Gʻumay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gʻumay — boshoqdoshlarga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi silliq, boʻyi 2 m gacha oʻsadi. Barglari choʻziqnashtarsimon, poya uchida koʻp boshokli choʻzinchoq roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi. Iyul-avg .da gullaydi va mevalaydi. Bir tupi 2—4 minggacha urug beradi. Urugʻi tangacha qobiqli boʻlib, tuproqda 3—4 yilgacha unuvchanlik qobiliyatini saqlaydi. 30—35° optimal temperaturada yaxshi unadi. Iddizpoyasi oq rang boʻtimlarga ajralgan, shoxlanadi, tarvaqaylab oʻsadi, 20—50 sm chuqurlikgacha kirib boradi. Gʻ. issiqsevar, 0° dan past temperaturada nobud boʻladi. Ildizpoyasi va urugʻidan qoʻpayadi. Oʻrta Osiyoning sugoriladigan yerlarida keng tarqalgan. Sabzavot va meva ekinzorlarida, ayniqsa, gʻoʻza orasida koʻp uchraydi. Shunintdek, sugʻorish shoxobchalari boʻylarida va boshqa yerlarda oʻsadi. Gʻ. tarqalgan joylarda hosildorlik 50% gacha kamayadi.

Kurash choralari: ketma-ket 2—3 agrotexnik va kimyoviy (dalapon bilan) tadbirlarni birgalikda qoʻshib olib borish; ildizlarni quritish uchun yozda yerni kesakli qilib shudgorlash; chuqur kuzgi shudgor; ekinlarni oʻz vaqtida chuqur kultivatsiya qilish, yerga beda ekish; Gʻ. ildizlarini terib olish.