Uchqoʻrgʻon tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Uchqoʻrgʻon tumani
Учкурганский район
Mamlakat Oʻzbekiston
Maqomi tuman
Tarkibida Namangan viloyati
Maʼmuriy markazi Uchqoʻrgʻon (shahar)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Uchqoʻrgʻon tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5

Uchqoʻrgʻon tumani (maʼnosi: Uchta qoʻrgʻon) - Namangan viloyatining shimoli-sharqiy qismida joylashgan va Norin daryosi bilan qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh tuman hisoblanadi. Uchqoʻrgʻon tumanining markazi - Uchqoʻrgʻon shahridir.

Tarixi[tahrir]

Asosiy maqola: Uchqoʻrgʻon tarixi.

Uchqoʻrgʻon tumani - 1935 yil 28 iyul oyida tashkil etiladi va Namangan viloyatiga qarashli tuman deb eʼlon qilinadi. 1988-1989 yillarda esa Norin tumani bilan birlashadi. 1940 yilgacha Fargʻona viloyati, 1941 yil 6 martdan Namangan viloyati, 1960 yildan 1967 yilgacha Andijon viloyati 1968 yildan esa yana Namangan viloyati tarkibiga qaytadi.

Joylashuvi[tahrir]

Uchqoʻrgʻon tumani Namangan viloyatining sharqiy qismida joylashgan boʻlib, sharqdan Qirgʻiziston Respublikasi bilan, janubdan Namangan viloyatining Norin tumani bilan, gʻarbdan Namangan viloyatining Uychi tumani bilan, janubiy-sharqdan esa Andijon viloyatining Izboskan tumani bilan chegaradosh. Tumanda 1 ta shahar (Uchqoʻrgʻon shahri), 8 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Baxt, Yangiobod, Yangiyer, Yashiq, Qayqi, Qoʻgʻay, Qoʻgʻayoʻlmas, Hamza) mavjud. Maydoni 29 000 km². Aholisi 136,5 ming kishi (2004 y.). Markazi — Uchqoʻrgʻon shahri.

Tabiati[tahrir]

Uchqoʻgʻon tumani viloyatning shimoliy-sharqidagi tekislikda joylashgan (balandlik 500 m). SHimoliy-gʻarbidan esa Norin daryosi oqib oʻtadi. Katta Fargʻona, Katta Andijon, Haqqulobod, Damariq, Ingichka, Chap sohil, Birlashgan kanallaridan ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi.

Iqlimi[tahrir]

Iqlimi keskin kontinental. Iyul oyining oʻrtacha harorati +27—35°С (2013 yil.), eng baland harorat +45 °C (2013 y.), yanvar oyida —22 °C, —24 °C gacha sovuq boʻladi. Yiliga 250 mm yogʻin yogʻadi. Tuprogʻi, asosan, boʻz tuproq.

Oʻsimliklar[tahrir]

Yovvoyi oʻsimliklardan tol, jiyda, shumtol, terak, shuvoq, yantoq, qoʻngʻirbosh, qiyoq, chitir, qoʻytikan oʻsadi.

Hayvonot olami[tahrir]

Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni uchraydi. Qushlardan qaldirgʻoch, laylak, musicha, boyoʻgʻli, chumchuq, mayna, bulbul, qorayaloq, zagʻizgʻon, oʻrdak, qizilishton, sassiqpopishak, bedana va boshqa; sudraluvchilardan turli xil ilonlar, kaltakesaklar va echkemar bor. Suvlarida laqqa, sazan, ondatra mavjud.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tatar, tojik, rus, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Axrlining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 471 kishi (2004). Shahar aholisi 33,3 ming kishi, qishloq aholisi 103,2 ming kishi.

Xoʻjaligi. Uchqoʻrgʻon tumani viloyatning iqtisodiy jihatdan rivojlangan tumanlaridan biridir. Tuman qududida qadimdan hunarmandchilik, kulolchilik, ip yigirish, toʻqimachilik va boshqa sohalar ham mavjud boʻlgan.

20-a.ning 10-yillaridan boshlab Uchqoʻrgʻon, Yakubinskiy, Beruzlik va Boydeda paxta tozalash z-dlari qurildi. 1914 y. Norin daryosi ustiga koʻprik qurilib, t.y. Uchkoʻrgʻon shahrigacha uzaytirildi. Uchqoʻrgon sh. yaqinida neft va toshkoʻmir konlari ishga tushirildi. Uchqoʻrgʻon va Koʻgʻay paxta tozalash z-dlari, "Uchqoʻrgʻon yogʻ", Qoʻgʻay taʼmirlash, "Uchkoʻrgʻon don mahsulotlari". "Uchqoʻrgʻonnon", pivo va salqin ichimliklar, "UchqoʻrgʻonTekstil", gʻisht, asfalt z-dlari, bir necha yirik qurilish tashkilotlari, avtokorxona, qoʻshma va kichik xususiy korxonalar ishlab turibdi.

Qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik va chorvachilik ham rivojlangan. Tumanda 13 shirkat, 390 dan ziyod fermer va 26,7 ming dehqon xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Umumiy ekin maydoni 21,9 ming ga, shundan 11,7 ming ga yerga paxta, 7,3 ming ga yerga gʻalla, 1,1 ming ga yerga sabzavot, 382 ga yerga kartoshka, 159 ga yerga poliz va 670 ga yerga beda ekiladi. Tumandagi jamoa va xususiy xoʻjaliklarda 33,6 ming koramol (shu jumladan, 12,3 ming sigir) boqiladi. Shuningdek, qoʻy, parranda ham bor. Pillachilik rivojlangan.

Uchqoʻrgʻon tumani Qoʻqon—Andijon—Toshkoʻmir t.y. yoqasida joylashgan. Uchqoʻrgʻon t.y. stansiyasi orqali Andijon—Namangan— Toshkent, Qoʻqon—Andijon yunalishlarida poyezdlar qatnaydi. Tumanda 219 km uzunlikda umumiy foydalanish yoʻllari, 192,1 km ichki xoʻjalik yoʻllari bor.

2003/2004 oʻquv yilida tumanda 43 umumiy taʼlim maktabi, oʻqish jarayoni chuqurlashtirilgan gimnaziya va litsey maktablarida 31,5 ming oʻquvchi taʼlim oldi. 5 kasbhunar kolleji (3,4 ming oʻquvchi), sport internatlitseyi (343 oʻquvchi), maxsus karsoqovlar internati (252 oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi.

Tumanda madaniyat saroyi, 11 madaniyat uyi, musiqa maktabi, 41 kutubxona (505,2 nusxa asar), 20 badiiy havaskorlik ansambli bor. Uchqoʻrgʻon tumanida sportsogʻlomlashtirish markazi, "Paxtakor" stadioni, 48 sport zali, 26 futbol maydoni, 200 voleybol, 47 basketbol, 33 minifutbol maydonlari mavjud. "Zaynobiddin" karate klubi, "Xumo" chim ustida xokkey, "Turon" milliy kurash seksiyalari ishlab turibdi. Markaziy kasalxona (260 oʻrin), 2 poliklinika, Qoʻgʻay hududiy kasalxonasi (155 oʻrin), Qayqi qishloq uchastka kasalxonasi (65 oʻrin), Qoʻgʻayoʻlmas qishlogʻida hududii yuqumli kasalliklar kasalxonasi (60 oʻrin), Hamza qishlogʻida sil kasalligiga qarshi kurashish dispanseri (40 oʻrin), Yangiyer qishlogʻidagi teritanosil kasalliklari kasalxonasi (30 oʻrin), 10 qishloq vrachlik punkta, qishloq vrachlik ambulatoriyasi, Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari korxonasiga qarashli shahar vrachlik punkta, 23 feldsherakusherlik punkti, 10 stomatologiya boʻlimi, 3 vrachlik sogʻlomlashtirish punkti, Uchqoʻrgʻon sh. va Qoʻgʻay qishlogʻidagi 2 tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimlari hamda ularning 5 shoxobchasida 374 vrach, 1870 oʻrta tibbiy xodim xizmat qiladi. "Nihol" ona va bola sanatoriysi ishlab turibdi.

1997 yildan "Yorqin hayot" tuman gaz. (adadi 5 ming), shuningdek, 1999 yildan "Uchqoʻrgʻon gʻunchalari" gaz. nashr etiladi (adadi 3300).

Sobiq Sovet Ittifoqi davrida tuman nafaqat agrar sohalarda balkim sanoat sohasida ham qator ijobiy natijalarga aylanganligi tufayli viloyatning industrial-agrar markazlaridan biri hizoblanadi. Hozirgi kunda tumanda qator sanoat korxonalari shu jumladan Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari, Uchqoʻrgʻon yoʻgʻ, va Uchqoʻrgʻon paxta tozalash aksiyadorlik jamiyatlari tuman iqtisodiy salohiyatini oshishida katta taʼsir koʻrsatmoqda.

Taʼlim[tahrir]

Tumanda 43 ta oʻrta taʼlim maktablari mavjud. Tarixan tuman iqtidorli yoshlar bilan nafat viloyatda balkim respublikada ham mashxur boʻlgan. Shunungdek tumanda iqtidorli yoshlarni voyaga keltirishda I. Oxunov nomli litsey-internat va 43-sonli gimnaziyalarni salohiyati kattadir.