Marhamat tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Marhamat tumani
Мархаматский район
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Marhamat
Rasmiy tillar Oʻzbek
Marhamat tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5

Marhamat tumani - Andijon viloyatidagi tuman, viloyatning janubiy qismida joylashgan. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1963 yilda Marhamat tumani yondosh tuman bilan birlashtirilib tuman markazi Marhamat tumanidagi Rus- f skoye selo posyolka siga koʻchirilgan. 1965 yil 15 fevralda tuman nomi oʻzgartirilib tuman markazi hozirgi Asaka shahriga ko'chchirilgan. 1970 yil 7 - dekabrda Marhamat tumani nomi bilan qayta tashkil etilgan. Marhamat tumani shimolda viloyatning Asaka, Xoʻjaobod, Buloqboshi tumanlari, sharq va janubdada Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Aravon tumani, gʻarbda Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,32 ming km², aholisi 119,8 ming kishi (2000). Marhamat tumanida 1 shahar (Marhamat), 1 shaharcha (Polvontosh), 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Marhamat, Qorabogʻish, Shukurmergan, Qoraqoʻrgʻon, Koʻtarma) bor. Markazi — Marhamat shahri

Tabiati[tahrir]

Tumanning shim. va shim.sharqi tekislik, qolgan qismi togʻ etaklari va yon bagʻirlaridan iborat. Olay tizmasining etaklaridagi togʻlar, Ulugʻtogʻ (balandligi 1500 m), Tu-yamoʻyin adirlari (balandligi 920 m) birgalikda Oyim—Marhamat—Xoʻjaobod botigʻini tashkil etadi. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26,1°, yanv.niki — 2,9°. Yiliga oʻrtacha 218–320 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Koʻproq sharqiy shamollar esadi. Vaqtincha shamollar jan.-gʻarbdan esadi. Tuman hududidan Qoradaryoning quyi irmoqlari: Shahrixonsoy, Jan. Fargʻona va Karkidon kanallari oqib oʻtadi. Tuman yerlari Jan. Fargʻona kanali va Aravonsoydan sugʻoriladi. Tuproqlari, asosan, boʻz tuproq, adirlar etaklari oʻtloqi boʻz, oʻtloqi, botqoq-oʻtloqi tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, shoʻra va boshoqlilar, efemer va efemeroidlar, soy boʻylarida va yer osti suvlari yuzaroq joylarda tol, terak, turli xil butalar usadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, chiyaboʻri, kuyon yashaydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar. Shuningdek, tojik, qirgʻiz, rus, tatar, koreys, uygʻur, qozoq, ukrain va boshqa ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 374 kishi toʻgʻri keladi (2000). Shahar aholisi 17,8 ming kishi, qishloq aholisi 102 ming kishi (2000).

Xoʻjaligi[tahrir]

Marhamat tumanida ip yigiruv va toʻquv f-kasi, elektrotexnika, non, meva va sabzavotlarni qayta ishlash va vino quyish zavodlari, "UzRospodshipnik" qoʻshma korxonasi, "Oʻkchi" paxta tozalash zavodi hamda qurilish, transport va aloqa, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari bor. Shuningdek, xususiy tadbirkorlik ham rivojlangan. Tumanda 250 dan ortiq kichik korxona, dehqon va fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq xoʻjaligida qariyb 7250 ga yerga paxta, ming ga dan ziyodroq yerga bugʻdoy, 1,2 ming ga yerga sabzavot, 1205 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi, shuningdek, bogʻ va tokzorlar bor; kartoshka va boshqa mahsulotlar ham yetishtiriladi (1999).

Tumanda 6 shirkat xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi aksiyadorlik jamiyati, shirkatlar uyushmasi bor. Tuman shaxsiy va shirkat xoʻjaliklarida 29 mingga yaqin kramol, 46,2 ming qoʻy, 61 mingga yaqin parranda, 500 dan ziyod ot boqiladi.

Marhamat tumanidagi melioratsiya va suv xoʻjaligi, agrobiznes kollejlari, kasb-hunar litseyi, kasb-xunar maktablarida 2800 dan ziyod oʻquvchi oʻqiydi.

40 dan ortiq umumiy taʼlim maktabida qariyb 28 ming oʻquvchi taʼlim oladi. 2 musiqa maktabi mavjud. 6 madaniyat uyi, 35 kutubxona (374 ming kitob), "Parvona" xalq, teatri, sirkdorbozlik guruxi, muzey aholiga xizmat koʻrsatadi. 770 oʻrinli 26 davolash maskani va kasalxonalar boʻlib, ularda 270 ga yaqin vrach ishlaydi. "Oq oltin" tuman gaz. 1933 yil 1 okt.dan chiqadi (adadi 2500).[1]

Marhamat tumani - Andijon viloyatining tarkibidagi tuman. Viloyatning janubiy qismida joylashgan. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Maʼmuriy markazi - Marhamat shahri.

Tarixi[tahrir]

1963-yilda Marhamat tumani yondosh tuman bilan birlashtirilib, tuman markazi Marhamat tumanidagi Russkoe selo shaharchasiga koʻchirilgan. 1965-yil 15-fevralda tuman nomi oʻzgartirilib, markazi hozirgi Asaka shahriga koʻchirilgan. 1970-yil 7-dekabrda Marhamat tumani bilan qayta tashkil etilgan.

Geografiyasi[tahrir]

Marhamat tumani shimolda viloyatning Asaka, Xoʻjaobod, Buloqboshi tumanlari, sharq va janubda Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Aravon tumani, gʻarbda Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni - 0,32 ming kv.km. Marhamat tumanida 1ta shahar (Marhamat), 1ta shaharcha (Polvontosh), 5ta qishloq fuqarolar yigʻini (Marhamat, Qorabagʻish, Shukurmergan, Qoraqoʻrgʻon, Koʻtarma) bor.

Tabiati[tahrir]

Tumanning shimol va shimoli-sharqi tekislik, qolgan qismi togʻ etaklari va yon bagʻirlaridan iborat. Oloy tizmasining etaklaridagi togʻlar, Ulugʻtogʻ (balandligi 1,5 ming metr), Tuyamoʻyin adirlari (920 m) birgalikda Oyim-Marhamat-Xoʻjaobod botigʻini tashkil etadi. Iqlimi - keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati - 26,1, yanvarniki - minus 2,9 daraja. Yiliga oʻrtacha 218 – 320 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Koʻproq sharqiy shamollar esadi. Vaqtincha shamollar janubi-gʻarbdan esadi.

Tuman hududidan QoradaryoQoradaryoning quyi irmoqlari: Shahrixonsoy, Janubiy Fargʻona va Karkidon kanallari oqib oʻtadi. Tuman yerlari Janubiy Fargʻona kanali va Aravonsoydan sugʻoriladi. Tuproqlari, asosan, boʻz tuproq, adirlar arziq, etaklari oʻtloqi boʻz, oʻtloqi, botqoq-oʻtloqi tuproq.

Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, shoʻra va boshoqlilar, efemer va efemeroidlar, soy boʻylarida va yerosti suvlari yuzaroq joylarida tol, terak, turli xil butalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, chiyaboʻri, quyon yashaydi.

Aholisi[tahrir]

Aholisi - 133,4 ming kishi. Tuman aholisining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil qiladi. Shuningdek, tojik, qirgʻiz, rus, tatar, koreys, uygʻur, qozoq, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 kvadrat kilometrga 437 kishi toʻgʻri keladi.

Havolalar[tahrir]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil