Oltinkoʻl (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oltinkoʻl tumanidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Oltinkoʻl tumani
Алтынкульский район
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Oltinkoʻl (qilshloq)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Oltinkoʻl tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5
Avtomobil raqami kodi 60

Oltinkoʻl tumani - Andijon viloyatidagi tuman. 1939-yilda tashkil etilgan. Maʼmuriy markazi - Oltinkoʻl qishlogʻi. Andijon viloyatidagi Oltinkoʻl tumani 1939-yilda tashkil etilgan. 1963-yilda viloyatning Andijon tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1978-yilda qaytadan tashkil etilgan. Oltinkoʻl tumani Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Shahrixon va Baliqchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni - 0,21 ming kilometr kvadrat. Oltinkoʻl tumanida 8ta qishloq fuqarolar yigʻini (Jalabek, Koʻmakay, Maslahat, Oltinkoʻl, Oraziy, Oxunboboyev, Suvyulduz, Qoʻshtepasaroy) bor. Oltinkoʻl tumani relefi pasttekislik, qir va adirlardan iborat. Iqlimi - keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati - 25—28°, yanvarniki minus - 5 — 7 daraja atrofida. Ayrim hollarda, yoz oylarida, harorat 42—43 darajani, yanvarda esa minus 15 — 18 daraja sovuq boʻlishi kuzatiladi. Vegetatsiya davri 160—180 kun. Yiliga oʻrtacha 225 mm yogʻin tushadi. Oltinkoʻl tumani janubida Katta Fargʻona kanali, shimol tomonidan Qoradaryo, bulardan tashqari tuman hududidan tumanlararo Kol­lektor — Asaka tashlamasi, Ulugʻnor ka­nali oqib oʻtadi. Tuman adir qismining tuprogʻi arziq, qolgan yerlarda boʻz tuproq. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanadi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq, shoʻra oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar kam uchraydi, sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar bor. Aholisi - 155 500 kishi. Tuman aholisining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil qiladi. Shuningdek; ruslar, tojiklar, uygʻurlar, tatarlar va boshqa mil­lat vakillari ham bor. 1 kilometr kvadratga 607 kishi toʻgʻri keladi.[1]

Oltinkoʻl tumaniAndijon viloyatidagi tuman. 1939-yilda tashkil etilgan. 1963-yilda Andijon tumaniga qoʻshilgan. 1978-yil qaytadan tashkil qilingan. Andijon, Asaka, Shahrixon va Baliqchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,21 ming km². Aholisi 133,5 ming kishi (2003). Oltinkoʻl tumanida 8 qishloq fuqarolar yigʻini (Jalabek, Koʻmakay, Maslahat, Oltinkoʻl, Oraziy, Oxunboboyev (Oltinkoʻl tumani), Suvyulduz, Qoʻshtepasaroy) bor. Markazi — Oltinkoʻl qishlogi.

Tabiati. Oltinkoʻl tumani relyefi pasttekislik, qir va adirlardan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25—28°, yanvarniki — 5—7° atrofida. Ayrim hollarda yoz oylarida temperatura 42—43°, yanvarda esa —15, —18° sovuq boʻlishi kuzatiladi. Vegetatsiya davri 160—180 kun. Yiliga oʻrtacha 225 mm yogʻin tushadi. Oltinkoʻl tumani janubida Katta Fargʻona kanali, shimol tomonidan Qoradaryo, bulardan tashqari, tuman hududidan tumanlararo Kollektor—Asaka tashlamasi, Ulugnor kanali oqib oʻtadi. Tuman adir qismining tuprogʻi arziq, qolgan yerlarda boʻz tuproq. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanadi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq-shoʻra oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar kam uchraydi, sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar bor.

Aholisining aksari qismi oʻzbeklar; rus, tojik, uygʻur, tatar va boshqa millat vakillari ham bor. 1 km² ga 636 kishi toʻgʻri keladi. Aholining barchasi qishloqda yashaydi (2003).

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Paxtachilik, pillachilik, chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Sanoati asosan, yengil sanoat korxonalaridir. Paxta tolasi, chigit xom ashyosi, trikotaj matosi va mahsulotlari, mebel, ohak, gʻisht ishlab chiqariladi. "Oltin-Deri", "Etalon-Plyus", "KezarTur" qoʻshma korxonalari, 992 kichik va shirkat korxonalar, 8 yoqilgʻi quyish shoxobchalari, 70 dan ortiq savdo shoxobchalari bor. Oltinkoʻl tumani da 15 shirkat xoʻjaligi, 79 fermer xoʻjaligi, xususiy ferma, 24140 dehqon xoʻjaligi mavjud. Umumiy ekin maydoni 13961 ga, chorvachilikning asosiy tarmoqlari shirkat xoʻjaliklarida joylashgan. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 21,2 ming qoramol (shu jumladan, 8,5 ming sigir), 23,3 ming qoʻy va echki, yuzga yaqin ot bor (2003). 36 umumiy taʼlim, 15 tayanch maktablarida 35,4 ming oʻquvchi, 3 ixtisoslashgan internat-maktabda 875 oʻquvchi taʼlim oladi, shuningdek, 2 musiqa va sanʼat maktabi faoliyat koʻrsatadi. Iqtisodiyot, sanoat, maishiy xizmat kasb-xunar kollejlarida 1807 oʻquvchi taʼlim olmoqda. Markaziy kutubxona, uning 22 ta tar-mogʻi (19 qishloq kutubxonasi, 3 bolalar kutubxonasi, kitob fondi 363 ming asar), 7 madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi ishlab turibdi. 2 kasalxona (440 oʻrin), 4 poliklinika, 28 feldsher-akusherlik, 18 qishloq vrachlik punktlari, 9 dorixona va boshqa tibbiy muassasalarida 173 vrach, 976 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. 1979-yil 1-yanvardan "Oltinkoʻl" tuman gazetasi nashr qilinadi (adadi 2442).[2]

Manbalar[tahrir]

  1. Andijon viloyat hokimyatining sayti
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil