Yunusobod tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yunusobod tumani — T. dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1936 y.da Kirov tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992 y. may oyidan Yunusobod tumani deb ataladi.

Yunusobod nomining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (akad. A. Muhammadjonov) fikricha, joyning nomi juda qad. boʻlib, asli "Yunusrabot" deb atalgan. Bu oʻrinda "rabot" karvonsaroy maʼnosida qoʻllangan (q. Rabot). Shim. tomondan shaharga kiruvchilar shu joyda qoʻnib oʻtishgan. Mahalliy ziyolilarning fikricha, joyning nomi sebzorlik tadbirkor Yunushoji Nodirhoji oʻgʻli (19-a., Yunusobod Oktepasida bogʻrogʻlari boʻlgan) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. Tuman shaharning shim. qismida joylashgan. Amir Temur xiyobonidan boshlanib shim. tomonga, Toshkent katta halqa yoʻligacha davom etadi.

Mayd. 4,14 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan mayd. 1,073 ming ga. Aholisi 289,0 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 441 ta. Asosiy magistral koʻchalari: Sharof Rashidov, Amir Temur, Ahmad Donish, Xurshid, Gʻani Mavlonov, Jahon Obidova, Gvardiya polkovnigi Xoʻjayev. 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 3547 korxona va tashkilot boʻlib, kichik va oʻrta biznes subʼyektlarining sanoat i. ch. dagi ulushi 36,3%, qurilishda 64,2%, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 50,9% ni tashkil etadi. Ular orasida 155 ta qoʻshma korxona faoliyati i. ch. va aholiga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan.

Sanoat korxonalaridan "Uzbekqishloqmash", "Yulduz" tikuvchilik, "Asbobsoz", "Raupxon" korxonalari; vagon taʼmirlash zdlari, kitobjurnal fkasi, "Oʻzbekenergotaʼmir" i. ch. birlashmalari va b. ishlab turibdi. Chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan "Dilek interprays", "Aylin Gida Sanayi", "Aziya Silk" shoʻʼba korxonalari, "Rastr", "Supertekstil" korxonalari, shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi 3 ta kushma korxona bor.

20 ga yaqin i. t. instituta, loyihalash intlari, 6 litsey, 6 kasbhunar kolleji, 4 oliy oʻquv yurti, 42 umumiy taʼlim maktabi, 3 musiqa maktabi, 70 maktabgacha tarbiya muassasasi, 8 ta kasalxona, 40 poliklinika va ambulatoriya muassasalari, 1 sanatoriy bor. 2 kinoteatr, "Turkiston" kinokonsert zali, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston xalklari tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi, hayvonot bogʻi, "Interkontinental", "Dedeman Silk Road", "Sheraton" mehmonxonalari, Shahidlar xotirasi majmuasi, 5 madaniyat uyi, 12 kutubxona, 186 sport inshootlari, Olay, Yunusobod bozorlari, 1785 ta savdo, 356 ta umumiy ov~ qatlanish va 467 ta maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turipti. T.ning asosiy televizion minorasi tuman hududida joylashgan. Turar joy fondining umumiy foydali mayd. 5223 ming m2. Yunusobod tumani hududida T. metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining Yunus Rajabiy, Abdulla Qodiriy, Minor, Habib Abdullayev styalaridan elektr poyezdlar qatnaydi. 2005 y.gacha yana 3 stya (F. Xoʻjayev, "Yunusobod", "Turkiston")ni ishga tushirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.