Qoʻrgʻontepa — Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanipati shahar (1976 yildan), tuman markazi. Shahrixonsoy va Andijonsoy oʻrtasida joylashgan. Transport yoʻli stansiyasi (Savay). Andijon shahridan 41 km. Q. hududidan respublika ahamiyatidagi avtomagistral oʻtgan. Aholisi 28,3 ming kishi (2005). Q.da paxta tozalash zavodi, paypoq toʻqish f-kasi, attorlik f-kasi filiali, non k-ti, Toshkent instrumental zavodining filiali, avtokorxonalar, MTP. dehqon bozori, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes korxonalari, "El-jihoz" servis qoʻshma korxonasi bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, 3 kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi va uning shoxobchalari, klub muassasalari, madaniyat saroyi, madaniyat va istirohat bogʻi. Xotira maydoni mavjud. Sport majmuasi, stadion va boshqa sport inshootlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona maj-muasi, poliklinika, lorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Q.dan Toshkent, Aldijon shaharlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
|
|
|
|
Tuman va markazlari |
|
|
|
Boshqa shaharcha va qishloqlar |
|