Nishon tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Nishon tumani
Нишанский район
tuman
Tarkibida Qashqadaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Yangi Nishon
Rasmiy tillar Oʻzbek
Nishon tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5

Nishon tumani - Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1975 yil 6 martda tashkil etilgan. Janubida Turkmaniston, shimolida viloyatning Qarshi, sharqda Gʻuzor, gʻarbda Kasbi tumanlari bilan chega-radosh. Maydoni 2,1 ming km². Aholisi 112,5 ming kishi (2003). Nishon tumanida 2 shahar (Tallimarjon va Yangi Nishon), 1 shaharcha (Nuriston), 8 qishloq fuqarolar yigʻini (Balxiyak, Nishon, Navroʻz, Oydin, Oqoltin, Paxtazor, Qirkdu-loch, Shirinobod) bor. Tuman markazi — Yangi Nishon shahri

Tabiati. Tuman hududi Qashqadaryo vohasining janubida, Qarshi choʻlida joylashgan. Hududining asosiy qismi choʻl, qir hamda adirlardan iborat. Bu yerda Nishon, Gulbodom, Gʻovur, Kaptarli, Oydin kabi choʻl va yaylovlar mavjud. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 14,8°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2°, eng past temperatura —15°, iyulniki 28,8°, eng yuqori temperatura 45°. Vegetatsiya davri 230 kun. Oktabr oyining oxirlari va noyabr oyining boshlaridan havo soviydi va namgarchilik boshlanadi. Yillik yogʻin 180–220 mm. Tuman hududidan Qarshi magistral kanali oʻtgan. Tallimarjon suv ombori bor. Tuprogʻi asosan, boʻz tuproq.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik, turkman, qozoq, qoraqalpoq, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km² ga 53 kishi.

Xoʻjaligi. Nishon tumani xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan. Tumanda 377 kichik va xususiy korxona, 52 aksiyadorlik jamiyati, Tallimarjon GRES qurilish boshqar-masi, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi shoʻʼba korxonasi mavjud. Nishon tumanida 3 shirkat, 1967 fermer xoʻjaligi fao-liyat koʻrsatmoqda. 47196 ga yer maydoni sugʻoriladi, shu jumladan, 24553 ga paxta, 18640 ga gʻalla, 596,6 ga sabzavot va poliz, 1637 ga yem-xashak ekinlari bilan band. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 22 ming qoramol, 42,1 ming qoʻy va echki boqiladi. Tuman markazini xoʻjaliklar bilan bogʻlaydigan yoʻllar as-faltlangan. Tuman hududini Katta Oʻzbekiston trakti va temir yoʻl kesib oʻtgan. Nishon—Qarshi (25 km) va boshqa yoʻnalishlarda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Nishon tumanida 33 umumiy taʼlim maktabi, agroiqtisodiyot kolleji, 3 kasb-hunar maktabi, 21 kutubxona, madaniyat uylari, stadion bor. Kasalxona, feldsher-akusherlik punktlari, qishloq vrachlik punktlari va boshqa tibbiy muassasalarda 156 vrach va 640 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. 1975 yildan "Nishon tongi" tuman gaz. chiqadi (adadi 960).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil