Sherobod tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Sherobod tumani
Шерабадский район
tuman
Tarkibida Surxondaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Sherobod
O'rol Boboqulov Hokim
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi (2018 1-dekabr) 173.2 ming
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 2,73 ming kv.km km²
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 Ko'hitang tog'i 3137 metr m
Soat mintaqasi UTC+5

Sherobod tumaniSurxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Gʻarb tomondan Turkmaniston bilan chegaradosh. Tuman shimolidan Boysun, shimoli-sharqsan Bandixon, sharqdan Qiziriq, jan.dan Muzrabot, janubi-shardan Angor tumanlari, shim.gʻarbdan Qashqadaryo viloyati, gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 2,73 ming km². Aholisi 173.2 ming kishi (2018). Sherobod tumanida 1 shahar (Sherobod), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Zarabogʻ, Oqqoʻrgʻon, Rabotak, Sariqamish, Seplon, Talashqon, Ko'hitang, Yangiturmush) bor. Markazi – Sherobod shahri.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (95,9%), shuningdek, tojik, rus, turkman, tatar, qozoq, koreys va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km² ga 50 kishi.[1]

Tabiati[tahrir]

Relyefi tekislik, adir va togʻlikdan iborat. Tekislik qismi choʻl landshaftli. Tuman gʻarbida Koʻhitang togʻ tizmasi (eng baland joyi Ayri ota choʻqqisi, 3139 m), togʻlar orasida Zarabogʻ va Pashxoʻrd botiqlari joylashgan. Janubiy gʻarbidan shimoli-sharqqa tomon SherobodSariqamish qirlari oʻtadi. Foydali qazilmalardan katta zaxiraga ega boʻlgan osh tuzi, oltingugurt, qoʻmir, yonuvchi slanets, marmar, granit va qurilish materiallari konlari mavjud. Iklimi quruq subtropik iqlim. Yillik oʻrtacha temperatura 18°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekislik qismida 3,6°, togʻlarda –6°, eng past tempatura –20°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 32,1°, eng yuqori tempatura 48°. Yiliga 150 mm yogʻin tushadi, gʻarbiy togʻ oldi zonasida 500 mm ga yetadi. Vegetatsiya davri 266 kun. Tuman hududidan Sherobod daryosi va uning Maydon, Ilonsoy, Laylagonsoy irmoqlari oʻtadi. Tumanning janubiy chegarasi boʻylab Zang kanali, sharqdan Sherobod magistral kanali oqadi. Oqtosh, Dashxoʻrd, Zarabogʻ qishloqlari atroflarida qadimda foydalanib kelinayotgan korizlar bor. Tekislikda och va toʻq boʻz tuproqlar, adirlarda arid, togʻlarda sur tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan archa, mavrak, kiyikoʻt, togʻ rayhon, kovrak, shuvok, Vandob qishlogʻi atroflarida shirinmiya, zanjabil, rovoch va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, jayran, kalamush, qoʻshoyoq, yumronqoziq, jayra, koʻrsichqon, toʻqayzorlarda toʻqay mushugi, qobon, chiyaboʻri; qushlardan kaklik, mayna, qaldirgʻoch, soʻfitoʻrgʻay, chil, koʻrshapalak, gʻoz, oʻrdak; sudraluvchilardan, oʻqilon, gekkon, koʻzoynakli ilon va boshqalar yashaydi.

Iqtisodiyoti[tahrir]

Tumanda paxta tozalash, keramika, gʻisht, un zavodlari, MTP, "Xoʻjaikon" tuz koni, "Kampirtepa" granit karyeri, 130 dan ziyod xususiy firma, 16 aksiyadorlik jamiyati, dehqon bozori, qurilish va transport korxonalari, 250 savdo, 170 maishiy xizmat, 50 jamoa ovqatlanish obʼyektlari bor. Qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilik, gʻallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Sabzavotchilik, polizchilik, pillachilik ham rivojlangan.

Sherobod tumanida 11 shirkat, 3 dehqon fermer xoʻjaliklari uyushmasi, 256 fermer, 1 asalarichilik, 2 qorakoʻlchilik xoʻjaliklari mavjud. Sugʻoriladigan yerlarning 16,5 ming gektariga paxta, 13,4 ming gektariga gʻalla ekiladi. Shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlari, uzum, meva ham yetishtiriladi. 24,7 ming gektar yer oʻrmonzor, 2,2 ming gektar yer koʻp yillik daraxtzor, 127 ming gektar yer yaylov bilan band (2003).

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 32,6 ming qoramol (shu jumladan, 15,3 ming sigir), 122,6 ming qoʻy va echki, 57,3 ming parranda, 800 dan ziyod yilqi boqiladi.

Tumandagi 69 umumiy taʼlim maktabida 37 ming oʻquvchi taʼlim oladi (2003), 9 kasb-hunar kolleji, madaniyat va istirohat bogʻi, 7 klub va madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari mavjud. 2 stadion, 18 sport zali, 316 sport maydonchasi, sport majmuasi faoliyat koʻrsatadi. 5 kasalxona (shu jumladan, 2 tasi qishloqda), 24 ambulatoriyapoliklinika, 51 feldsherakusherlik punkti, 10 qishloq vrachlik punkti, tez yordam punkti, 13 dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi. Tibbiy muassasalarda 165 vrach, 1137 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.

Tuman hududida "Oqtosh" va "Vandob" sanatoriy va sogʻlomlashtirish oromgohlari joylashgan.

Sherobod–Qumqoʻrgʻon, Sherobod–Angor–Termiz va boshqalar yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi. Arxeologik topilmalar Sherobod tumani hududi qadimiyligini tasdiqlaydi.

Tuman hududida ibtidoiy sanʼatga tegishli Zaravutsoy rasmlari, Jarsoʻton va Jondavlattepa qadimiy shahar xarobalari, Nondahana inshooti (19– 20-asr boshlari) bor.

Hozirgi Sherobod tumani hududidan islom olamidagi mashhur muhaddis Imom Termiziy yetishib chiqqan. Tumanda Imom atTermiziy maqbarasi saqlangan.

Tabiati[tahrir]

Relyefi tekislik, choʻl, adir va togʻlardan iborat. Gʻarbida Koʻhitang togʻ tizimasi (eng baland Ayriota choʻqqisi 3139 m), togʻlar orasida Poshxurd, Zarabogʻ botiqlari bor. Tuman markazi – Sherobod shahri Termizdan 59 km shimoli – gʻarbda. Yaqin temir yoʻl bekati – Navshahargacha 42 km. Tumanda 9 qishloq (Katta rivojlangan qishlogʻi Gʻurin kichik Boʻstonsoy, Zarabogʻ Oqqoʻrgʻon, Rabotak, Sariqamish, Seplon, Tallashqon, Ko'hitang, Yangiturmush) bor.

Sherobod shahri (aholisi 22,2 ming kishi) Sheroboddaryoning oʻng sohilida joylashgan. Shahar Oʻzbekistonning asosiy maʼmuriy va madaniy markazlari bilan avtomabil yoʻllari orqali bogʻlangan – u Katta Oʻzbekiston yoʻli yoqasida.

Sherobod bir necha ming yillik tarixga ega. U shahari Haybar deb atalib, Iskandar Zulqarnayn davrida ham mavjud boʻlgan. Rivoyat etilishicha, arab xalifalaridan Ali boshliq qoʻshin shaharni bir hamla bilan zabt etgan. Shu munosabat bilan shahar Sherobod deb atalgan (Ali Ollohning yerdagi sheri deb sifatlangan). V.V.Bartolʼdning tahminicha esa, Sherobod hozirgi nomini 18-asr boshlarida olgan boʻlib , Sherobod daryoning oʻng sohilida qalʼa qurilgan qoʻngʻirot urugʻidan hukumron – Sher Ali nomi bilan atalgan. Yani bir taxmin shuki, Sherobod – «bosh rabot», yaʼni «bosh bekat» maʼnosini anglatadi. Arxeologik topilmalar Sherobodning nihoyatda qadimiyligi haqidagi rivoyatlarni tasdiqlamoqda. Sherobod tumanining Koʻhitang togʻlaridagi Zaravutsoy qoyalarida biz muraqqaning bosh qish qismida qayd etib oʻtgan ibtidoiy rasmlar tasvirlangan yodgorlik topilgan. Sheroboddan oʻn kilometr janubi – gʻarbda jez davriga oid yirik yirik qoʻrgʻon – Jarqoʻtan, 6 km janubi-sharqdan esa 6-5-asrlarda paydo boʻlgan Jondavlattepa qoʻrgʻoni joylashgan. Sherobodning shimoliy chekkasida yana bir katta qoʻrgʻon – Kofirqalʼa topildi. Qoʻrgʻonning umumiy maydonni 14 gektar boʻlib miloddan avalgi 1 asr milodiy 4 asrga taluqlidir. Uning qalasida soʻngi oʻrta asrda ham hayot joʻsh urgan 10 asrda Sherabodda Termiz darvoza yoʻlidagi soʻngi boʻkat Roziqravod bino boʻlgan Sherobod daryo oqib keladigan togʻ darasi yoqalab Turkistonni Afgʻoniston va Hindistonni bogʻlovchi muhim savdo yoʻli oʻtgan Sheroboddan 3 km shimoldan mahkam istihkomli Nondaxana (non yoʻli) inshoati joylashgan. 19 asr −20 asr boshlarida bu yer maxsus boj yigʻliadigan joy boʻlgani uchun shunday atalgan. Bu yerda Sheroboddaryodan koʻp kanal va ariq shaxobchari chiqan. Binobarin Nondaxana faqat karvon yoʻlini emas suv taqsimotini ham nazorat qiladigan joy boʻlgan. 19 asr 20 asr boshlarida Sherobod Boxoro amirligiga qarashli katta bekliklardan hisoblangan. Asrimiz 70 yillarning ikkinchi yarmida Sherobod dashtini jadal oʻzlashtirishga kirishildi. Hozirgi Sherobod shahri zamonoviy obod shaharlardan. Sheroboddaryo sohili boʻylab madaniyat va istrahat bogʻi joylashgan Shahrning yangi qismida. 2 va 4 qavatli uylar qurilgan. Janubiy qismida sanoat korxonalari – paxta tozalash, sut maqsulotlari zavodi qurilish korhonalari oʻrnashgan.

Sherobod tumanida 200 dan ortiq kichik va xususiy korxonalar 13 ta xisadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatmoqda «Ulugʻbek» xususiy firmasida ip yigiruv fabrikasi ishga tusirildi . N Murodov nomidagi hirkat xoʻjaligida bir kecha kunduzda 30 tonnadan ortiq un tortadigan zavod ishlab turibdi . «Kulol» xisodorlik jamiyatida kulolchilik, ohak, qandolatchilik temirchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi

Xoʻjaikon tuz koni 1942 yilda ishga tushirilgan edi . Hozirgi kunda u mamlakat ahamiyatiga molik sanoat korxonasidir . Tuz konidi yiliga 760 ming tonna sanoat tuzi , 93 ming tonna osh tuzi ishlab chiqarilmoqda 1995 yili Amerika Qoʻshma Shitatlaridan keltirilgan jihozlar bilan ishlaydigan istemol tuzi ishlab chiqarish yoʻnalishi tushirildi .

Sherobod tumanida assosan paxta, beda, makkajoʻxori, gʻalla, kartoshka etishtiriladi . Qoʻy echki, qora mol parranda boqiladi . Ishiqxonalarda limon apilsin etishriladi . Anordan, hurmadan yaxshi xosil olinadi . Tumanda paxtachilik 2 chorvachilik 1 asalarichilik jamoa va shirkat xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi . 3 saniatoriya va soʻglamlashtirish oromgohlari , 9 kasalxona , 3 hunar bilim yurti 62 maktab 4 maktabdan tashqi muassa litsey 45 bogʻcha ishlayapdi . 11 madaniyat va istirohat bogʻlari , asosiy katta stadioni 7ta kattasi Gʻurin qishlogʻida boshqalari tuman markazida sportsmenlardan box boʻyicha chimpiyon sherabodlik Sharof Xolmamatov Baxriddinovich kurash boʻyicha Karimov Dilmurod Allamurodovich taykvando buyicha yoshlar ichida iqtidorli sportchi Boymurodov Otabek Gʻayratovich larni misol keltirishimiz mumkin.

Sheroboddan koʻplab ijodkorlar taniqli kishilar etishib chiqan bulardan bir rang tasvir ustasi Oʻzbekiston xalq rassomi (1987) Roʻzi Choriyevdir . U 1931 yilda Sherobod tumanidagi Poshhurt qishlogʻida tugilgan Roʻzi Choriyev asarlarida oʻlka manzaralari, oʻtmishi va buguni katta mahprat bilan aks etrilgan . "Boysunlik qariya ", « Poshhurlik qiz Barno t» «Sayroblik Chol»"Boysun manzarasi " "Bahor Sherobod manzarasi " «Togʻlar manzarasi» shular jumlasidandir . Roʻzi Choriyev asarlari Respublika va -xalqarokoʻrgazmalarda namosh etilgan . U – Respublikada xizmat koʻrsatgan sanat arbobi , Xamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati .

Hurram Maqsadqulov, Nodir Normatov va Xolmurodov Mansur kabi shoir yozivchilar ham shu tumandan oʻsib ulgʻaygan.

Manbalar[tahrir]

  1. "Sherobod tumani" OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil