Qirqboʻgʻim
Qiyofa
Qirqboʻgʻim — qirqboʻgʻimdoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda dala qirqboʻgʻimi va tarnovchoʻp qirqboʻgʻim turlari uchraydi. Poyasi qattiq, tik, boʻgʻimli, qobirgʻali, sershox. Boʻyi 40-60 sm. Boʻgʻimlaridan gʻuj shoxchalar chiqadi. Qizgʻish-qoʻngʻir novdalari uchida sporali boshoq hosil boʻladi. Ildizpoyalari va sporalari koʻpayadi. Qirqboʻgʻim bedazor, paxta maydonlari, sholipoyalarda, shuningdek, sugʻorish shoxobchalari boʻylari, zax va botqoq yerlarda oʻsadi.
Kurash choralari: yerni chuqur haydash; tuproqni yumshatish; gerbitsidlar purkash.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |