Boʻka tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Boʻka tumani
Букинский район
tuman
Tarkibida Toshkent viloyati
Maʼmuriy markazi Boʻka (shahar)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Soat mintaqasi UTC+5

Boʻka tumani — Toshkent viloyati tarkibidagi tuman. Viloyatning jan.gʻarbiy qismida joylashgan. 1943 yil 18 mayda tashkil etilgan. Shim.gʻarbda viloyatning Oqqoʻrgʻon, shim.sharqda Piskent, jan.da Bekobod tumanlari bilan, gʻarbda Sirdaryo viloyatining Oqoltin va Guliston tumanlari, sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,59 ming km². Aholisi 111,8 ming kishi (2001). Boʻka tumani da 1 shahar (Boʻka), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Koʻkorol, Namuna, Ravot, Turon, Chigʻatoy, Qoraqoʻyli, Qoʻshtepa) bor. Markazi — Boʻka shahri.[1]

Tabiati. Boʻka tumani hududi jan. va jan.gʻarbga tomon Sirdaryoga kiya tushgan togʻ oldi tekisligidan iborat. Iqlimi keskin kontinental, quruq ikdim. Yanv. ning oʻrtacha temperaturasi —1" dan —1,5" gacha, iyulniki 27°. Vegetatsiya davri 210—215 kun. Yiliga 250–350 mm yogʻin tushadi. Boʻz tuproqlar bilan qoplangan, lyossli tekislikning koʻp qismi uzlashtirilgan. Dare terrasalarida allyuvial tuproklar, Sirdaryo sohillarida toʻqayzorlar bor. Ularda chiyaboʻri, quyon, tustovuq uchraydi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar; shuningdek rus, tojik, qozoq, kirgiz, turk va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km! ga 155 kishi. Shaharliklar 20,5 ming kishi, qishloq aholisi 91,3 ming kishi (2001).

Xoʻjaligi.Boʻka tumani sanoati kamrivojlangan. Paxta tozalash zavodi, maishiy xizmat koʻrsatish, taʼmirlash, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar, avtobazalar, avtobustaksomotor parki bor. Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan "Akkummashservis" korxonasi traktor va avtomobillar uchun akkumulyator batareyalari ishlab chiqaradi. 168 kichik korxona, 15 kooperativ korxona mavjud.

Boʻka tumani tuman xujaligining yetakchi tarmogʻi boʻlib, asosan paxtachilik, sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan. Tuman hissasiga Toshkent viloyati qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotining 8,2%, paxta yalpi hosilining 15,2%, gʻallaning 9,7% toʻgʻri keladi (1995). Boʻka tumani dagi 22 shirkat xoʻjaligining 21 tasi paxtachilikka, bittasi bogʻdorchilik, tokchilikka ixtisoslashgan, 1 ta xoʻjalikaro qishloq xoʻjaligi korxonasi, 279 fermer xoʻjaligi, 206 shaxsiy kichik korxona bor. Umumiy ekin maydoni (tomorqalar bilan birgalikda) 38,7 ming ga boʻlib, asosan sugʻoriladigan yerlardir. Ekin maydonining asosiy qismi paxta, gʻalla, sabzavot, kartoshka, yemxashak ekinlari bilan band. Pilla yetishtiriladi. Baliqchilik bilan shugʻullaniladi. Chorvachiligi asosan goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Tumanda 25,8 ming qoramol, shundan 11,8 ming sigir, 19,9 ming qoʻy va echki bor. Boʻka tumani Toshkent viloyati va respublika tumanlari bilan avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan.

1999/2000 oʻquv yilida 52 umumiy taʼlim maktabida 23400 oʻquvchi oʻqidi. Akademik litsey, musika maktabi, agrokollej, 50 maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasi, 48 kutubxona, muzey, madaniyat saroyi, kinoteatr mavjud. Markaziy kasalxona (370 oʻrinli), 3 qishloq kasalxonasi, feldsherakusherlik punktlarida 160 vrach, 975 oʻrta tibbiy xodim faoliyat koʻrsatadi. "Xalq ovozi" tuman gaz. (1952 yildan) nashr etiladi.

Manbalar[tahrir]

  1. "Boʻka tumani" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil