Kasbi tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kasbi tumani
Касбийский район
tuman
Tarkibida Qashqadaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Mugʻlon
Rasmiy tillar Oʻzbek
Kasbi tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5

Kasbi tumani – Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1970 yil 16 oktabrda tashkil etilgan. Kasbi tumani viloyatning gʻarbida joylashgan. Qarshi, Koson, Nishon, Muborak, Bahoriston, Usmon Yusupov tumanlari bilan chegaradosh. Maydon 0,65 ming km2. Aholisi 127,6 ming kishi (2000). Kasbi tumanida 10 qishloq fuqarolari yigʻini (Denov, Komilon, Mugʻlon, Toshqoʻrgʻon, Chovqay, Choʻlquvar, Yuksalish, Yangihayot, Qamashi, Katagʻon) bor. Markazi – Mugʻlon qishlogʻi.[1]

Tabiati[tahrir]

Kasbi tumani Qarshi choʻlida joylashgan. Hududida Maymanoq togʻ tizmasi bor. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, quruq va uzok,. Bahor va kuzda yogʻin kam. Qishda qor oz yogʻadi, qattiq sovuq boʻlmaydi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0° dan Ggacha, iyulniki 28,2°–31,6°. Yil davomida yogʻingarchilik kunlari 58–60 kundan oshmaydi. T-raning yuqoriligi tufayli bugʻlanish miqdori yiliga yogʻingarchilikka nisbatan oʻn barobar koʻp. Yiliga oʻrtacha 270 mm, ayrim yillari 310–320 mm, qurgʻoqchilik yillari 100 mm yogʻin tushadi. Kasbi tumanining Koson tumani bilan chegarasidan Qashqadaryo oqib oʻtadi. Tuprogʻi, asosan, boʻz tuproq. Baʼzi joylarda shoʻrlangan. Yaylovlarda shuvoq, isiriq, yantoq, jingak, karrak, tuyaqorin, qamish,.yulgʻun va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tulki, boʻri, chiyaboʻri, yumronqoziq, turli xil ilonlar, toshbaqa, kaltakesaklar, kushlardan yovvoyi oʻrdak bor.

Aholisining aksari qismi oʻzbeklar (86,1%); shuningdek, tojik, turkman, qirgʻiz, koreys, tatar, ozarbayjon, arman va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 196 kishi toʻgʻri keladi (2000).

Iqtisodiyoti[tahrir]

Tuman iqtisodiyotida sanoat va qishloq xoʻjaligi asosiy oʻrinni egallaydi. Kasbi tumanida paxta tozalash zavodi, non kombinati, non sexi, 2 avtokorxona, sutni qayta ishlash korxonasi, mahalliy sanoat korxonasi, bosmaxona mavjud. 170 dan ziyod xususiy savdo ishlab chiqarish firmalari, kichik korxonalar, 500 ga yaqin maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi bor. Q.x.da foydalaniladigan jami yer 50 ming ga, shundan sugʻoriladigan yer may-doni 45,5 ming ga. Ekin maydoni 43 ming ga ni tashkil etadi. Shundan 22 ming ga yerga paxta, 16,6 ming ga yerga don ekinlari, qolgan yerlarga sabzavot, poliz, kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. 2 ming ga dan ziyod yer bogʻ, tutzor va tokzorlardan iborat, 4 ming ga dan ortiq yer yaylov. Kasbi tumanida shirkat va bir jamoa xoʻjaliklari, qishloq aksiyadorlik jamoasi, 2 qishloq xoʻjaligi paychilik jamiyati, parrandachilik xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Bir xoʻjalik chorvachilikka, bir xoʻjalik bogʻdorchilikka ixtisoslashtirilgan. Tuman hududida Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining Qashqadaryo filiali joylashgan, tajriba sinovlari Alisher Navoiy nomidagi shirkat xoʻjaligida olib boriladi. Chorvachilikda qoramolchilik asosiy oʻrinni egallaydi. Kasbi tumanida 49,3 ming bosh krramol, 76,6 ming qoʻy-echki, 148,9 ming parranda, 933 ot boqiladi (1998). Pillachilikni rivojlantirishga ham koʻp ahamiyat berilmoqda.

53 umumiy taʼlim maktabi, internatlitseyi, gimnaziya, 3 kasb-hunar maktabi, sport, musiqa maktablari, iqtisodiy taʼlim markazi, madaniyat va istirohat bogʻi, 28 kutubxona, 10 madaniyat uyi, 9 klub, stadion, tennis korti, 21 sport zali, 24 futbol va 19 basketbol maydonlari bor. 50 oʻrinli nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi, 325 oʻrinli 2 kasalxona, 200 oʻrinli kunduzgi statsionar, 12 qishloq vrachlik punkti, 11 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 26 feldsher-akusherlik punkti, 3 poliklinika, 9 dorixona mavjud. 1100 ga yaqin oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli tibbiyot xodimi ishlamoqda. 1971 yildan "Sadoqat" tuman gaz. chiqadi (adadi 900).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 "Kasbi tumani" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil