbida, Amudaryoning oʻng sohilida, Beruniy (tuman) shim.sharqda Ellikqalʼa tumani, gʻarbda Amudaryo tumani, shim.gʻarbda Qoraoʻzak va Taxtakoʻpir tumanlari va jan. da Xorazm viloyati. Maydoni 3,94 ming km². Aholisi 94,7 ming kishi (2000). Beruniy (tuman) da 1 shahar (Beruniy) va 11 ovul fuqarolari yigini (Beruniy, Biybozor, Doʻstlik, Navoiy, Ozod, Oltinsoy, Sarkop, Tinchlik, Shabboz, Shimom, Qizilqalʼa) bor. Markazi—Beruniy shahri[2]

Tabiati. Beruniy (tuman) ningshim.daQizilqum choʻli, gʻarbida Baday toʻqayzori va Sulton Uvays togʻi bor. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —15°, —20°, iyulniki 28°. Yiliga 100–200 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 200—220 kun. Tuman jan.dan Amudaryo oqib oʻtadi. Tumanda Oqchakoʻl, Amirobod koʻllari bor. Paxtaarna kanalining davomi boʻlgan Boʻzyop kanali mavjud. Amudaryodan Shimomyop, Qozoqyop, Beshtom, Nayman kanallari chiqarilgan. Nayman kanalidan Qattiqoqar, Sovqumyorgan ariqlari suv oladi. Tumanda Nayman—Beshtom nasos st-yasi ishlab turibdi. Tuproqlari shoʻrxok, qumloq, boʻz tuproq. Chiyaboʻri, boʻrsiq, qobon, quyon, toshbaqa, parrandalardan qirgʻovul va boshqa yashaydi. Tuman hududida Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi joylashgan.

Aholisi, asosan. oʻzbeklar; qoraqalpoq, qozoq, turkman, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga 27,5 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 50,9 ming kishi, qishloq aholisi 43,8 ming kishi (2000).

Xoʻjaligi. Beruniy (tuman) iqgisodiyotinegizini paxtachilik tashkil qiladi, shu sababli tuman sanoati ham paxta xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yog zavodlari, temirbeton, gʻisht va asfalt zavodlari bor.

Chorvachilik, ipakchilik, bogʻdorchilik, polizchilik ham rivojlangan. Tumanda 54 kichik korxona va 27 kooperativ korxona, 15 aksiyadorlik jamiyati, 47 firma, 33 xususiy korxona mavjud (2000). Bulardan eng muhimlari: paxta tozalash zavodi, „Temur“ xususiy korxonasi, 28avtokorxona, „Yoggar“ aksiyadorlik jamiyati va boshqa

Beruniy (tuman) da sugʻoriladigan yerlar 31,5 ming ga, shu jumladan 15,2 ming ga yerga paxta, 0,8 ming ga yerga sabzavot, 3,0 ming ga yerga beda, 0,8 ming ga yerga makkajoʻxori, 1,0 ming ga yerga sholi ekiladi. Beruniy (tuman) da 2 jamoa xoʻjaligi, 11 dehqonfermer xoʻjaligi uyushmasi, 27 kooperativ xoʻjaligi, 200 ga yaqin fermer xoʻjaligi, 2 ijara xoʻjaligi, 1 xoʻjalik hisobidagi uchastka bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 46,3 ming qoramol, 41,3 ming qoʻy va echki, 163,7 ming parranda, 0,5 ming ot boqiladi (2000). Tuman transportida ToʻrtkoʻlNukus avtomobil yoʻli asosiy rol oʻynaydi. Amudaryoda kemada yuk tashish ham salmoqli oʻrin tutadi.

1999/2000 oʻquv yilida 57 umumiy taʼlim maktabida 23393 oʻquvchi, 2 litseyda 1330 oʻquvchi taʼlim oldi. 36 ommaviy kutubxona, 5 madaniyat uyi, ajratilgan pullari ayrim xxxxxxlar jigildoniga ketip qurilishi toʻxtab qolganmuzey, 850 oʻrinli 9 kasalxona va dispanser, 57 tibbiyot punkti boʻlib, ularda 354 vrach, 1607 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishladi (2000). 1946-yildan (Paxtakor-eski nomi)"Xalq minbari" tuman gazetasi chikadi (adadi 3100).Beruniy tumanida jami 8 ta kollej mavjud ulardan 5 tasi shaharda 3 tasi qishloq joyda joylashgan (2013).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Beruniy tumani hokimiyati
  2. "Beruniy tumani" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil