Kuyganyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Kuyganyor
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Andijon viloyati
Tuman Andijon (tuman)
Koordinatalari 40°51′40″N 72°18′40″E / 40.86111°N 72.31111°E / 40.86111; 72.31111Koordinatalari: 40°51′40″N 72°18′40″E / 40.86111°N 72.31111°E / 40.86111; 72.31111
Aholisi 8 426[1] nafar (1989)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Kuyganyor (Oʻzbekiston)
Kuyganyor

KuyganyorAndijon viloyati An-dijon tumanidagi shaharcha (1978 yildan). Tuman markazi. Temir yoʻl stansiyasi. Viloyat markazigacha 7 km. Aholisi 9,2 ming kishi (2001). Katta Fargʻova kanalidan suv oladi. Andijon qishloq xoʻjalik instituti (institut qoshida akademik litsey, litsey-intervat va oʻquv ilmiy ishlab chiqarish xoʻjaligi) faoliyat koʻrsatadi. 1999 yildan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazining Sugʻoriladigan yerdarda gʻalla va dukkaqli oʻsimliklar yetishtirish ilmiy tadqiqot instituti ishlaydi. Kuyganyorda qurilish korxonalari, Kuyganyor vasos stansiyasi, umumiy taʼlim maktablari, kutubxonalar, madaniyat uylari, savdo, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Andijon shahridan Kuyganyorga trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. Population census-1989
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil